Gdds dqaf category Templates



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

0.2 Resurslar 
0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnika bazasi, kompyuter vositalari va moliyalashtirish 
Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Joriy hisoblar bo‘limida 4 nafar 
xodim ishlaydi. 
Milliy hisoblar metodologiyasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish doimiy ravishda olib boriladi. 
Boshqarma xodimlari quyidagi o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshiradilar: 
- Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan 
tashkil etiladigan o‘quv kurslarida
- Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan Birlashgan Vena instituti bilan hamkorlikda tashkil 
etilgan o‘quv kurslarida, shuningdek, xalqaro statistika tashkilotlarining boshqa seminarlarida; 
- Osiyo va Tinch okeani statistika instituti va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tashkil 
etilgan onlayn kurslarda. 
Bo’limda kompyuterlar soni yetarlicha bo‘lib, har bir xodim o‘zining kompyuterida ishlaydi. 
Barcha kompyuterlar lokal tarmoqqa ulangan, shuningdek, internetga kirish imkoniga ega. 
Moliyaviy mablag‘lar Statistika dasturi doirasida taqdim etiladi va Dasturda nazarda tutilgan 
statistika ishlarini bajarish, shuningdek, yangilangan "Milliy hisoblar tizimi - 2008" 
qo‘llanmasini statistika amaliyotiga joriy etish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga 
oshirish uchun yetarlidir. 


1. Beg‘arazlik 
1.1 Kasbiy mahorat 
1.1.1 Statistikaning xolisligi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy 
prinsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa 
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga 
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy 
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi. 
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan. 
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida 
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar 
malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida 
hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy 
seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi. Boshqarma xodimlari Kadrlar 
malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar 
bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini 
e’lon qilib borish tashkil etilgan. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin