YAIM tarkibiy qismlarini doimiy narxlarda hisoblash ikki asosiy
usuldan foydalangan holda
amalga oshiriladi:
- joriy narxlardagi hisobot davri ma’lumotlarini mos narxlar indeksi
orqali deflyatsiya qilish;
- joriy narxlardagi o‘tgan yilning mos davri ma’lumotlarini fizik
hajm indekslari yoki ushbu
iqtisodiy faoliyat turining rivojlanish sur’atlarini mantiqan to‘g‘ri
ifodalovchi natural
indikatorlar orqali ekstrapolyatsiya qilish.
Ayrim hollarda ko‘rsatkichlarni doimiy narxlarda hisoblashning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qayta
baholash usuli ham qo‘llaniladi, bu usul hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini
o‘tgan yilning mos davri narxlariga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.
YAIM tarkibiy qismlarini hisoblashda asosan deflyatsiya
usulidan foydalaniladi,
mos narxlar
indeksi mavjud bo‘lmagan hollarda ekstrapolyatsiya qilish usuli qo‘llaniladi.
YAIMning tarkibiy qismlari jamlangan qiymatlar bo‘lganligi sababli, ularni baholash usullari
yuqorida aytib o‘tilgan usullar birikmasidan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: