asosan, Qora dengizning shimoliy sohilidagi Qrimda va Sharqiy
Sibirda joylashgan.
Qor va muzliklarning suvlaridan to ‘yinuvchi daryolar, asosan,
tog'li joylardagi m uzning va bulturgi qorning erishidan hosil
bo'ladi.
Yer osti suvlari bilan to'yinuvchi daryolar oqimi yil davomida
kam o'z garadi. Yer osti suvlari bilan b archa daryolar turli
m iqdorda to'yinishadi. Volga daryosi uchun bu m iqdor 30%ni
tashkil etsa, b a ’zi bir kichik daryolarda 60%ga yetishi m um kin.
Ko'pchilik daryolarda turli to'yinish manbalari aralash uchraydi.
Atoqli rus iqlimshunosi A.I.Voyeykov 1884-yilda O'rta Osiyoning
b a r c h a d a r y o la rin i t o g 'l a r d a g i q o r l a r n in g
erishi hisobiga
to'yinadigan daryolar jumlasiga kiritgan edi.
Haqiqatdan ham O 'rta Osiyo daryolarining asosiy to'yinish
manbai t o g i a r d a to'p lan ib qoladigan qorlardir. Tog'lar qancha
baland bo'lsa, qorning ko'p yog'ishi va uning issiq havo kelgunga
qadar saqlanib turishi uchun shunchalik qulay sharoit mavjud
bo'ladi. T o g 'la r d a qo rn in g erishi h a m m a joyda bir vaqtda
boshlanmaydi: u dastlabki tog'laming eng pastki qismida va so'ngra
balandroq joylarida eriy boshlaydi. Shu bilan birga qor har xil
balandlikda va har xil vaqt ichida eriydi.
Erigan qor suvlari daryolar
o'z aniga oqib tushadi va daryolarda suvning ko'pligi davri
boshlanadi. Yilning iliq davri davom ida tog'lardagi erib kamay-
gan yoki tugagan qor qoplam lari va qorliklar o'rni kuz
va
qishda yangidan yoqqan qorlar bilan to'lib boradi. Tog'larning
juda baland bo'lgan qismlarida havo harorati g'oyat qisqa vaqt
davomidagina noldan yuqori bo'ladi yoki bo'lmasa doimo noldan
past bo'ladi. Ana shunday baland joylarda deyarli butun yil
davomida faqatgina qor yog'adi.
Baland tog'larda to'p lan ib qolgan
qorlar qismangina eriydi,
chunki ularning butunlay erib tugashi uchun issiqlik energiyasi
va iliq kunlar yetishmaydi. Qorlarning erib ulgura olmagan qismi
v a q t o ' t i s h i b i l a n k a t t a - k a t t a m a s s a l a r g a a j r a l ib , t o g '
yonbag'irlaridan chu q u r joylarga qulab tushadi va qorliklami
vujudga keltiradi yoki ustki qor qatlam ining
bosimi natijasida
muzliklarga aylanadi.
Muzliklar asta-sekin vodiylar bo'ylab pastga siljib turadi.
Muzliklar iyul-sentabr oylarida erib, ko'pchilik daryolarimiz
ulardan to'yina boshlaydi.
Muzliklardan hosil bo'ladigan suv miqdori daryoning suv
yig'ish m aydonining m utlaq balandligiga, unga yoqqan yog'in
miqdoriga, tog' tizmalari yon bag'irlarining
quyoshga nisbatan
qaraganligiga va relyefi xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. K o'p yillik
44
qor va muzliklarning hosil bo'lishi, ju m la d an q or chegarasining
qanday balandliklargacha ko'tarilishiga bog'liq bo'ladi.
Gidrologlaming tadqiqot va hisoblariga qaraganda, O'rta Osiyo
daryolarining to'yinishida muzlik suvlarining hissasi katta emas.
Hatto eng baland tog'lardan boshlanadigan va havzasida muzliklar
eng k o'p bo'lgan M astchoh, Isfara, So'x, Vaxsh va Zarafshon
kabi daryolarda ham muzlik suvlari shu daryolarning tog'likdan
chiqaverish joylaridagi yillik oqim larining 25-30% dan
ortiq
bo'lm agan qismini tashkil etadi.
Baland tog'larning pastroq joylaridan yoki pastroq tog'lardan
boshlanadigan daryolarning havzalarida muzliklar juda kam yoki
b u tu n la y y o 'q . S h u n in g u c h u n h a m b u n d a y d a r y o la rn in g
to'yinishida muzlik suvlari hissasi g'oyat kichik bo'ladi yoki
um u m an bo'lm aydi.
O 'rta Osiyo daryolarining um um iy oqim ida muzlik suvlari
ning hissasiga kelganda shuni aytish kerakki, u 10%dan oshmaydi,
hatto muzliklarning bulturgi qorlar qismida qorlarning erishidan
hosil bo'lgan suvlarni qo'shib hisoblaganda ham u 15 %dan
oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: