Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati


Saylov tizimi orqali kurashish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#115870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati

Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya 
uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. 
Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, Singapur, Gonkong, 
Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga 
keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. 
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. 
Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi 
tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi 
metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar 
qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan 
usullar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan 
davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda 
korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik 
jarayonlar engillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va 
imtiyozlarini oshirish evaziga). SHu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar 
og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda 
bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida 


ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish 
qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya 
darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat 
xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur 
davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham 
tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga 
taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati 
qayg‘urmog‘i lozim. Suveren O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik 
qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, 
deb biladi. 
Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va 
xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat 
uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi 
shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda 
Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni 
yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya 
davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. 
Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga 
qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish 
(2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi 
pog‘onaga ko‘tardi. 
Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa 
jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga 
alohida urg‘u berilgan. 
Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat: 
— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni 
mustahkamlash; 
— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va 
qo‘llab quvvatlash. 
O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi 
konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu 
Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar 
ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan. 
Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin 
bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy 
qilmish sifatida ta’qib qilinadi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki 
faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib 
bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni 
engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari 
faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – 
“Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 
2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolangan. 
Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va 
korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi. 
Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu jamiyatni turli 
yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga 
putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot 


sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, 
terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa 
katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. 
Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik 
darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”. 
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 
yil 13 dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan 2017 yil 3 yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan 
kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat. Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi 
kurashishning asosiy prinsiplari, ya’ni: 
 Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
 qonuniylik; 
 fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; 
 ochiqlik va shaffoflik; 
 tizimlilik; 
 davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; 
 korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; 
 javobgarlikning muqarrarligi. 
Qonunning 5-moddada esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari berilgan. 
 Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
 aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan 
murosasiz munosabatni shakllantirish; 
 davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni 
amalga oshirish; 
 korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning 
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash. 
BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga a’zo davlat sifatida 
mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish 
maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, so‘ngi yillarda bu 
borada milliy qonunchiligimizda mukammal huquqiy baza shakllantirildi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari 
Porkuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya, Ichki ishlar, Dalvt bojxona xizmati hamda OAVlari 
va fuqarolik institutlari o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash bu boradagi asosiy vazifalardan 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat 
organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining 
samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi 
iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
Qonun asosida davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning «Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan 
mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi. 
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat 


dasturida 
ham 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishning 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini 
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar 
belgilanganligi alohida qayd etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan Prezidentimiz 
qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat 
dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi 
tasdiqlandi.
Davlat dasturi 51 banddan iborat chora-tadbirlarni qamrab olgan. Unda korrupsiyaga 
bevosita yoki bilvosita qarshi qaratilgan, uning tizimli sabablari va sharoitlarini oldini olishga 
yo‘naltirilgan 10 qonun, qator qonunosti hujjatlari, chora-tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab 
chiqish va qabul qilish, turkum targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat 
hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish 
hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning 
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan 
ishlar amalga oshirilmoqda.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, va “manfaatlar 
mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. 
Qonun hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari sifatida: 
- qonuniylik; 
- fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; 
- ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; 
- davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; 
- korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar 
ustuvorligi keltirib o‘tilgan. 
SHu munosabat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo 
komissiyasi tomonidan “Korrupsiyasiz ta’lim” deb nomlangan rangli, o‘quv ko‘rgazma nashr 
etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalariga etkazildi. Jumladan, bizning viloyat o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ham mazkur ko‘rgazma bilan ta’minlandi. Bundan 
ko‘zlangan asosiy maqsad: 
- yosh avlodning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda 
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; 
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha 
choralarni amalga oshirish; 
- korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari va keltirib chiqargan 
sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar 
jazolash tamoyilini tatbiq etishdan iboratdir. 
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya 
masalalari Qonunning 16-, 17-, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ta’kidlash joizki, huquqiy 
ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan etuk bo‘lgan 
insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar. 
Bas, shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, farzandlarimizni halollik, poklik kabi eng 
yuksak ideallar ruhida tarbiyalashimiz, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf etish 
uchun birgalikda kurashishimiz bugunning eng dolzarb vazifasidir. 
KORRUPSIYA – jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun ulkan tahdiddir. 
Korrupsiya internatsional jinoyat bo‘lib, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun 
ulkan tahdid, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiruvchi jinoiy-illatdir. Xalqning davlat 
boshqaruv idoralariga ishonchini so‘ndiradigan, azaliy ezgu maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan islohotlar 


g‘oyasini obro‘sizlantiruvchi, qolaversa jamiyat va davlat o‘rtasidagi uzviy aloqani butkul uzib 
qo‘yuvchi qora kuchdir. 
Davlatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘plab normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qilingan. 2008 yilda BMTning 2003 yil 13 oktyabrdagi «Korrupsiyaga qarshi» 
Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi 
to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. SHuningdek, 2010 yil mart 
oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashning 
Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shildik. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga 
qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona 
kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, 
«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari 
to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq 
farovonligining huquqiy garovidir. 
2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch 
bilan kutib olindi. Sababi, bundan oldin aynan Korrupsiya va unga qarshi kurash sohasidagi amaliy 
chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tubdan yoritib beruvchi va davlat organlarining umumiy 
holatda vazifa va majburiyatlarini uzviy holatda belgilovchi normativ-xuquqiy hujjat mavjud emas 
edi. Qonun ijtimoiy-adolat ruhida tuzilgan bo‘lib, islohotlar samaradorligi va natijadorligiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganib, xalqaro amaliyot bilan taqqoslash va uni odamlarimiz, 
ayniqsa, joylardagi tadbirkorlar, jamoatchilik tashkilotlari bilan keng muhokama qilish asosida 
ishlab chiqildi. SHuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni 
muhofaza qiluvchi idoralar, davlat hokimiyati organlari qolaversa har bir fuqaro mas’ul ekanligini 
chuqur izohlaydi. 
Ahamiyatli tomoni, Qonun barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari o‘zaro 
baahamjihatlikda faoliyat yuritishi lozimligini, shaxslarni birlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining davlat idoralari bilan birgalikda 
ish olib borishi va huquqiy targ‘ibot samaradorligini kuchaytirishni taqazo etmoqda. CHunki faqat 
kuchli fuqarolik jamiyati barpo qilib va astoydil kurashibgina korrupsiyaning oldini olishga 
erishishimiz mumkinligi yana bir karra eslatildi. 
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish Qonunda alohida bob bilan belgilandi 
va mazkur illatga qarshi kurashish sohasida faqat ayrim davlat idoralari emas, balki har bir fuqaro 
faol ishtirok etishi lozimligi va o‘zini bu borada mas’ul ekanini his etib harakat qilishi darkorligi 
ko‘zda tutildi. Binobarin fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari 
va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi tartibga solingan. Unga ko‘ra, 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar korrupsiyaga qarshi 
kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga 
oshirishda ishtirok etadi, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, 
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda qatnashadi. 
SHuningdek, ular bu borada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi, korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi hamda 
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, Korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlik, 
odamlarni halol mehnat qilishga undash, yoshlarda o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyati 
bilan yuksak marralarga erishish hissini tarbiyalash, barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari xodimlarida, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik madaniyatini 
shakllantirishning ahamiyati juda katta. SHu jihatdan “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning 
qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy tizim 
salohiyatini yuksaltirib eng muhimi, xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin