G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə92/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

7.2. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida
demokratik tamoyillar

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og‘ishmay amalga oshirila boshlandi.


O‘zbekiston Respublikasi tashqi diplomatik aloqalarda amalga oshirilayotgan demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
3) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik ustunligi;
9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining istiqbollari. O‘zbekiston o‘z taraqkiyotida, tashqi siyosat borasida Amerika Ko‘shma SHtatlari bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratmoqda. Mustaqillik yillarida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohalardagi hamkorlik aloqalari o‘zining rivojlanish bosqichiga chiqdi. 1992 yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochildi, 1995 yil aprelida AQSH hamkorligida NATOning "Tinchlik yo‘lida hamkorlik" dasturi doirasida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 1996 yilgacha O‘zbekistonda 200 ta o‘zbek-amerika ko‘shma korxonalari tashkil topdi. O‘zR Prezidenti I.Karimov 1996 yil 23-28 iyun kunlari AQSHga rasmiy tashrif bilan bordi. 25 iyunda AQSH prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Bu uchrashuv jahon integratsiyalashuvida mintaqaviy taraqqiyotda ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. 1997 yil 5 fevralda Prezident I.Karimov AQSH davlat kotibini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhokama etilidi. O‘zbekiston AQSHning Afg‘oniston va Iroqdagi terroristik aqidaparastlarga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatladi. Prezidentimiz BMT BAsining 48,50 yillik yig‘ilishlari va ming yillik samitlarida mintaqaviy muammolarni dolzarb mavzu sifatida ko‘tarib keldi.
O‘zbekiston tashqi siyosatda Evropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o‘rnatish jiddiy e’tibor berdi. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi (1993 yil 28 aprelida) munosabatlar keng yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palatasi tashkil topdi, GFR elchixonasi ochildi.
1994 yil 9-12 iyunda O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo‘ldi. Dehqonchilik va chorvadorlar xo‘jaligida bo‘lib ular bilan suhbatlashdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agroxo‘jaligining texnologiyasi O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib hosil etishtirilmoqda.
7.1-chizma

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Fransiya bilan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, madaniyat, ilmiy-texninaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish, himoyalash to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Bugungi kunda O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.


1993 yil 22-25 noyabrlarda O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. "Toshkent-London" havo yo‘li qatnash yo‘lga qo‘yildi.
Umuman, O‘zbekiston Evropadagi Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Evropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib kelmoqda va bu aloqalar bugungi kunda. yanada kengayib borayapti.
O‘zbekiston mustaqillik yillarida yaqin, O‘rta SHarq va Arab mamlakatlari, shuningdek, SHarq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan ham ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatib, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnika sohasida istiqbolli natijalarga erishmoqda.
O‘zbekistonda investitsion muhitni shakllantirish, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni vujudga keltirish bo‘yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda mamlakatni jahon bilan bog‘lovchi kommunikatsion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. CHet ellardagi taniqli iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlari va mutaxassislari, yozuvchilar va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O‘zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng ilg‘or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar.
Mamlakatimizning boy er osti va usti resurslari, malakali mutaxassislari, Markaziy Osiyodagi etakchi mavqei ham jahon davlatlarini hamkorlikka undamoqda. O‘zbekiston hozirgi paytda 130dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. YUrtimizdagi 15 mingga yaqin korxona mahsulotlar eksport-importi bilan shug‘ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin