Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan
oldin Statistika agentligi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi. Statistika agentligi o‘z rasmiy
veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini
tushuntiruvchi tegishli
uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi. Maqolalar, yangiliklar
va matbuot anjumanlarida
kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi.
1.3. Axloq me’yorlari
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
Statistika agentligi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan. Ular axloq kodeksiga,
shu jumladan maxfiylik
prinsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda ularga
taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak.
Ular lavozimga
tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Statistika agentligi
xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma tuzishi shart.
Dostları ilə paylaş: