chop etilgan shaklda foydalanuvchilarga taqdim etib boriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlar
davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga
ularning talablariga binoan
kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib boriladi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jadvallar, grafiklar va diagrammalar shaklida qisqa tahliliy
sharhlar bilan nashr etiladi.
5.1.2.2 Bosma shaklda – Oylik byulletenlar
Mavjud emas.
5.1.2.3 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar
Har chorakda «O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati»
nashri taqdim etiladi,
bundan tashqari statistik ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga va boshqa
foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib
boriladi.
5.1.2.4 Bosma shaklda – Yillik byulletenlar
Yillik ma’lumotlar «O‘zbekiston raqamlarda» (yilda bir marta) nashri orqali, bundan tashqari,
davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan
kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib boriladi.
5.1.2.5 Bosma shaklda – Boshqalar
Yillik ma’lumotlar «O‘zbekiston Respublikasi yillik statistik to‘plami» (ikki yilda bir marta),
«O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (ikki yilda bir marta) nashrlari orqali, bundan
tashqari, davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga
ularning talablariga
binoan kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib boriladi.
5.1.2.6 Elektron shaklda - Byulleten yoki nashrlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy saytida statistik
ma’lumotlar - elektron jadvallar ko‘rinishidagi dinamik qatorlar, press-relizlar har chorakda
joylashtiriladi va muntazam
yangilanadi, shu bilan birga, «O‘zbekiston Respublikasining asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari» taqdim etiladi. Shuningdek, ma’lumotlar XVJning
kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)
doirasida
O‘zbekistonning yig‘ma ma’lumotlar milliy sahifasida joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: