Gazlarning nisbiy molekulyar massasini


ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ



Yüklə 473,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix30.09.2023
ölçüsü473,73 Kb.
#150537
1   2   3   4   5   6   7   8   9
gazlarning-nisbiy-molekulyar-massasini-aniqlash-mavzusini-o-qitishda-o-quvchilarning-tadqiqotchilik-ko-nikmalarini-shakllantirish

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
2022, 6 (115)
SARIMOVA D.S. FORMATION OF RESEARCH SKILLS OF STUDENTS IN TEACHING THE 
SUBJECT OF DETERMINATION OF THE RELATIVE MOLECULAR MASS OF GASES
This article presents recommendations on the formation of students' research skills in teaching 
the topic of determining the relative molecular mass of gases. Ways to develop interest in learning 
the world and discovering new ones, developing research skills by involving students in the creative 
process in directing students to independent research activities are presented.
Key words and concepts: relative molecular mass of gases, carbon dioxide, oxygen, relative 
density, relative molecular mass of air, technochemical balance, conical flask, measuring cylinder, 
thermometer.
Kirish.
Bugungi kunda ta’limning rivojlanishi, 
har bir fanni o‘qitilishida shaxsning intellektual 
salohiyatini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil 
sifatida qaralmoqda. 
Mavzuning dolzarbligi. 
Jahon miqyosida 
ta’lim shaxsning kreativ imkoniyatlarini rivojlan-
tirishga imkon beruvchi ijodiy muhitni shakllan-
tirishda o‘quvchilarning mustaqil izlanishidagi 
faolligi, o‘quv-tadqiqotchilik qobiliyatini rivo-
jlantirishga qaratilgan kimyoviy eksperimentlarni 
tashkil etish va o‘tkazishda zamonaviy didaktik 
vositalar, shakl va metodlarni takomillashtirishni 
taqozo etadi.
O‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni 
qo‘llash bilan bir qatorda kimyo fanida tadq-
iqotchilik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich riv-
ojlantirib borish dolzarb masala bo‘lmoqda. 
Maqolaning maqsadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining o’quv mashg‘ulotlari jarayonida 
kimyo fanida o‘tkazilgan eksperimentlar nati-
jalarni taqqoslash, tahlil qilish, umumlashti-
rish va xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlarda 
mustaqil qaror chiqarish, tizimli tadqiqot ishlari 
olib borish va ijobiy natijalarni amaliyotga joriy 
etishda fanga oid kompetensiyalarni rivojlan-
tirish maqsadida “Gazlarning nisbiy moleku-
lyar massasini aniqlash” mavzusini o‘qitishda 
o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini 
shakllantirish masalasini ko‘rib chiqaylik.

Yüklə 473,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin