Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


Daryo havzasining gidrografik hususiyatlari



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

Daryo havzasining gidrografik hususiyatlari. 
Daryo havzasi­
ning gidrografik (yoki morfometrik) xususiyatlariga uning u zun­
ligi, m aydoni, shakli, o 'rta c h a kengligi, h a \p a balandligi va 
o'rta cha nishabi kiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishamiz.
H a v z a n i n g u z u n l i g i , agar u to 'g 'r i shaklda bo'lsa, 
daryoning quyilish joyi A dan uning boshlangan joyi В bo'lgan 
suv ayirgichgacha o'tkazilgan to 'g'ri chiziq bo'yicha aniqlanadi. 
Agar havza shakli murakkab bo'lsa, uning uzunligini topish 
ancha mushkullashadi va yuqorida ko'rsatilgan ikki joy orasidagi 
masofa egri chiziq — m ediana orqali topiladi.
H a v z a n i n g o ' r t a c h a k e n g l i g i Kni aniqlash uchun 
havza maydoni /"ni shu havza uzunligi 
L
ga bo'linadi, ya’ni
(2.24)


Havzaning o'r tacha kengligi oqimning hosil bo'lish sharoitini 
belgilaydi. Agar havza kengligi uning uzunligiga nisbatan kichik 
bo'lsa, m a ’lum bir sharoitlarda, daryoda bahorgi suv toshqini 
ancha sokin o'tadi. Daryo uzun bo'lgan taqdirda suvning oqish 
masofasi cho'zilib, suv toshqini ancha tarqaladi va natijada, 
suv sathi va sarfi pastroq bo'ladi.
D a r y o l a r h a v z a s i n i n g o ' r t a c h a n i s h a b i daryo 
rejimining muhim xususiyati bo'lib, vodiy yonbag'irlaridan erigan 
qor va muz suvlarining, atmosfera yog'inlaridan hosil bo'lgan 
suvlarning oqish tezligini belgilaydi.
Daryo o ‘zani va uning o ‘zgarishi. 
Daryo o'zani daryo vo­
diysining eng m uhim elementlaridan biri. O 'z anning o'lchovlari 
va shakli daryoda oqayotgan suv miqdori, vodiyning tuzilishi, 
o 'z anni tashkil etgan jinslarning xususiyatiga qarab daryoning 
uzunligi b o 'y ic h a keskin o 'z g arad i. O 'z a n n i n g m orfologik 
elementlarini gorizontallar va o'zan ko'ndalang kesimi tushirilgan 
o'zan plani yordamida ifodalasa bo'ladi. Suvning oqish yo'nalishiga 
perpendikular bo'lgan o 'z a n n in g vertikal tekislikdagi kesimi 
oqim ning suv kesimi deyiladi. O 'zanlar barqaror va beqaror 
bo'ladi. Turg'un o'zanlarda ko'ndalang kesim shakli vaqt oralig'ida 
o'zgarmaydi. Beqaror o 'z an lar esa oson yuviladigan jinslardan 
tuzilgani uchun anchagina o'zgaradi. Bunga Volga, Ural, Kura 
daryolarining quyi qismi misol bo'la oladi. Daryo o'zanining 
barq aro rlig i o 'z a n n i tash k il e tg a n z a r r a c h a l a r n in g k a tta - 
kichikligi, daryo nishabi, suv toshqinining tabiati, inson faoli- 
yati va boshqalarga bog'liq.
Daryo o'z anining ko'ndalang kesimi shakli qirg'oqlaming 
tuzilishiga qarab xilma-xil bo'lishi mumkin. Bu hoi ko'proq tog'li 
joylarda uchraydi. Misol uchun Gruziyaning botqoqlik joylarida 
daryoning ko'ndalang kesimi shundayki, unda (Xopi daryosi) 
daryo kengligi uning yuqorisidan ko'ra quyi qismida kengroq. Bu 
yerda daryo sohillarida o'sgan daraxtlar qirg'oqlarni yuvilishdan 
saqlab turadi.
O'zan kengligi odatda daryo kengligini belgilaydi. Daryo kengligi 
yil davomida xilma-xil bo'lib, suv sathi ko'tarilgan sari daryoning 
kengligi osha boshlaydi. Bu xususiyat daryoning ayrim qismlari 
uchun xilma-xil bo'ladi. O 'z anning morfometrik xususiyatlari 
bo'lgan daryo kengligi, chuqurligini o'rganish va to'plangan m a ’­
lumotlar gidrotexnika inshootlarini loyihalashda zarurdir.
Daryo o'zani kesimini o'rganish ularning odatda simmetrik 
bo'lmasligini va daryo qirg'oqlarining biri qiya, ikkinchisi esa 
past va tekis bo'lishligini ko'rsatadi.
42


Daryo o'zanining tuzilishiga qarab, ular turli shakllarda bo'lishi 
mumkin.
Ularga daryo sirtmoqlari (m eandra), chuqurliklari (plesi) va 
sayoz qismlari (perekati) kiradi. O 'z a n n in g egri-bugri bo'lishi 
b a ’zi daryo sirtm oqlarini hosil qiladi. B unda daryo oqim i 
sirtmoqning eng tor joyidan o'ziga yangi yo'l ochadi sirtmoqning 
yarim aylana qismi quruq o'z anga aylanadi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin