1.1.3 Statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish yoki undan noto‘g‘ri foydalanish
bo‘yicha sharh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
Statistika agentligi statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish va statistik ma’lumotlardan
noto‘g‘ri foydalanilganda o‘z izohini berishi mumkin.
1.2 Shaffoflik
1.2.1 Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish qoidalari va tartibining
oshkoraligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan, rasmiy statistikaning asosiy
prinsiplari tushunarlilik va shaffoflik. Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish
bo‘yicha shartlar O‘zbekiston Respublikasining statistikaga oid qonun hujjatlarida keltirilgan.
Ushbu qonunchilik choralari veb-saytga joylashtirilgan va jamoatchilikni
ular bilan tanishish
imkoniyati mavjud. “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonun va statistik ma’lumotlarni ishlab
chiqish va tarqatish muddatlari aniq ko‘rsatilgan statistika dasturi Statistika agentligi rasmiy veb-
saytiga (
www.stat.uz
) joylashtirilgan.
Qonun Oliy Majlis byulletenida, normativ-huquqiy
hujjatlar bazasi (norma), shuningdek
Adliya vazirligining
www.lex.uz
manzilida joylashgan
ma’lumotlar bazasida ham mavjud. Statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun respondentlar
tomonidan taqdim etiladigan statistika hisoboti shakllari Statistika agentligi rasmiy veb-saytida
foydalanuvchilar uchun oldindan e’lon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: