Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə54/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

odam populyatsiyasi
deganda uzoq vaqt (bir nech-
ta avlod davomida) m a’lum arealda yashaydigan, shu arealga adap-
tatsiyalashgan, panmiksiya bilan xarakterlanadigan ko‘p sonli
odamlar guruhi tushuniladi.
Panmiksiya
yoki
erkin nikoh
shunday
holatki, bunda populyatsiyaning har bir a’zosining o‘sha populyat-
siyadagi istagan shaxs bilan nikoh qura olishi imkoniyati nazariy
jihatdan mavjuddir.
Kichik populyatsiyalar —
dem lar
(aholi soni 1500 dan 4000
gacha) yoki
izolyatlarda
(aholi soni 1500 gacha) panmiksiya emas
balki
inbriding
kuzatiladi. Odamlar populyatsiyalarida inbriding
qon-qarindoshlar orasidagi nikohlar sistemasidir. Demlar va izo­
lyatlarda 3—4 avlod almashinishidan (75—100 yil) keyin deyarli
hamma shaxslar uchinchi avlod sibslaridan iborat bo‘lib qoladi.
Bunday shaxslar inbredlar deyiladi. Odamning ijtimoiyligi tufayli
odam populyatsiyalarida nikoh quruvchilar qandaydir belgilarga
qarab tanlanadi, ya’ni
tanlangan (assortativ) nikohlar
ko‘proq
uchraydi. Ammo nikoh qurish milliy, etnik, diniy belgilarga, ijti-
moiy holatga asoslanganda morfologik, biokimyoviy, fiziologik bel­
gilarga nisbatan tanlanmaydi
(noassortativ b o ‘ladi).
Irsiy kasallik-
larning uchrashi yuqorida ko‘rsatilgan guruhlarda har xil bo‘lishi
mumkin bo‘lganligi uchun bunday nikohlarni genetik jihatdan
o‘rganish ahamiyatlidir. Lekin genetik vrachlarni qiziqtiradigan
belgilarga nisbatan nikohlar tanlanmagan bo‘lganligi uchun po-
pulyatsiyalar panmiksiyali hisoblanadi.
Panmiksiyali populyatsiyalarda tabiiy tanlash. Demlarda va
izolyatlarda
genlar dreyfi
ta ’sir ko‘rsatadi. Bu holatni statistik-po-
pulyatsiya usulini qo‘llashda nazarda tutish lozim, chunki allellar
va genlar chastotasi Xardi-Vaynberg qonuniga (1908-y.) asosan



108
Genetika


hisoblanadi. Bu qonunni esa faqat
id ea l” populyatsiyalar
uchun-
gina qo‘llash mumkin.
“Ideal” populyatsiyalar quyidagi talablarga javob beradi:
1) Ko‘p sonli bo‘ladi;
2) Populyatsiyada panmiksiya kuzatiladi;
3) O‘rganilayotgan allelning yangi mutatsiyalari kuzatilmaydi
yoki to ‘g‘ri mutatsiya va teskari mutatsiya chastotalari bir-biriga
teng bo‘ladi;
4) Hamma genotiplarining o ‘zaro moslanuvchanligi bir xil
bo‘ladi (tanlash b a’zi genotiplarga nisbatan ijobiy, boshqa genotip-
lar uchun esa salbiy b o ‘lmaydi);
5) O‘rganilayotgan populyatsiya shu turning boshqa popu-
lyatsiyalaridan izolyatsiyalangan bo‘ladi.
Tabiiyki, tabiatda bunday “ideal populyatsiya”lar uchramaydi,
lekin ko‘p sonli populyatsiyalarda Xardi-Vaynberg qonunini shartli
ravishda qo‘llasa bo‘ladi. Nazariy hisoblashlar natijasini real po-
pulyatsiyalardan olingan m a’lumotlar bilan solishtirish bu xulosa-
ning to ‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.
Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyaning irsiy jihatdan stabil-
ligini ta ’kidlaydi:

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin