Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#115870
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati



GLOBAL KORRUPSIYA IJTIMOIY MADANIY INQIROZNING OQIBATI 
Reja: 
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari. 
2. Dunyo bo’yicha korrupsiya holatining tasnifi. 
3. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishlari. 
4. Ta’lim va fan tizimidagi korrupsiyaning oqibatlari.
 
 
Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur 
illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib 
keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar 
xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib
gullashi uchun sharoit yaratib beradi. 
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al 
bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish 
bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, 
hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. 
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr 
yuritmoqchimiz. 
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan 
unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab 
qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. 
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. 
Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat 
sifatida ta’qib qilinadi. 
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy 
o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI 
asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida 
korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi 
mumkinligini bayon qilgan edi. 
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum 
mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin 
qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining 
murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini 
ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan 
olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq 
tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. CHunki bu holat davlatning 
obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni 
qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, 
Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli 
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” 
deyilgan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga 
toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida 
o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH 
prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi 
XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga 
nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. 


Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani 
yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin