T o 'lin suv davri oqim iga suv o m b o rin in g t a ’siri k o ‘llar
t a ’sirining aynan o ‘zginasidir. Bahorgi suv toshqini davrida
m a k sim u m n in g susayishi o ‘r m o n la rn in g t a ’siriga, ularning
maydoniga, joylashishiga va tarkibiga bog'liq. Daryoning suv
yig'ilishi havzasida o'rm onlarning mavjudligi
qor erishi shiddati-
ni anchagina susaytiradi. V. D. Komarov tadqiqotlariga ko'ra, ochiq
m aydonlarda qorning erish koeffitsienti har bir o 'r ta c h a kunlik
haroratga 5,0—5,2 m m dan to'g'ri kelsa, o 'rm o n bilan qoplangan
joylarda 1,4— 1,5 m m ni tashkil etadi.
Shunday qilib, o'rmonlardagi qor erishi
shiddati ochiq may-
donlarga nisbatan 2,7— 1,25 barobar kamdir.
To'lin suv davri maksimal suv sarfini pasaytirishi b o'yicha
daryoning suv yig'ilishi havzasida ko'I, o 'r m o n la r va botqoqlik-
larning t a ’siri gidrologik hisoblashlarda e ’tiborga olinadi.
Maksimal suv sarfming hosil bo'lishida joy relyefining t a ’siri
nihoyatda katta. Bu ta’sir iqlimiy omillar vositasida amalga oshirilib,
oqim hosil bo'lishi sharoitini, qor va m uz erishi jarayonini va
boshqalarni belgilaydi. Shu m unosabat bilan oqim ning miqdori,
uning davom etishi relyef omillari va birinchi navbatda, joy
balandligiga bog'liqdir.
Tog'li joylarda qiya yonbag'irliklarning 15—30 gradus m av
judligi erigan qor suvlarini relyefning pastki joylariga katta tezlikda
oqishini va daryo tarmog'iga qo'shilishini t a ’minlaydi.
Tog'li joylardagi katta miqdordagi yog'inlar,
nisbatan kam
bug'lanish va qiya yonbag'irlarning mavjudligi maksimal suvlar-
ning hosil bo'lishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga baland tog'
m intaqalari bilan birga tog' oldi adirlari mavjud bo'lib, ular
maksimal suv sarflaridan iborat sellar kelishiga eng qulay joy
h isob lan ad i. Bunga misol b o 'l i b , T u r k i s t o n va Oloy tog'
tizmalarining shimoliy yonbag'iridan boshlanuvchi Oqsuv, Xo'ja-
baqirgan, Isfara va So'x daryolarini keltirish mumkin. Tog'li min-
taqalarda maksimal suv sarflari k o 'p r o q tog' *qoyalari chiqqan
joylarda va suv kam shimiladigan loyli va qum oq tuproqli yerlarda
hosil bo'lishi o'zbekistonlik olim Yu. B.
Vinogradov to m o n id a n
Chirchiq va Qashqadaryo misolida aniqlangan.
Maksimal suv sarflariga bir q ator agrotexnik chora-tadbirlar
t a ’sir ko'rsatadi. Tog' va tog' oldi adir yonbag'irlarining tabiiy
holatini ehtiyotkorlik bilan o'z gartirish, u n d a n foydalanish
b o sqichm a-bosqic h am alga oshirilishi, yer ustining yom g'ir
suvlari t o m o n i d a n yuvilib k e tish in in g
o ld in i olish u c h u n
o'rmonlarning barpo etilishi, maksimal suv sarflarining miqdorini
kamaytirish va natijada ular to m o n id a n keltiriladigan zararning
kamaytirilishi maqsadga muvofiq ishdir.
155