Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik


(autosoma aneuploidiyalari)



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə61/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

(autosoma aneuploidiyalari);
2) jinsiy
xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar
(geterosoma aneuploidiyalari).
Avval autosomalar sonining o‘zgarishini Daun sindromi miso-
lida ko‘rib chiqamiz. Bu kasallikning yuzaga kelishiga gameto-
genezning buzilishi natijasida 21 — autosomaning trisomiya holati
sabab bo‘ladi. Buning natijasida kariotipda 47 xromosoma mavjud
bo‘ladi:
P: 44a XY
X
44a + XX
Gametalar: 22a + X 22a+ Y (1 — 20) + 21x2 + 22 + X (1 — 20) + 0 + 22 + X
F: (1 - 20)x2 + 21x3 + 22x2 + XX
(1 - 20)x2 + 21x3 + 22x2 + XY
21 — autosomasi yo‘q tuxum hujayra otalanganda yashash
qobiliyatiga ega bo‘lmagan zigota hosil bo‘ladi.
Daun sindromini aniqlash juda oson. Bunday kasallarning
qo‘l-oyoqlari kalta, yuzi yassi, ko‘z teshiklari siqilgan (epikantus),
burni yassilangan, quloq supralari deformatsiyalangan bo‘lib, ruhiy
zaiflik alomatlari kuzatiladi.
(30-rasm).
Kasallikni aniqlashda der­
matoglifika va sitogenetika usullaridan foydalanish mumkin.
Dermatoglifikani tekshirganda atd burchagining 800 va undan ortiq
bo‘lishi kuzatiladi (sog‘lom odamda bu burchak 57°—60° dan
atrofida). Daun sindromi kariotipi — 47, XX + 21, 47, XY + 21.
Autosoma sindromlardan 13 — autosoma trisomiyasi (Patau
sindromi), 18 — autosoma trisomiyasi (Edvards sindromi) uchray-



119
di. Bu kasalliklarni aniqlashda ham dermatoglifika va kariotip tek-


shiriladi. (Patau sindromi kariotipi — 47, XX + 13, 47, XY + 13;
Edvards sindromi kariotipi — 47, XX + 18, 47, XY + 18).
Autosomalar monosomiyasi juda katta anomaliyalarga sabab
bo‘lgani uchun bunday organizmlar yashash qobiliyatiga ega
bo‘lmaydi.
Jinsiy xromosomalar sonining o ‘zgarishi
ham meyoz jara-
yonining buzilishi natijasi sifatida kuzatiladi (gametogenezda xro­
mosomalar bir-biridan ajralmay qoladi). Tuxum hujayralaridan
ba’zilarida ikkita X xromosoma bo‘ladi, boshqalarida esa bitta ham
X xromosoma bo‘lmaydi. Agar shunday tuxum hujayralar otalansa,
jinsiy xromosomalari soni o‘zgargan zigotalar rivojlanadi:
P: 44a + XX
x
44a+ XY
Gam etalar: 22a+ XX 22a+ O
22a+ X 22a+ Y
F: 44a + XXX
4 4 a + X X Y
44a + XO
44a + YO
44a + XXX — X — trisomiyasi sindromi
44a + XXY — Klaynfelter sindromi
44a + XO — Shereshevskiy-Terner sindromi
44a + YO — hali aniq o ‘rganilmagan.
Bunday kasalliklarga diagnoz qo‘yishda jinsiy xromatinni
aniqlash usulidan keng foydalaniladi. Klaynfelter sindromini
aniqlashda jinsiy xromatindan tashqari Y xromatinini lyuminessent
mikroskopda tekshirish usulidan ham foydalanish mumkin.
Kariotipni aniqlash usuli kasallikka aniq diagnoz qo‘yishda katta
ahamiyatga ega.
24-§. Xromosoma kasalliklari

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin