Gdds dqaf category Templates


 Respondentlar individual ma’lumotlarining maxfiyligi



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

0.1.3 Respondentlar individual ma’lumotlarining maxfiyligi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga asosan, rasmiy statistikani 
tayyorlovchilar tasarrufidagi mavjud individual ma’lumotlardan faqat statistika maqsadlarida
jamlanma statistika ma’lumotlarini shakllantirish uchun foydalaniladi. 
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar, shu 
jumladan xalqaro tashkilotlar tomonidan individual ma’lumotlardan tergov, nazorat qilish, sud 
muhokamasi, ma’muriy qarorlar qabul qilish maqsadida yoki jismoniy va yuridik shaxslarga 
yoki uy xo‘jaliklariga taalluqli boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. 


Statistika agentligi xodimlari axloq kodeksiga, shu jumladan maxfiylik prinsiplariga rioya 
qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda ularga taqdim etilgan har qanday individual 
ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari kerak. 
Ularni lavozimga tayinlash paytida majburiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Statistika 
agentligining har bir xodimi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini o‘z ichiga olgan 
shartnomaga qo‘l qo‘yishi shart. 
0.1.4 Statistik hisobotlarni taqdim etish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, davlat statistika organlari 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, 
banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksining
 215-moddasiga 
muvofiq mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot 
va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish 
tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish 
muddatlarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan, Statistika dasturlariga binoan 
statistika kuzatuvlarini o‘tkazish chog‘ida respondentlar rasmiy statistikani tayyorlovchilarga 
ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan belgilangan 
tartibda va muddatlarda bepul taqdim etishi shart. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin