Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi



Yüklə 72,41 Kb.
səhifə6/9
tarix27.02.2023
ölçüsü72,41 Kb.
#85847
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Geografiya darslarida tabiiy geografik î‘quv sayyohatlarni tashk

Taqqoslash metodi. Eng qulay va keng qo‘llaniladigan metod bo‘lib buning asosini bir xil sharoitda sodir bo‘lgan tabiiy geografik jarayonlarni boshqa bir sharoitda rivojlanish xususiyatlariga nisbatan qiyoslab o‘rganiladi.
Kartografik metod. Sayyohat davrida o‘rganilgan barcha geografik nuqtalar va unda tavsiflangan ma’lumotlar hududning kartasiga tushiriladi. Ushbu to‘plangan ma’lumotlar asosida turli ilmiy farazlar, g’oyalar, qonuniyatlar olg’a suriladi.
Aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish metodi. O‘rganilayotgan hududning samaliyot (boshqa uchuvchi jismlar) yoki kosmik qurilmalar yordamida tushirilgan suratlarini tahlil qilish orqali ma’lumotlar to‘planadi, xulosalar chiqariladi, asliga taqqoslanadi. Aerokosmik ma’lumotlaresa o‘quv dala amaliyoti boshlanmasdan oldin maxsus buyurtmalar yoki muqaddam mavjud xujjatlar asosida avvaldan tayyorlab qo‘yiladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi. Ushbu metodning asosini butun sayyohat jarayonida va turli ilmiy, ilmiy ommobop, internet ma’lumotlari asosida o‘rganilayotgan hudud bo‘yicha yig’ilgan statistik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlarni tahlili tashkil etadi. Tahlil etish esa turli jadvallar, grafiklar, chizmalar va matn yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu raqamlar va ma’lumotlarning to‘planishida esa, barometr, termometr, metr, kompas, ruletka, chizg’ich kabi bir qancha asbob uskunalar qo‘llaniladi.
3. GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV SAYYOHATLARIGA TAYYORGARLIK VA SAYYOHAT UCHUN ZARUR BO‘LGAN JIHOZLAR VA VOSITALAR

O‘quv sayyohatlariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo‘linadi: nazariy, amaliy, tashkiliy.


Nazariy tayyorgarlik jarayonida o‘quv sayyohatida amalga oshiriladigan ishlar xususiyati va turiga ko‘ra o‘quvchilarni bilimlari mustahkamlanadi. O‘quv uskunalari tabiatga uyushtiriladigan sayyohatlarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy geografik bilimlar mustahkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, atmosfera. Biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustahkamlanadi.
Tanlagan mavzu yuzasidan o‘quvchilarga avvaldan maxsus topshiriqlar, savollar, muammolar berib borilgan bo‘ladi va uni o‘quv sayyohati davomida o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib berilgan topshiriq yuzasidan fikrlari aniqlanadi va mavzu takrorlanib mustahkamlanadi.
Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi tayyorgarligi asosiy o‘rinni egallaydi. Ammo asosiy material o‘quvchi zimmasiga tushadi. O‘qituvchi tayyorgarlik jarayonida sayyohatga boriladigan ob’ekt uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlarni, kartalarni va boshqa materiallarni tayyorlaydi.
Geografiya o‘qituvchisi avvalo sayyohat ob’ektini karta va adabiyotlar, hamda mahalliy aholi yordamida atroflicha o‘rganadi. Keyinchalik sayyohat marshruti (yo‘nalishi) belgilanadi. Tayyorgarlik jarayonida sayyohatda qanday masalalarni o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratiladi. Sayyohatga boriladigan marshrutni avvalo o‘qituvchining o‘zi ko‘rib chiqishi o‘quvchilarning nimalarni ko‘rishi,nimalarni yozishi, chizishi, qaysi ob’ektni rasmga tushirishi, qanday amaliy ishlarni bajarishi kerakligini aniqlab oladi.
O‘qituvchi sayyohat ob’ektini dastlabki ko‘rib bo‘lganidan keyin uni uyushtirish rejasini tuzib chiqadi. Agar sayyohat ishlab chiqarish korxonasiga mo‘ljallangan, avvalo uning texnologik jarayonini o‘zi ko‘zdan kechirishi, korxona mutaxasislari, ishchilar, bilan uchrashishi kerak. Eng muhimi korxona mamuriyati bilan sayyohatni uyushtirish vaqtini, sayyohatni o‘tkazuvchi mutaxassisni aniqlab qo‘yish kerak. Sayyohat o‘tkazuvchini o‘quvchilar diqqatini nimalarga qaratish kerakligi, hamda sayyohatni maqsadi vazifalari, marshruti, rejasi, to‘xtash joylariga borishda mutaxassisni ogohlantiriladi. O‘quvchilarga mustaqil ravishda korxonaning qisqacha tarixi bilan tanishishi vazifalarini mustaqil aniqlash topshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga sayyohat uyushtirilganda o‘quvchilarni albatta texnika xavfsizligi masalalari bilan oldindan tanishtirish maqsadga muvofiq. Bunday korxonalarga sayyohat uyushtirishda qancha o‘quvchini olib borish ham oldindan belgilab olinishi kerak. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarish korxonalariga sayyohat uyushtirilganda o‘quvchilar soni
20-25 tadan oshmasligi maqsadga muvofiq. Shunda ta’lim samaradorligi yuqori bo‘ladi.
O‘quvchilarni o‘quv sayyohatga tayyorlash ham eng masuliyatli vazifalardan biri sanaladi. O‘quv sayyohatning maqsadi, vaziflarini o‘quvchilar mustahkam egallashi zarur. Eng muhim geografik bilimlar, tushunchalar bilan ularni o‘zi tanishtirish kerak. Kartalar yordamida sayyohat marshruti, ob’ektning geografik o‘rni uning qulay yoki noqulay tomonlari atrofligicha o‘rganilishi maqsadga muvofiq. Agar sayyohat qishloqdagi mashina traktor parkiga mo‘ljallangan, o‘qituvchi o‘quvchilarning bu ob’ekt haqidagi bilimlarini aniqlaydi. Ayrim o‘quvchilarning bu oby’ekt haqidagi butun sinf o‘quvchilariga hikoya qilib berishi uyushtiriladi. Bunday tadbirlarni barchasi o‘quvchilarning sayyohatga bo‘lgan havaslarini oshiradi.
Sayyohat uyushtirishdan oldin sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga faol o‘quvchilardan rahbarlar belgilanadi. Har bir guruhga topshiriqlarni taqsimlanib chiqadi. Sayyohat uyushtirish uchun zarur bo‘lgan asbob uskuna va vositalar aniqlanadi. Guruhdagi barcha o‘quvchilar sayyohat jarayonida qanday vazifalarini bajarishlari nimalarni yig’ishlari ham aniqlab olinadi. O‘quvchilar yig’ilgan materiallarini qay tartibda joylashtirilishiga ham e’tibor berish kerak. Ma’lumki barcha o‘quv sayyohatlarning maqsadi jamiyat va tabiat haqidagi geografik tushunchalarni shakllantirishdan iborat. Masalan, iqtisodiy geografik sayyohatlarda hozirgi zamon sanoati va qishloq xo‘jaligi, ularning iqtisodiy geografik o‘rni ixtisoslashishi kooperatsiyasi, mehnat unumdorligi, bozor iqtisodiga moslashishi, bozor bilan bog’liq bo‘lgan o‘nlab tushunchalar va boshqalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.O‘quv sayyohati jarayonida o‘quvchilar xilma-xil kasblar bilan ham tanishadilar, ularda mehnatga nisbatan muhabbat xislatlari shakllanadi va tarbiyalanadi. Har bir sayyohatda sayyohatning marshrut davomidagi to‘xtash joylari (masalan relf shakllari, jarlar, daryo o‘zani, jinslarning yotishi va h.k.) albatta sayyohat rejasida o‘z aksini topishi kerak.
Sayyohat paytida o‘quvchilar faolligini oshirish masalalari ham o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ayniqsa yosh o‘qituvchilar sayyohat davomida o‘quvchilarga beriladigan savollardan oldindan tayyorlab qo‘yishlari maqsadga muvofiq.
Sayyohatda o‘quvchilarning mustaqil ishlariga ham alohida e’tibor berish zarur. Agar sayyohat ob’ekti unchalik katta bo‘lmasa, o‘qituvchi oldindan bo‘lingan guruhlarni korxona bo‘limlariga taqsimlaydi va yuboradi. Ularning bajaradigan mustaqil ishlariga rahbarlik qiladi. O‘quvchilar diqqatini nimalarga e’tibor qaratishlari o‘qituvchi tomonidan ogohlantiriladi.
Agar sayyohat ob’ekti katta o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlamasdan sayyohat uyushtiriladi. Chunki bunday ob’ektlarda o‘quvchilarni boshqarish ancha mushkul bo‘lib qoladi.
Amaliy tayyorgarlik bosqichida o‘quvchilarga sayyohat davomida zarur bo‘ladigan ish usullari haqida bilim va ko‘nikmalar shakillantiriladi. Agar agar o‘quv sayyohati daryo vodiysi bo‘ylab o‘tkaziladigan bo‘lsa daryoni ko‘ndalang kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. Agar o‘quv sayyohatida reja olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa turlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakillangan bo‘lmog’i lozim.
O‘qituvchi sayyohatni maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan holda jixozlar, priborlar va anjomlar ro‘yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O‘quv sayyohatlarida quyidagi jixoz asboblar va uskunalar lozim bo‘lishi mumkin: kompas, termometr, reyka, arqon, xarita, banometr,va h.k.
O‘quv sayyohatlarini quyidagi hollarda o‘tkazish mumkin: ya’ni mavzuni o‘rganishdan oldin; qator mavzularni o‘rganib bo‘lgandan so‘ng.
O‘quv sayyohatlarini muvofaqiyatli o‘tkazish sayyohat o‘tkaziladigan joyni tanlashga bog’lik. Agar sayyohatni mavzusi relyef shakillarini o‘rganishga bag’ishlangan bo‘lsa iloji boricha relelefi xilma xil bo‘lgan joy tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan sayyohatlarni o‘tkazishda geologik ochilmalar mavjud bo‘lgan joylar tanlanadi.
O‘quv sayyohatlari o‘tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- tanlangan joy o‘quv mavzulari va o‘quv o‘lkashunoslik maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur. Demak o‘lkashunoslik materiallari bilan bevosita bog’liq bo‘lgan mavzu va masalalarni o‘rganishda;
- o‘ziga xos o‘quv sayyohati obektlari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘llash, o‘rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko‘rish imkonini yaratmog’i lozim;
- o‘quv sayyohatlari davomida tarbiyaviy maqsad amalga oshirilmog’i lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini mavjudligi va h.k;
- o‘quv sayyohatlarida o‘quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo‘lgan xususiyatlarni hisobga olish;
- geografiya va o‘lkashunoslik obektlarini o‘zgarishini o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini xissiy-emosional xususiyatlarini hisobga olish;
- ma’lum bir geografiya predmetlari bo‘yicha aniq mavzularning o‘quv tarbiyaviy talablarini hisobga olish;
- o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘quv sayyohatini o‘tkazishga tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
- o‘quv sayyohatlarida ma’lumotlarni yig’ish, hisobga oshish. Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so‘ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin.

Yüklə 72,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin