yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat
xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga
borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-
boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishi zarurligidan darak beradi. Korrupsiya
fuqaroning davlat
vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat
uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. "Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy
yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan
foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.
Bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda,
fosh etilgan korrupsiyachilar qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat
tomonidan qattiqnazorat qilib boriladi. Jinoyatchilik keng avj olib ketishiga va korrupsiyachilar
domiga ilingan amaldorlarning beboshligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli
chora-tadbirlar ishga solingan. Ular jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyamizni belgilab beradi.
Jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi qay
darajada oqilonaligi allaqachon isbotlangan. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
2-moddasida jinoyatlarning oldini olish jinoyat qonunining asosiy vazifalaridan biri sifatida bejiz
belgilab qo‘yilmagan.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan
erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. O‘ylaymizki, bunday ma’naviy
buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki,
jamiyat va umuman barcha
fuqarolarimiz mas’uldirlar. Shunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat
tashkilotlari bunday illatni oldini olish va unga qarshi kurashda birgalikdagi harakatigina samarali
natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir
bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul
qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur
illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga
oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy
jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2020
yil
24
yanvar
kuni
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisiga
qilgan
Murojaatnomasida
taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari
bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik
va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari
qator xalqaro huquqiy
normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi
Konvensiyasi;
2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka
qarshi Konvensiyasi;
1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik
to‘g‘risida” gi Konvensiyasi;
1999 yil 4 noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi
Konvensiyalari va boshqalar.
O‘zbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008
yilda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul
Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi
jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
tizimli ravishda
amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib
chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-
sonli
Dostları ilə paylaş: