Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r
1. O'zbekiston hududi bo'yicha oqim qanday taqsimlangan?
2. Daryolarning to'yinish turiga bog'liq holda oqimning yil ichida
taqsimlanishi qanday bo'ladi?
3. Daryo oqim hajmini rostlash ta’rifini bilasizmi?
4. Suvdan foydalanuvchilarning talabi mavjud suvga mos kelmaganda
nima qilish kerak?
5. O'rta Osiyoda birinchi suv omborlari qachon va qayerda barpo
etilgan?
6. O'zbekistondagi suv omborlarining soni qancha?
7. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari o'rtasida qanday
farq bor?
8. Suv xo'jaligi balansi qanday hujjat?
9. Oqim hajmini rostlashning qanday turlarini bilasiz?
5 .2 . Suv omborlari
Suv om borlarining vazifasi va tasnifi. 
Sufy saqlash va oqim 
hajmini rostlash maqsadida barpo etilgan su n ’iy suv havzasi s u v
o m b o r i deb ataladi. Suv omborlariga shartli ravishda quyidagilar 
ham kiritiladi: a) rezervuarlar va hovuzlar; b) mirzali suv 
omborlari. Rezervuarlar va suv hovuzlaridan suv t a ’m inotida va 
gidroenergetikada foydalaniladi.
Suv havzalarining oddiyturi hovuzlardir. Ular qishloq joylarda 
ariqlar (kanallar) oqiziqlardan tozalanayotgan paytda aholini 
suv bilan t a ’minlash uchun xizmat qiladi. Qadimgi zamonlarda 
cho'l mintaqalaridagi karvon yo'llarda «sardobalar» o'rnatilgan. 
U lar atrofi g 'ish t bilan to 'silg a n h o vuzlar b o 'lib , suvning 
bug'lanib, isrof bo'lishining oldini olish maqsadida ularning usti
173


berkitilib q o ‘yilgan. Sardobalar yom g'ir va bahorgi erigan qor 
suvlari bilan to'ldirilgan.
Derivatsiyali G E S lar o'rnatilgan kanal birm uncha kengayti- 
rilib va chuqurlashtirilib bosimli havzani hosil qiladi. Ular ayrim 
hollarda suv ombori vazifasini o ‘taydi.
Mirzali (obvalovannie) suv o m borlari tuproqli to 'siq lar 
(dambalar), tekis joylarda halqasimon dambalar, agar joy nishab 
bo'lsa, taqasim on dam balar yordamida barpo bo'ladi. Bunday 
suv omborlari yer osti suvlari yoki yom g'ir va qor suvlari bilan 
to id ir ilis h i m um kin. H alqasim on dam bali suv om borlariga 
yom g'ir va qor suvlari maxsus kanallar orqali nasos yordamida 
olib kelinadi. Nishabli joylardagi suv omborini to'ldirish va ulardan 
suv chiqarish oqizish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Qozog'iston cho'llarida ko'pgina mirzali suv omborlari qurilgan 
bo'lib, ulardan mol-xollarni va ekinlarni sug'orishda foydalaniladi. 
Eng katta mirzali suv omborlari (hajmi 200—300 m ln.m .kub) 
Am udaryoning quyi oqim ida va Qoraqalpog'istonda mavjud. 
Amudaryoning o'ng sohilidagi Dovut ko'l katta mirzali suv ombori 
hisoblanadi. Bu suv ombori yozda suv toshqini davrida va qishda 
Amudaryo suvlari bilan to'ldiriladi. Suv omboridan suvni oqizish 
aprel oyida amalga oshirilib, asosan don ekinlarini sug'orish va 
yaylovlarga suv berish uch u n xizmat qiladi.
Pastqam yerlarda to'g'on bilan to'silgan suv omborlari mirzali 
suv omborlarining asosiy turi hisoblanadi.
T o ' g ' o n l i s u v o m b o r l a r i o'z anli, quyilma, ko'lli, 
tizim ichidagi (yoki buferli) turlarga bo'Iinadi. O 'z anli suv 
om b o rla ri daryo v o d iy larid a q u rilgan b o 'lib , quyid ag ich a 
tasniflanadi: a) tog'li (ular katta chuqurlikka va kichik yuza 
maydoniga ega); b) tog' oldi (ular o'rtacha yuza maydoniga ega); 
d) pasttekislik (ular kichik chuqurlikka va katta yuza maydoniga 
ega).
T o g ' l i s u v o m b o r l a r i eng qulay hisoblanadi, chunki 
to 'g 'o n baland bo'lishiga qaram asdan, uning hajmi odatda katta 
bo'lmaydi. Bundan tashqari suv ombori qurilishi natijasida kam 
o'zlashtirilgan m aydonlar suv ostida qoladi va ular yuzasidan 
b o 'l a d i g a n b u g 'la n i s h k a m m iq d o r d a b o 'l a d i. T o g 'li suv 
omborlarining chuqurligi odatda 100 m dan ko'p, ish chuqurligi 
esa 100 m gacha va undan ko'p bo'ladi. Bunday suv omborlarida 
suv L-osgan va g'a rq bo'ladigan maydonlar, qirg'oqlarni qayta 
tiklash va suv om boridan bo'ladigan shimilish miqdori kam 
bo'ladi.
174
/


T o g * o l d i s u v o m b o r l a r i o ‘rta holatni egallaydi. 
Ularning chuqurligi 70— 100 m va un d an ko 'p , ish chuqurligi 
10—20 m , q irg 'o q la r i deyarli t i k la n m a y d i va suv o m b o ri 
atrofidagi yerlarni suv k o 'p bosmaydi. Bunday suv omborlari 
O'rta Osiyoda keng tarqalgan bo'lib, Nurak, To'xtag'ul, Chorbog', 
O 'rtato'qay va boshqalar ularga misol bo'ladi.
Q u y i l m a s u v о m b o r 1 a r i har doim daryo yaqinidagi 
tabiiy pastlik va chuqurliklar atrofini dam ba bilan qurshab olib
hosil etiladi. Quyilma suv omboriga suv daryodan maxsus kanal 
orqali oqiziladi.
U lar Am udaryo havzasida k o 'p ro q uchraydi. Ularga Q am a- 
shi, T o lim a rjo n , K a tta Q o 'r g 'o n , Q u y im a z o r va S irdaryo 
havzasidagi B ozorqo'rg'on, T o 'r tk o 'l, Jizzax, Bugun va boshqa 
suv omborlari kiradi.
Ko'lli suv omborlari ko'ldan boshlanadigan daryoda to 'g 'o n
qurib hosil qilinadi. Bunday suv om bori iqtisod jih atd an anc ha 
afzal hisoblanadi, chunki ularni barpo qilishda uncha katta to'g'on 
qurish talab qilinmaydi.
Agar o 'z a n l i, q u rilm a yoki ko'lli suv o m b o rla ri daryo 
tizimidagi oqim hajmining ayrim qismini rostlaydigan (ya’ni 
ular daryo irm og'ida yoki tizimning yuqori qismida joylashgan) 
bo'lsa, ular о ' r n i n i b o s u v c h i s u v o m b o r l a r i deb 
ataladi.
Agar daryoda bir necha suv om borlari k etm a-ket joylashgan 
bo'lsa, ular suv om borlar tizmasini (kaskadini) tashkil etadi. 
T i z i m i c h i d a g i s u v o m b o r i deb sug'orish kanali 
kesishgan yoki o 'tgan sug'orish kanali yonidagi pastqam joyda 
joylashgan suv omboriga aytiladi. Bunday suv omborlarining 
vazifasi dalalarni o qar suv bilan sug'orish uchun mo'ljallangan 
kanalning ishini yaxshilash va uning o'lchamlmrini kamaytirish, 
m a s h i n a l a s h t i r i l g a n s u g 'o r i s h g a x i z m a t q i l a d i g a n n a so s 
stansiyasining ish ko'lam i va o'lcham larini belgilashdir.
Misol u c h u n Q o ra q u m kanalidagi X auzxon suv om bori 
kanalning yil davomida bir xil suv sarfi bilan t a ’minlanishiga, 
yaxshiroq ishlashiga imkon yaratdi.
A m u-B uxoro kanalidagi Q uyim azor suv om bori A m udaryo- 
dan suv oluvchi nasos stansiyasini doimiy ishlashini t a ’minlaydi. 
Shu bilan birga suv omborida qish oylari yig'ilgan suvlarni quyish 
yo'li bilan nasos stansiyasining yozgi mavsumda kam quvvat bilan 
ishlashiga yordam beradi.
Suv om bori suv yuzasining m aydoni, hajmi, chuqurligi, 
shakli, issiqlik rejimi va boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha tasniflanadi.
175


Z. A. Vikulina tasnifiga ko'ra suv omborlarining suv yuzasi 
maydoni 50 km 2 kam b o ‘lsa kichik, 250 k m 2 b o ‘lsa o'rta cha, 
1000 k m 2 b o 'lsa yirik, 10000 k m 2 d an yuqorisi eng yirik 
hisoblanadi.
Bu tasnifda ko'rsatilgan o'lchamdagi suv omborlarining ko'plari 
O 'rta Osiyo hududida mavjud. T o 'g 'o n bilan to'silgan yirik vodiy 
suv omborlari O'rta Osiyoning asosiy suv manbalari — Amudaryo 
va Sirdaryoda qurilgan. Ular — Chordara (suv yuza maydoni 900 
km 2)., Qayroqqum (513 km 2), T uyam o'yin (790 km 2), tog'li 
suv omborlaridan To'xtag'ul (284 km2), Nurak (98 km 2), Andijon 
(60 km2) va boshqalar o'rtacha turli tog'li va tog' oldi suv omborlari 
hisoblanadi. O'rta Osiyodagi barcha suv omborlarining 70 foizidan 
ko'prog'i kichikdir. Quyidagi quyilma suv omborlarining suv 
yuzasi m aydoni kichik deb hisoblanadi: Selbur (2,6 k m 2), 
M o'm in o b o d (2,86 k m 2). Degress (2,3 k m 2), Uchqizil (10 k m 2) 
va boshqalar.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin