109
(0,84) ga teng. Agar q2dd = 0,16 bo‘lsa, qd = 0,16 = 0,4 (40%)ga
teng. A allelning chastotasi l — qd = pA= l — 0,4 =0,6 (60%) ga
teng. Bundan r2AA genotip chastotasi 0,62 — 0,36 (36%) ga teng
ekanligi kelib chiqadi. Geterozigotalar chastotasi esa 2pqDd =
= 2 x 0 , 6 x 0,4= 0,48 (48%). Geterozigotalar chastotasini quyi-
dagicha hisoblash ham mumkin: 2pqDd = l — (p2DD + q2dd) =
= 1 - (0,36 + 0,16) = 1-0,52 =0,48 (48%).
Shunday qilib, W populyatsiyada rezus-omilga nisbatan do
minant va retsessiv allellar, retsessiv, gomozigot, geterozigot, domi
nant gomozigot genotiplar chastotasini hisoblab chiqish mumkin.
Bunday hisoblashlarni patologik allellar
chastotasini aniqlash-
da qo‘llash mumkin. Odatda patologik genlarni tashuvchi shaxs-
larning yashovchanligi sust b o ‘lib, ular eliminatsiyalanishi
mumkin, lekin ularning o ‘rni yangi kelib chiquvchi mutatsiyalar
hisobiga to ‘ldiriladi.
Populyatsiyalarning genetik strukturasini aniqlash katta
ahamiyatga ega bo‘lib, irsiy kasalliklarning oldini olish choralarini
ishlab chiqishda foydalaniladi. Agar retsessiv mutant alleli bo‘lgan
geterozigotalar chastotasi m a’lum bo ‘lsa, oldindan kelajak avlodda
mutant allelning gomozigotalari
chastotasini hisoblab, profilaktik
choralarni ishlab chiqish va bunday kasallarni davolashga tayyor-
lanish mumkin.
Populyatsiyaning genetik strukturasini aniqlash ayni po-
pulyatsiyada tanlashning har xil shakllarining tasirini o‘rganishga
ham imkon beradi. Tabiiy tanlash populyatsiyaning genetik tarkibi-
ning doimiyligini buzadi. Tanlash intensivligini o‘rganish uchun
tanlash koeffitsientidan (C) foydalaniladi. Bu koeffitsient m a’lum
genini tashuvchi shaxsning avlod qoldirish imkoniyati qandayligi-
ni, ya’ni genotipning adaptivlik samarasini ifodalaydi. Tanlash
koeffitsienti 1(100%) ga teng bo ‘lsa, bu
genni tashuvchilar elimi-
natsiyalanadi (keyingi avlodga genlarini o‘tkazmaydi). Aksincha,
0 bo‘lsa, genotipning adaptiv samarasi 1 ga teng bo‘ladi (maksimal
moslanuvchanlik kuzatiladi). Odamlar populyatsiyasida patologik
allelning dominantligida tanlash ta ’siri gomozitotalarga qarshi
qaratilgan bo ‘ladi.
Masalan, axondroplaziya genida selektiv samara 0,195 = 20%
ga teng, shuning uchun ham axondroplaziya genining juda kam
qismigina keyingi avlodga o ‘tadi, chunki kasallarning ko‘pchiligi
reproduktiv davrgacha o‘lib ketadi (S=0,8). Nikoh qurganlari ham
sog‘lom oilalarga nisbatan kam farzand ko‘radi. Gentington
110
Genetika
xoreyasi asosan 40—45 yoshlarda yuzaga chiqadi (juda
kam holat-
lardagina bundan oldin yoki keyin yuzaga chiqishi mumkin).
Ko‘pincha ota yoki ona fenotipik jihatdan sog‘lom bolalar
tug‘ilganidan keyin kasallanishi mumkin. Ya’ni ota yoki onaning
kasal ekanligi aniqlanganida patologik dominant gen avlodga
allaqachon o‘tgan bo ‘ladi. Vrach taktikasi bu holatlarda shunday
oilalarda bolalar tug‘ilishini chegaralashga qaratiladi. Retsessiv
genlarga qarshi tanlash holatlarida geterozigotalarda (Aa) retsessiv
allel tanlashning eliminatsiya ta ’siridan
qutulib qolgani uchun ham
ularning profilaktikasida qiyinchiliklarga uchraladi.
Populyatsiyaning genetik strukturasi juda ko‘p evolyutsiya
omillari tomonidan nazorat qilinadi, ularning orasida tanlashdan
tashqari mutatsion jarayon ham katta ahamiyatga egadir. Masalan:
hatto ba’zi allel tanlash ta ’sirida keyingi avlodga o ‘tgan taqdirda
ham uning konsentratsiyasi 100%ga yetmaydi, chunki o ‘sha allel-
ga nisbatan yangi mutatsiyalar hosil bo‘ladi. Foydali allelning kon
sentratsiyasi shakllanishida mutatsion jarayon bilan tanlash ta ’siri-
ni o ‘zaro munosabati katta rol o ‘ynaydi.
Odamlar populyatsiyasida
axondroplaziyaning chastotasi 1:10000 ga teng. Odamlar populyat
siyasida geterozigotalarga qarshi tanlash patologik genga nisbatan
ham (axondroplaziya geniga qarshi), retsessiv genga nisbatan ham
(rezus omil geniga qarshi) kuzatilishi mumkin. Gomozigotalarga
qarshi tanlash (HbS HbS gomozigotalari o‘roqsimon hujayrali
kamqonlik bilan kasallanadi), geterozigotalar foydasiga tanlash
(ayrim regionlarda NvA HbS geterozigotalari selektiv ahamiyatga
ega bo ‘ladi) shakllari ham kuzatiladi. Tanlashning
har xil shaklla-
rining ta ’siri natijasida mutatsiyalar jarayonida hosil bo‘lgan
genetik polimorfizm mustahkamlanadi. Ayrim allelarning har xil
populyatsiyalardagi chastotalarining farqlari ham tanlashning ta ’siri
natijasidir. Masalan, gemoglobinning 130 dan ko‘proq shakllari,
G -6-FD G fermentining 70 dan ortiq variantlari mavjuddir, ular-
ning har bir variantining yuqori chastotasi ayrim populyatsiyalarda
kuzatiladi. HbS subtropik va tropik areallarda 1% chastotada, III
qon guruhi (JB) Osiyoda, I (J°) qon
guruhi esa Avstraliyada va
Polineziyada ko‘proq uchraydi.
Hozirgi zamon populyatsiyalar genetikasi bu fenomenlarni sta-
tistik — populyatsiya usuli yordamida tushuntiradi. Popu
lyatsiyaning genetik tarkibini aniqlashdan odamlar populyatsiyalari
tarixini, kelib chiqishini aniqlashda ham foydalaniladi va bu antro-
pogenezning ko‘p jumboqlarini yechishda katta ahamiyatga ega.