Xalqaro taraqqiyot vazirligi va Buyuk Britaniya savdo va investitsiyalar agentligining
qo‘shma loyihasi doirasida korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik chop etildi, bu
majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi.
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bosh organi — katta miqdordagi
firibgarlik bo‘yicha kurash boshqarmasi (SFO, Serious Fraud Office) hisoblanadi.
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida davlat ta’limining yana bir
xususiyati aholining e’tiborini ichki korrupsiya muammosidan qasddan chalg‘itishdir. Davlat
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim dasturlarining tashqi yo‘nalishini so‘zsiz qo‘llab-
quvvatlaydi.
international”, “Qashshoqlikka qarshi muhandislar”, “Bosh infrastruktura korrupsiyaga
qarshi kurash markazi” va boshqalar kabi “Transparency “Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash
forumi”, nodavlat tashkilotlari Londonning korrupsiyani global bartaraf etish g‘oyasining eng faol
namoyondalari hisoblanadi. Ko‘pincha Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes va
xorijiy davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlarini
beg‘arazlik asosida amalga oshirmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: