ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)
SARIMOVA D.S. FORMATION OF RESEARCH SKILLS OF STUDENTS IN TEACHING THE SUBJECT OF DETERMINATION OF THE RELATIVE MOLECULAR MASS OF GASES This article presents recommendations on the formation of students' research skills in teaching
the topic of determining the relative molecular mass of gases. Ways to develop interest in learning
the world and discovering new ones, developing research skills by involving students in the creative
process in directing students to independent research activities are presented.
Key words and concepts: relative molecular mass of gases, carbon dioxide, oxygen, relative
density, relative molecular mass of air, technochemical balance, conical flask, measuring cylinder,
thermometer.
Kirish. Bugungi kunda ta’limning rivojlanishi,
har bir fanni o‘qitilishida shaxsning intellektual
salohiyatini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil
sifatida qaralmoqda.
Mavzuning dolzarbligi. Jahon miqyosida
ta’lim shaxsning kreativ imkoniyatlarini rivojlan-
tirishga imkon beruvchi ijodiy muhitni shakllan-
tirishda o‘quvchilarning mustaqil izlanishidagi
faolligi, o‘quv-tadqiqotchilik qobiliyatini rivo-
jlantirishga qaratilgan kimyoviy eksperimentlarni
tashkil etish va o‘tkazishda zamonaviy didaktik
vositalar, shakl va metodlarni takomillashtirishni
taqozo etadi.
O‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni
qo‘llash bilan bir qatorda kimyo fanida tadq-
iqotchilik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich riv-
ojlantirib borish dolzarb masala bo‘lmoqda.
Maqolaning maqsadi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining o’quv mashg‘ulotlari jarayonida
kimyo fanida o‘tkazilgan eksperimentlar nati-
jalarni taqqoslash, tahlil qilish, umumlashti-
rish va xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlarda
mustaqil qaror chiqarish, tizimli tadqiqot ishlari
olib borish va ijobiy natijalarni amaliyotga joriy
etishda fanga oid kompetensiyalarni rivojlan-
tirish maqsadida “Gazlarning nisbiy moleku-
lyar massasini aniqlash” mavzusini o‘qitishda
o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantirish masalasini ko‘rib chiqaylik.