Gdds dqaf category Templates



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

4. Amaliy yaroqlilik 
4.1 Davriylik va o‘z vaqtidaligi
4.1.1 Davriylik 
YAIM choraklik va yillik davriyliklarda shakllantiriladi. 
4.1.2 O‘z vaqtidaligi 
YAIMni choraklik dastlabki baholash hisobot choragidan bir oy keyin shakllantiriladi. 
YAIMni choraklik dastlabki baholashni qayta baholash 12 oydan so‘ng. 
YAIMni yillik yakuniy baholash 11 oydan so‘ng. 
4.2 Qiyosiylik 
4.2.1 Ichki qiyosiylik 
YAIMni ishlab chiqarish va xarajatlar (yakuniy iste’mol) usullari orasidagi statistik tafovutlar 
aniq ko‘rsatilib o‘tiladi. YAIMni baholashdagi tafovutlar tahlil qilinadi. 
4.2.2 Vaqt bo‘yicha qiyosiylik 
YAIMni 1991- yildan boshlab yillik hisob-kitoblari hamda 2000- yildan boshlab choraklik 
hisob-kitoblari mavjud. YAIM 1991-1993- yillar rublda, 1994- yildan so‘mda ifodalangan.
2016- yil I-chorakdan boshlab YAIM IFUT-2 ga asoslangan holda baholanadi. IFUT-2 tarkibi 
bo‘yicha yillik YAIM 2010- yildan boshlab qayta hisoblab chiqilgan. 
2010- yildan boshlab ma’lumotlar qishloq xo‘jaligini hisobga olish uslubiyatidagi o‘zgarishlarni, 
shuningdek, uy-joy egalari tomonidan oʻz iste’moli uchun ishlab chiqarilgan yashash xizmatlari, 
2018- yildan bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlarini hisobga olgan holda 
qayta hisoblab chiqilgan. 
4.2.3 Sektorlar va sohalar o‘rtasidagi qiyosiylik 
YAIM ma’lumotlari Davlat moliyasi statistikasi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, Markaziy 
bank va tarmoqlar statistikasi ma’lumotlari bilan mos keladi. 


4.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish
4.3.1 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish jadvali 
Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish davri oldindan belgilab boriladi va yildan yilga 
barqarorlashib boradi. YAIM ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish tartibi har yili 
tasdiqlanadigan Statistika dasturida aks etadi. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin