Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

Yog‘inlarni o ‘lchash. 
Atmosfera yog'inlari, asosan, V .D .T ret­
yakov y o g ' i n o ' l c h a g i c h i yordam ida aniqjanadi (2.3- 
rasm). Bu asbob yuza maydoni 200 kv sm bo'lgan paqirchadan 
iborat. Paqircha ustun ustiga shunday o'rnatifadiki, uning ustki 
qismi yer yuzidan 2 m etr balandlikda bo'lishi shart. Asbobga 
yog'ayotgan qorni shamol uchirmasligi u c h u n bir q ator metall 
to'siqchalar o'rnatilgan. Yog'in o'lchagichda yig'ilgan yog'inlar 
maxsus o'lchov stakani yordam ida aniqlanadi, uning har bir 
bo'linm asi 0,1 m m yog'in qatlamiga teng. Tretyakov yog'in 
o'lchagichi gidrometeorologik stansiyaga o'matilib, kecha-kunduz 
davom idagi yog'in m iqdorini aniqlashga m o 'ljallangan. Bu 
m a ’lum otlar asosida oylik, mavsumiy yoki yillik yog'in miqdori 
hisoblanadi.
Yetib borish qiyin bo'lgan baland tog'li hududlarda yog'in 
miqdori yig'indi yog'inlarni o'lchagich asbobi yordam ida aniq-
29


2.3-rasm.
V.D.Tretyakov yog'in oMchagichi va uni o'lchash stakani.
lanadi. Yog'inlarni yil davomida 2—3 marta o ‘lchab, yillik yog‘in 
miqdori aniqlanadi.
Atmosfera yog'inlarining gidrologik jarayonlarda ahamiyati katta, 
chunonchi, yilning sovuq davrlarida yog'inlar qor qoplamini 
hosil qiladi va uning oqim ni paydo bo'Iishidagi ulushi yanada 
oshadi. Qor qoplam ining asosiy tavsiflari quyidagicha: qorning 
saqlanish vaqti, qalinligi, zichligi va qordagi suv zaxirasi. 
0 ‘zbekiston hududining ayrim daryo havzalarida qor qoplamining 
tavsiflari ustidan yilning noyabr-dekabr oylarida maxsus gidro- 
grafik guruh dala ishlarini olib borib, kelgusi yilda daryolarning 
suvliligini bilish uch u n m a ’lum otlar tayyorlaydi.
Gidrologik hisoblashlarda daryo havzasi uchun o'rtacha yog'in 
miqdori meteorologik stansiyalardan olingan m a ’lumotlar asosida 
tuziladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin