Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati


O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy -



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#115870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati

 


O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy - 
huquqiy mexanizmlari. 
 
Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik 
hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu shaxsning o‘z 
mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini 
ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga 
xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi. 
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma 
narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi 
darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni 
sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga 
jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy 
choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda. 
2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani korrupsiyaga barham berish uchun barcha asoslarni yaratib 
berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta’minlanishi uchun 2017 yil 2 fevralda davlatimiz 
rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 
qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. 
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala 
bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli 
ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar 
echimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida 
mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, 
indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, 
adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan 
mansabdor 
uyg‘onadi, 
zimmasida 
qanday 
mas’uliyat 
borligini 
his 
etadi. 
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda bizning bu boradagi huquqlarimiz 
kafolatlangan. Qonunga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik 
faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi. 
Davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida 
"2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi" 
tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. 
Mazkur komissiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va 
boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga 
qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda 
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini ta’minlaydi. Aholining huquqiy 
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz 
munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini 
tashkil etadi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek 
qo‘yishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf 
etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi. 
Komissiya korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi va tahlil 
etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan 
monitoringni amalga oshiradi. Ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy 
mexanizmlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini 
muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi. 


Bu vazifalar tegishli idoralar va mas’ul shaxslar tomonidan izchil ta’minlanadi. Zero, 
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining o‘z vakolatiga 
kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat 
birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. 
Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat 
mas’ul shaxslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Bu fuqarolarimizda 
korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, 
madaniyati shakllanishiga ham bog‘liq. CHunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, 
ko‘payishiga ko‘p hollarda o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. 
Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham 
topishiga xizmat qiladi. 
Nazorat ishi: 
1. Korrupsiya tushunchasini mohiyatini izohlang? 
2. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklarini tushuntirib bering? 
3. Aholi huquqiy savodxonligining pastligi degenda nimani tushunchasiz? 
4. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarni sanab bering? 
 

Document Outline

  • KORRUPSIYA – jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun ulkan tahdiddir. Korrupsiya internatsional jinoyat bo‘lib, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiruvchi jinoiy...
  • Nazorat ishi:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin