Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
FAlsafa 7 mavzu

birinchidan,
“Davlat xizmati to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokama 
qilinayotgan bo‘lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha yo‘q. Shu sababdan “Davlat 
xizmati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek davlat xizmatchilarining 
Axloq kodeksini qabul qilish, mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatini olib 
borish jarayonida amal qilishi lozim bo‘lgan hamda korrupsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib 
beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan meʼyorlar aks ettirilishi maqsadga 
muvofiqdir; 
ikkinchidan,
xalqaro va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda davlat 
xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishni 
tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga 
muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi o‘zgarishlarni 
muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, yaʼni 
jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yana-da 
oshirishi shubhasizdir. 


O‘ZBEKISTON
ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga 
oshirmoqda. So‘nggi yillarda, bu illatga qarshi kurash bo‘yicha aniq maqsadli strategiya 
belgilandi. Jumladan, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul 
qilinishi ham jamiyatimizda bu illatga qarshi kurashning yangi bosqichini belgilab berdi. Mazkur 
qonun bilan korrupsiya, ya’ni poraxo‘rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiiste’mol 
qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, iste’dodli kadrlarning o‘sishiga to‘siq bo‘lish, 
inson huquqlarini buzish, tama’girlik qilish kabi holatlarda, bunday qabihliklarni amalga 
oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi muqarrarligi aniq ravshan belgilandi.
Qabul qilingan qonun hujjatlari o‘zining samarasini bera boshladi. Xususan, mamlakatda 
byudjet ochiqligining ta’minlanishi, O‘zbekiston turli xalqaro reytinglarida (“Xalqaro baxt 
indeksi”da 47-o‘rin, “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”ga ko‘ra 2-o‘rin va h.k.) ko‘tarilib 
borayotganligi ahamiyatli.
Shu o‘rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor 
qaratish maqsadga muvofiq.
Bular: 
- OAVning shu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini 
aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirib borish mexanizmini joriy etish, 
Oliy Majlis palatalarida Qo‘mitalar, Fraksiyalar yig‘ilishlari, Yalpi Majlislari, shuningdek, 
Vazirlar Mahkamasi va uning barcha darajadagi tuzilmalarida bo‘layotgan yig‘ilishlarida 
OAVlarining cheklovlarsiz ishtirok etishini kafolatlash;
- aholining turmush farovonligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lashni eng dolzarb 
masalasi hisoblangan “Iste’mol savatchasi”ni joriy etishni tezlashtirish; 
- diniy ulamolarimiz masjid va madrasalarda muntazam ravishda korrupsiya va uning salbiy 
oqibatlari xususida targ‘ibotlar olib borish; 
- “Korrupsiyadan xoli hudud” nominatsiyasi bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy 
so‘rovlar tashkil etish orqali, tanlovlar o‘tkazish; 
- olimlar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqot 
natijalarini amaliyotga joriy etish mexanizmini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-
quvvatlash; 
- aholi tomonidan eng ko‘p murojaat etiladigan jabhalar, xususan, korrupsiya alomatlari 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda kafolatlangan shaffof elektron tizimni joriy etish. Masalan, 
navbatlarning elektron shaklini yaratish va muntazamligini ta’minlash. 
 
 
 
 

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin