0 ‘rta Osiyo g‘oyat katta (2 m ln.km kv) hududni egallagan
b o i ib , u Yevroosiyo quruqligining juda ichkarisida, Atlantika va
T inch okeanlaridan deyarli bir xil 4000 km.ga yaqin uzoqlikda
joylashgan.
O'rta Osiyoning quruqlikning ichkarisida va birmuncha janubda
j o y l a s h g a n lig i, s h u n i n g d e k , u n in g s h im o l t o m o n i o c h iq
bo'Iganligi bu o'lkada iqlimning juda quruq va keskin kontinental
bo'lishiga sabab bo'ladi: yoz fasli quruq va jazirama issiq bo'ladi,
qish esa nisbatan sernam va b a ’zida, ayniqsa, o ‘Ikaning shimolida
q a h r a to n sovuq b o 'ladi. S h u n in g u c h u n h am 0 ‘rta
Osiyo
hududining katta qismi chala c h o ‘l va c h o'llardan iborat. Ana
shuning uchun h am bu o'lkaning gidrologik sharoitiga c h o ‘1
iqlimining ta ’siri juda kattadir. Biroq tog'lar ham 0 ‘rta Osiyoning
tabiiy sharoitiga, gidrologik jarayonlariga g ‘oyat katta t a ’sir
ko'rsatib turadi. G a p shundaki, bu to g ‘larda tabiiy balandlik
m intaqalari b o ‘yicha o'z garib boradi h am d a yog'ingarchilik
ko'proq bo'ladi va q o r-m u z yig‘ilib qoladi.
Pasttekislik ustiga yil davom ida um um iy yog‘in miqdorining
53% yog‘sa-da, bu yerda oqim hosil bo'lmaydi. Bunga asosiy
sabab bu m aydonda bug'lanish jarayonining kattaligi va havo
haroratining yuqoriligidir.
T og'lardan kelayotgan daryo oqim ining 55 k m 3 (33%) dan
ortig‘i tog‘ oldi joylarida va vodiylardagi irrigatsiya kanallarida va
■sug'oriladigan hududida bug'lanib, atmosferaga tarqaladi.
Qolgan
100 k m 3 esa Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Ili, ko'l va suv
omborlari yuzasida bug'lanadi.
V.L.Shuls 1933-yilda O 'rta Osiyo hududini uch oqim qismiga
b o 'lg a n edi: 1) o q im n in g hosil b o 'lis h qism i, bu qism tog'li
joylarga t o 'g 'r i keladi; 2) o q im n in g tarqalish qismi,
bu asosan
sug'oriladigan yerlar bo'lib, to g 'la rd a n kelgan suvlarni qayta-
dan atmosferaga bug'latib yuboradigan qismga t o 'g 'r i keladi;
3) oqim ning m uvozanatlik qismi, y a ’ni daryo va soylardan
m ah ru m bo'lgan yerlar.
O qim hosil b o ’lish qism id a y o g 'in m iq d o ri b u g ‘lanish
m iqdoridan katta (
X > Z
), oqim ning tarqalish qismida aksincha,
yog'in miqdoriga nisbatan bug'lanish k o'proq
Z > X ,
oqimning
muvozanatlik qismida esa yog'in bilan bug'lanish taxm inan bir-
biriga teng A = Z b o ‘ladi.
Ayrim qism la r u c h u n suv balansi te n g la m a si quyidagi
ko'rmishda bo'ladi:
a) oqim ning hosil bo'lish qismi uchun:
26
X =
Z +
У + F\
b) oqim ning tarqalish qismi uchun:
Z =
X
+ У;
v) oqim ning muvozanatlik qismi uchun:
Z = X:
(
2
.
11
)
(2.12)
(2.13)
bu yerda
X —
shu qism hududidagi yog‘in va bug'larning
suvga
aylanishining ko ‘p yillik miqdori; Z — o 'r ta c h a k o ‘p yillik
bug'lanish;
У —
yer yuzasidagi oqim;
F —
yer ostidagi oqim.
M a ’lumki, baland to g ‘ tizimalari bepoyon ch o 'llard an bir
necha yuz kilometr oqib bora oladigan azim daryolar hosil
bo'lishiga imkon yaratadi, biroq bu daryolar O 'rta Osiyo chega-
rasidan chetga chiqib keta olmaydi.
O 'rta Osiyoga nam lik asosan Atlantik okean va O 'r ta yer
dengizidan havo oqimlari bilan keladi. V.L.Shuls m a ’lumotiga
ko'ra, O'rta Osiyo havo oqimlari yil davomida o'rtacha 2717 km 3
suv
keltirsa, undan faqat 448 k m 3 (18%) yog'in bo'lib tushadi.
Mahalliy bug'lanish tufayli hosil bo'lgan yog'in esa yiliga 41—43
kub km tashkil etadi (barcha yog'inlarning 8—9% ga teng).
O 'rta Osiyo daryolarining yillik oqimi o 'rta c h a 155 k m 3 ga
teng. Bu oqim O 'rta Osiyoning janubiy-sharqidagi tog'li qismida
489 ming kv km maydonda hosil bo'ladi. Bu yerdan pasttekisliklar
tom on ko'pgina soylar va yirik daryolardan Panj, Vaxsh, Norin,
Qoradaryo, Chirchiq, Zarafshon va boshqaiar oqib tushadi.
O 'rta Osiyoning asosiy gidrologik xususiyatlari quyidagicha:
1. O'rta Osiyo gidrografik jihatdan ochiq dengiz va okean bilan
bevosita bog'lanmagan berk havza bo'lib, unga tashqaridan hech
qanday suv oqib kelmaydi va tashqariga suv oqib chiqmaydi.
2. O 'rta Osiyoning tog'li va tekislik qismlarining gidrologik
xususiyatlari bir-biriga butunlay o 'x s h a m a y d y Bu hoi V.L. Shuls
taklif etgan O'rta Osiyoning suv balansi tenglamasida o 'z ifodasini
topgan.
3. O 'rta Osiyo hududida suv manbalari notekis taqsimlangan.
Pasttekisliklar umum iy m aydonning 70% ni tashkil etgan bo'lib,
u yerda o q a r suvlar ju d a kam u c hraydi. O 'r t a O siyoning
pasttekisliklarida daryo tarm oqlarining o 'r ta c h a
zichligi har
1 km m aydonga 0,002 km ga teng bo'Isa, tog'larda esa buning
aksi—sertarmoq daryolar va katta-kichik soylar juda ham ko'p.
4. O'rta Osiyo tekisliklarida ham gidrografik tarm oqlar serob,
ularning ko'pchiligi bosh daryolar va ularning irm oqlaridan suv
olib, tevarak-atrofdagi yerlarga tarqatib ketuvchi irrigatsiya
kanallaridan iborat.
27
5. O 'rta Osiyo tekisliklarida unum dor tuproqli c h o ‘lu-dashtlar
ju d a ko ‘p, am m o ularni o'zlashtirish uchun suv kerak. Mavjud
suv manbalaridan keng foydalanishga t o ‘g ‘ri keladi. Bu yerda
inson suv oqimini qayta o ‘zgartiruvchi
asosiy omillardan biri
bo'lib qoladi.
6. 0 ‘rta Osiyo daryolarining gidrologik rejimining yana bir
asosiy hususiyatlaridan biri tog'larda qor-m uzlarning uzluksiz
to'planib turishi va ularning tekisliklarda sarf bo'lishidir.
Dostları ilə paylaş: