O‘zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar - Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkildoti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, Evropa Ittifoqi, NATO bilan esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. AQSH va boshqa etakchi davlatlar askarlari bilan birgalikda har yili o‘tkazilayotgan harbiy mashqlar qurolli kuchlarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘layapti.
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari va hukumat boshliqlarining Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davrimizning eng muhim anjumanlaridan bir bo‘ldi. Respublikamiz Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi, aniq takliflari va mulohazalari bilan yig‘ilganlar e’tiborini qozondi. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish borasidagi taklif ko‘plab davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida ana shunday markazning ta’sis etilishiga ham O‘zbekiston rahbariyatining taklifi sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘zining tashqi aloqalarini ham ko‘p tomonlama, ham ikki tomonlama asosda tashkil etish tarafdoridir. Bugungi kunda er yuzining turli chekkalarida ishonchli va manfaatdor sheriklarimiz bor. Ularning doirasi muntazam kengayib bormoqda. Bu munosabatlar ikkala davlatlar uchun ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda izchillik bila rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston rasmiy hay’atining 2002 yilda AQSHga tashrifi, strategik hamkorlikning vujudga kelishi va imzolangan hujjatlar, bir qator xalqaro anjumanlarda ikki davlat rahbarining o‘zaro muloqotlari, samimiy yozishmalar o‘zaro aloqalar darajasidan dalolat beradi. Dunyoning etakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan AQSH bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Evropa Ittifoqi bilan 1996 yilda imzolangan sheriklik va hamkorlik haqidagi shartnoma 1999 yilning 1 iyulida kuchga kirdi. Mamlakatimizning Evropa davlatlari bilan keng miqyosli aloqalari uchun qulay imkoniyat vujudga keldi. Tabiiyki, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlarning demokratik jamiyat qurish borasidagi tajribalari, ishlab chiqarishdagi ilg‘or texnologiyalari biz uchun muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda SHarqiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari- YAponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy va boshqa davlatlar bilan aloqalarimiz kengaydi. O‘zaro manfaatli hamkorligimiz samaralarini birga qurilayotgan korxonalarda, qad ko‘tarayotgan inshootlarda, bozorlarimizdagi xilma-xil mahsulotlarda ko‘rish mumkin.
Albatta, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar, shu jumladan, Markaziy Osiyo respublikalari bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga sabab, Hamdo‘stlik mamlakatlarimizning hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘langanligigina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning mushtarak taqdirga ega bo‘lganligidir.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida shakllangan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganligini alohida ta’kidlash zarur. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 1992 yildan buyon siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda jami 150 dan ortiq hujjat imzolangan. 1998 yil may oyida I.Karimovning Rossiyaga va o‘sha yil oktyabrida B.Elsinning mamlakatimizga rasmiy tashriflari, safar davomida qabul qilingan hujjatlar, ayniqsa, 1998-2007 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. V.Putin prezident sifatida ilk safarni O‘zbekistondan boshlaganligi ham Rossiya rahbariyati mamlakatimizni o‘zining strategik sheriklaridan biri, Markaziy Osiyodagi etakchi davlat deb bilishidan dalolat beradi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon tashkil etish haqida imzolangan shartnoma Markaziy Osiyo integratsiyasi yo‘lidagi ilk qadam bo‘lgan edi. 1998 yili bu shartnomaga Tojikiston ham qo‘shildi. Hozirgacha o‘zaro hamkorlik haqida 150 dan ortiq hujjat imzolandi. Endilikda Davlatlararo kengash ishlab turibdi, Hamdo‘stlik dasturlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ijroiya qo‘mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. Mazkur integratsiya xalqimizning manfaatlariga to‘la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga yordam beradi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida imzolangan terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yuzasidan birgalikdagi harakatlar to‘g‘risidagi shartnoma bunga misol bo‘la oladi.
Mamlakatimiz rahbari o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o‘rtasida hamkorlik va ishonch olg‘a harakatlantiradi, deb ta’kidlagan edi. O‘zbekistonning keng miqyosli xalqaro aloqalari ana shu fikrning amaliy ifodasidir.
Prezident Islom Karimovning 2005 yil 14 yanvarda "Nezazisimaya gazetasi" (Moskva) muhbiri savollariga bergan javoblari ("Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi" suhbati asosida). 2005 yil 14 yanvarda Prezident Islom Karimov "Nezavisimaya gazeta" (Moskva) muxbirining savollariga bergan javoblari "Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi" deb nomlandi, 2004 yil MDH mamlakatlari uchun Ukrainadagi "zarg‘aldoq inqilobi" bilan yakunlandi. Ko‘pchilikning fikricha, Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqealarda G‘arbning ta’siri bor-yo‘qligi xususida bir necha mavjud omillar haqida gapirdi. Bu 1) dan qator yillar mazkur mamlakatda ichki norozilik to‘planib borgan; 2) ikkinchi omil esa davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan bog‘liq. Tashqi omil, ta’sir mamlakatning ichki hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda o‘z echimini topmagan. Jamiyatning o‘zi keskin o‘zgarishlarga tayyor bo‘lmasa hech qanday Amerika yoki Evropa voqealarni o‘zicha o‘zgartira olmaydi. SHu bois O‘zbekistonda Ukraina yoki Gruziya ssenariysi bo‘lmaydi. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashgan. Bizga bunday fikrda bo‘lganlar boshqacha tarbiya ko‘rgan, odamlarimiz mentaliteti boshqacha. Bu XX asr 90-yilda tanlagan yo‘limiz, demokratik yangilanish, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan qaytadi degan gap emas. Faqat har kim bu yo‘lni o‘ziga xos yo‘sinda bosib o‘tadi. SHu sabab o‘zimiz zamin yaratib qo‘ymasak tashqaridan turib aralashuv hech qanday samara bermaydi.