3. Aniqlilik va ishonchlilik
3.1 Birlamchi ma’lumotlar
3.1.1 Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish asoslari
Ishlab chiqarish usulida YAIMni baholash uchun ma’lumotlar manbai bo‘lib, quyidagilar xizmat
qiladi: iqtisodiy faoliyat turlarining qisqa muddatli kuzatuvlari, kichik korxonalar, mikrofirmalar
va yakka tartibdagi tadbirkorlarning
tanlanma kuzatuvlari, uy xo‘jaliklari budjeti kuzatuvlari,
korxonalar va tashkilotlarning
tarkibiy kuzatuvlari, shuningdek,
davlat budjetining ijrosi
to‘g‘risida, bojxona va soliq organlari, budjetdan tashqari jamg‘armalarning
moliyaviy
ko‘rsatkichlari, Markaziy bank va boshqalarning ma’muriy ma’lumotlari.
Choraklik statistik ma’lumotlar yirik korxonalarning to‘liq hajmda statistik hisobotlari hamda
kichik korxona va mikrofirmalarning tanlanma kuzatuvi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Choraklik va yillik baholashni amalga oshirishda hisobot davriga mos bo‘lgan statistika
kuzatuvlari va korxonalarning moliyaviy hisobotlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: