“O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon
asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini,
shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf
etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan
davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida
Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi. Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab
chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning Korrupsiyaga qarshi
konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa
xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish
hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy
koordinatori vazifa va vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda
hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi
milliy indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi.
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga
oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan:
2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi
ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichma-bosqich joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish
hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron platformasini joriy etish;
korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy
taʼminotni joriy etish.