KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING JAHON TAJRIBASI
.
REJA:
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.
2. Dunyo bo’yicha korrupsiya holatining tasnifi.
3.Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korupsiyaning turlari.
Tayanch iboralar.
Korrupsiya, xavfsizlikka taxdid, Iqtisodiy korrupsiya, Kadrlar korrupsiyasi, Ta’lim va fan tizimidagi
korrupsiya, Ijtimoiy hayotdagi korrupsiya, ijtimoiy-madaniy inqiroz, ichki nazorat, tashqi nazorat,
jinoyatchi, jazo, javobgarlik.
Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurash usullari
Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya
va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga
to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
8
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. –B.18
.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy
nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati
tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan
mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq
qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab
davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish
uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu
normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi
korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan
birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan
ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida
ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan,
Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan
bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq
ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan.
Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga
tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga
kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda
korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga
keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan
qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy
qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr
yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit
yaratib beradi.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
1.Ichki nazorat-bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi
tuzilmalar
(har
xil
ichki
inspeksiyalar
va
boshqa
nazorat
organlari
tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga
rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish
organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
2.Tashqi nazorat bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutili
b, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyati
ning maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va
h.k.
3.Saylov
tizimi
orqali
kurashish
demokratik
davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlar
da unga ovoz bermaslik hisoblanadiKorrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul
hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi
davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf
etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni,
korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan
konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli
foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Xalqaro tajribadan ma’lumki, davlat xizmatchilari uchun standart taqiqlashlar, cheklashlar va nizomlar
barcha rivojlangan mamlakatlar qonunlarida mavjud.
Korrupsiya – uchinchi va ikkinchi dunyo mamlakatlari, ya’ni qoloq va rivojlanayotgan davlatlar mag‘lub
bo‘layotgan yagona g‘anim, xalqni farovon hayotdan to‘sib turgan to‘siq. Ilm-ma’rifatdan uzoqlashayotgan
jamiyatda ochko‘z va noinsof odamlar voyaga etadi. Ular hech qachon o‘lmaydigandek yashashga
o‘rganadilar. Va. kun kelib hech qachon yashamagandek o‘ladilar. Bunday muhitda poraxo‘rlik yagona
qonunga aylanadi. Korrupsiyaning qurboni esa xalq; natijasi – qashshoqlik bo‘lib qolaveradi.
Halol va vijdonli hukumatni halol va vijdonli odamlar yaratadi. Adolatli va halol yo‘lboshchi – xalqning
omadi. Yаxshi hukumat tepasida doimo hayotning va boylikning o‘tkinchi ekani, mansab odamlarga
yaxshilik qilish uchun vosita ekanini anglaydigan odamlar turishgan. Mahatma Gandi aytgani kabi, ular
hech qachon toza vijonlariga nopok odamlarning kir oyoqlari bilan chiqishlariga yo‘l qo‘yishmagan.
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat.
Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda
korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida
o‘z mansabidan foydalanish, fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish
tushuniladi.
Kishilik dunyosi korrupsiya bilan qadimdan beri kurashib keladi. Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa
sifatida davlat hamda uning boshqaruv sohasidagi mansabdor shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga
kelgan.
Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi
bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning
xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday
shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs
manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan
harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”9 tushuniladi deyilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan
mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida
“korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste’mol
9 Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка (Принят резолюцией
Генеральной Ассамблеи от 17 декабря 1979 г.).
qilish, shuningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan
g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlaridir”, deyiladi.
Evropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda
o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning
mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib
olinishidir”, deb ta’rif berilgan.
“Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi faylasuf Arastu. Qadimgi Grek
faylasufi yashab o‘tgan davrdan beri qancha suvlar oqib o‘tdi. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq muammo
o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning ustiga unga qarshi kurashishda samarali qurol ham yaratilmagan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korrupsiya xalqaro muammolardan biriga aylandi. Bir
mamlakatdagi korrupsiya ko‘rinishi ikkinchi mamlakat bilan bog‘lanib ketdi. Ayni damda korrupsiya
xalqaro savdoda milliardlab zarar keltirmoqda. Korrupsiya bilan bog‘liq muammo Evropada ham saqlanib
qolmoqda. Bu mavzu davlat va hukumat rahbarlari, politsiya va jurnalistlarning doimiy e’tiborida.
Tahlilchilarning fikricha, “ko‘hna qit’a”dagi korrupsiya har yili Evropa iqtisodiyotiga 120 milliard evro
miqdorida zarar etkazadi. Biroq, Evropa Ittifoqining aksilkorrupsiya agentligi – OLAFning ta’kidlashicha,
bu atigi aysbergning yuqori qismi xolos. Aslida Evropa mamlakatlari korrupsiya tufayli yiliga 323 milliard
evrodan mahrum bo‘ladi. Kuzatuvchilarning fikricha, korrupsiyaning haqiqiy qamrovini baholashning
imkoniyati yo‘q. EI mamlakatlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda,
respondentlarning 76 foizi korrupsiya o‘sib borayotganini qayd qilgan. Evropada eng korrupsiyalashgan
mamlakat Gretsiya ekani aytiladi. Undan keyingi o‘rinlarda Italiya, Ispaniya, Litva, CHexiya davlatlari
turar ekan. Evropada korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘nlab tashkilotlar jalb qilingan. Jahonning turli
davlatlarida korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi va
oshirilmoqda. SHu o‘rinda sharhlovchilar bir ovozdan Singapur tajribasini tez-tez tilga oladi. Bu davlat
chorak asr mobaynida uchinchi dunyo mamlakatidan gullab-yashnagan farovon mamlakatga erishdi. Bu
maqomga erishishida korrupsiyaga qarshi keskin kurashish bosh omil bo‘ldi. O‘tgan asrning 50-yillarida
Singapur juda ham qashshoq edi. Tabiiy resurslarning etishmasligi, hatto ichimlik suvining chetdan olib
kelinishi davlat idoralarida ildiz otgan korrupsiya oldida arzimagan ish bo‘lib ko‘rinardi. Hamma, hatto
o‘qituvchilar ham pora olardi. Ammo Singapur hukumati korrupsiya ustidan g‘alaba qozondi. Bunda
birinchi navbatda mamlakat rahbariyatining qatiy irodasi muhim ahamiyat kasb etdi. Bosh vazir Li Kuan
YU korrupsiyaga barham berishda o‘z qarindoshlari va hukumatdagi maslakdoshlarini ham ayab o‘tirmadi.
Har bir fuqaroning shubhali xatti-harakatlari tekshirildi, aybdorlarga munosib jazo berildi.
Ikkinchidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilindi. Uchinchidan, bu
qonunlarni hayotga tatbiq etish maqsadida amalda cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘lgan – Korrupsiya
holatlarini tekshirish byurosi tashkil etildi. Byuro bevosita davlat rahbariga bo‘ysunardi, bu o‘z navbatida
har bir davlat amaldoriga nisbatan adolatli tergov olib borilishini ta’minladi.
Shu o‘rinda Ruminiya tajribasini ham misol sifatida keltirish mumkin. Bu mamlakat 2007 yilda Evropa
Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. SHuni aytish kerakki, Ruminiya Evropa Ittifoqiga kirishidan avval va
kirganidan keyin ham mamlakatda korrupsiya ildiz otgan edi. Unga qarshi kurashish shunchaki,
ko‘rgazmali bo‘lib, biror bir natija bermasdi. Vaziyatni kuzatib borgan Evrokomissiya bu illatga qarshi
kurashishga aralashishga ahd qildi. Uning ekspertlari 2011 yilda Ruminiya uchun aksilkorrupsiya
strategiyasini ishlab chiqdi, bu loyiha o‘z samarasini berdi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish
ikkita idoraga – Milliy aksilkorrupsiya boshqarmasi va Milliy yaxshilik masalalari agentligiga topshirildi.
Bu ikki idora 2013 yilda mingdan ortiq ishni sudga topshirdi. Poraxo‘rlikda gumon qilinib o‘nlab vazirlar,
elchilar, merlar, politsiya va bojxona xodimlari qo‘lga olindi. Bu mamlakatda korrupsiyaga qarshi
kurashishning samarali bo‘lishiga Evropa Ittifoqi va mahalliy siyosatchi, sud va OAVning birgalikda qilgan
harakatlari sabab bo‘ldi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri strategiya bo‘lmas ekan mamlakatda
korrupsiyaga qarshi kurashish samara bermas ekan. Uzoq yillardan beri SHvetsiya korrupsiyalashgan
davlatlar ro‘yxatiga kirmaydi. SHuni ta’kidlash kerakki, 19 asrga avvalboshda lotinchada aks etgan
ma’nodan boshqacha yangraydi. "Transparency International", Jahon banki va boshqa tashkilotlar
korrupsiya deganda hukumat amaldorlari o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida xizmat vakolatlarini
suiiste’mol qilganligini tushunadi.
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif
quyidagicha berilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol
qilishdir”10.
Bugungi kunda, kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik
huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi
turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, jinoyatchilikning o‘ta
salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi.
Ba’zi manbalarda esa, bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi
so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Respublikamizda chop etilgan kitob va maqolalarda ham korrupsiya
deyilganda, yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etiladigan poraxo‘rlik nazarda tutiladi11.
SHu o‘rinda professor Q.R.Abdurasulovaning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: “Korrupsiya davlat ahamiyatiga
molik vazifalarni bajarayotgan va ularga tenglashtirilgan shaxslar tomonidan o‘z xizmat vakolatlari yoki
ular bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanib, g‘araz maqsadda yoki boshqa shaxsiy manfaatni ko‘zlab
sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmishlar (bu qilmishlar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi JKning
tegishli moddalarida nazarda tutilgan) yig‘indisidir”12.
Korrupsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar
tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan
korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Korrupsiyaning xalqaro
munosabatlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchilar esa, rivojlangan “birinchi dunyo” mamlakatlari
korrupsiya yordamida o‘zlariga ma’qul kelmagan hukumatlarni ag‘darib tashlashi, o‘zlariga xayrixoh rejim
o‘rnatishi, amaldagi hokimiyatga oppozitsiyani moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi degan
xulosani bildirishgan.
Korrupsiya, eng avvalo, har qanday mamlakatda davlat apparatining xalq oldidagi minimal majburiyatlarini
bajarishda ojizligini anglatadi. Bu Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko‘pgina rivojlanayotgan
davlatlarini ham qamrab olgan va mazkur mamlakatlar uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu
mamlakatlarning barchasida korrupsiya xalqning qashshoqligi, mamlakatning qoloqligiga sabab
bo‘lmoqda. Xususan, Gonkongda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil komissiya
mazkur faoliyatda muvaffaqiyatli va keskin choralarni amalga oshira oluvchi institutlarga namuna bo‘lishi
mumkin. Hokimiyat idoralari faoliyatini sinch-kovlik bilan – rasmiy institutlar, alohida fuqarolar
tomonidan monitoring qilib borish, shuningdek, aybdorlarni sud ta’qibi Gonkongdagi korrupsiyaga qarshi
kurashning asosi sifatida xizmat qiladi.
10 Конвенция Организации Объединенных Наций против коррупции (Принята резолюцией
Генеральной Ассамблеи от 31 октября 2003 г.).
11 Зуфаров Р.А. Порахўрлик учун жавобгарлик. – Т.: ТДЮИ, 2004. – Б. 203.; Ахроров Б.Ж.
Мансабдорлик жиноятлари учун жавобгарлик. – Т.: ТДЮИ, 2007. – Б. 268.
12 Абдурасулова Қ., Қурбонов О. Коррупция: Асосий тушунча ва шакллари (рисола). – Т.: Фалсафа
ва ҳуқуқ институти, 2009. – Б. 60.
AQSHda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan maxsus qonun hujjati qabul qilingan. “Foreign Corrupt
Practices Act” deb nomlangan mazkur qonun hujjati Amerika kompaniyalarini shartnomalar tuzishda
imtiyozlar va kafolatlar olishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini
belgilaydi.
Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko‘hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi:
«Har qanday davlat tuzumida eng muhimi — bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil
etishki,
mansabdor
shaxslar
qing‘ir
yo‘l
bilan
boylik
orttira
olmasin».
Aytishlariga qaraganda, odamlarning befarqligi jamiyatda korrupsiyaning urchishiga zamin yaratib berar
ekan. Saratonga qiyos bu xastalik fuqarolarning demokratiya va hukumatga bo‘lgan ishonchini o‘ldirib,
innovatsiya va ijodkorlik ishtiyoqlarini yo‘q qiladi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda quyidagi tadbirlarning ahamiyati yuqori.
1. Korrupsiya faqatgina pora degani emas: uning turlari ko‘p va har biriga qarshi kurashda alohida
yondashuvdan foydalangan afzal.
2. Fuqarolar salohiyati: fuqarolarga salohiyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitni yaratish,
davlat boshqaruvida ishtirok etishlariga keng yo‘l ochib berish.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat tashkilotlari bilan birga, nodavlat muassasalar imkoniyatlaridan
ham keng foydalanish.
4. Biz 21 asrdamiz: hukumat, fuqaro, tadbirkor, jamiyat, media hamda ilm-fan o‘rtasidagi yaqin aloqalarni
yo‘lga qo‘yishda texnologiyalardan foydalanish.
5. Davlat xizmatlarini yangi shaklga ko‘chirish: barqaror rivojlanayotgan davlatlar fuqaroga xizmat
ko‘rsatishda inson omilini kamaytirishmoqda. Fuqaro xizmat ko‘rsatuvchi davlat vakili bilan qancha kam
ko‘rishsa, korrupsiya ehtimoli shu qadar past bo‘ladi.
6. Rag‘batlantirish: munosib davlat ishchilari va tashabbuskorlarni adolatli yo‘l bilan rag‘batlantirish
tizimini ishlab chiqish.
7. Jazolarning ahamiyati: korrupsiya ishtirokchilarini ayovsiz jazolash choralarini qo‘llash -- ko‘p
mamlakatlarni korrupsiya domidan xalos qilgan omil
8. Ham xalq, ham xalqaro ovozga quloq tutish: korrupsiyaga qarshi kurashda hukumat uchun eng yaxshi
hamkor -- xaqldir. Qolaversa, xalqaro monitoring tashkilotlarining ma’lumot va tajribalari ham qo‘l keladi.
9. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ faoliyatini kuchaytirish: korrupsiya avj olgan jamiyatlarda
fuqarolar zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi. Ularni himoya qiluvchi tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish
lozim.
10. Kurash usullarini takomillashtirish: korrupsiyaga qarshi har qanday yaxshi strategiya
takomillashtirilishi kerak. Buning uchun monitoring qilish, muvofiqlashtirish bo‘yicha muntazam ishlarni
amalga oshirish zarur.
AVSTRALIYADA korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar kurashadi
Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlarining markazlashtirilgan tizimi
yo‘q. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish Avstraliya milliy jamoat tashkilotlari, parlament va
ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Har qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat
qilish yoki davlat mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilgan korrupsiya harakati haqida xabar berish
huquqiga ega.
Bu erda korrupsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy universiteti (Kanberra) davlat siyosati
fakultetida bo‘lib o‘tadigan “korrupsiya va unga qarshi kurash usullari” mavzuidagi maxsus kursdir.
Trening davomida tinglovchilar korrupsiya hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon bo‘lishiga
qarshi kurash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va maktablarning yuqori sinf o‘qituvchilari uchun
maxsus kurslar ham mavjud. Ushbu ta’lim dasturi global ta’lim markazi tomonidan taklif etilgan.
AVSTRIYADA o‘qituvchi sifatida adliya va ichki ishlar vazirlari taklif etiladi
Avstriyada ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida uch haftalik malaka oshirish kursi mavjud.
O‘qituvchilar sifatida, qoida tariqasida, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, olimlar, psixologlar,
iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislar taklif etiladi.
Avstriya federal korrupsiyaga qarshi kurash byurosi xodimlari 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar
uchun “korrupsiyaga qarshi trening” loyihasini ishlab chiqdilar. Boshlang‘ich loyiha shakli talabalar va
ekspert-psixologlar, sotsiologlar, advokatlar, kriminologlar va o‘qituvchilarning fikrlari bilan to‘ldirildi.
Loyiha talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy jinoyatlar tushunchalari va korrupsiyaga
qarshi kurashning huquqiy asoslari bilan tanishtirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, talabalarga
korrupsiya bilan to‘qnashuvda va fuqaroning ushbu hodisaga qarshi kurashishdagi roli to‘g‘risida xatti-
harakatlar namoyish etiladi.
Treningning boshqa qismida maktab o‘quvchilariga o‘yinlar taklif etiladi: har bir o‘yin o‘quvchi tomonidan
kartani tanlash asosida amalga oshiriladi, unga roli tushuntiriladi. Asosiy mavzulardan biri sifatida
maktabdagi sovg‘alar mavzusiga to‘xtalib o‘tiladi. Trening so‘nggida talabalar treningning nazariy qismida
o‘rganilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan so‘rovnomalarni oladilar. Ishtirokchilar korrupsiyani aniqlab
olishlari, uning sabablari va oqibatlarini, shu jumladan, huquqiy masalalarni tushuntirishlari va
korrupsiyaga qarshi kurash byurosining faoliyati haqida gapirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu treningning maqsadi yuqori sinfdagi maktab o‘quvchilarining fuqarolik javobgarligini oshirish,
inson huquqlari va jamoat burchlarini tushuntirishdan iborat. O‘tkazilgan trening yosh tomoshabinlar, ya’ni
10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kengaytirilishi rejalashtirilgan.
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIDA davlat hokimiyati organlarini korrupsiyaning zararli ta’siridan
saqlash zaruriyati AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga majbur qilgan.
Pekinda bu yo‘nalishdagi ishlar faqat XX asrning o‘rtalariga kelib faol tus oldi. 1962 yil AQSH Kongressi
saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar, xususan Kongress palatalari a’zolarining xulq-atvor qoidalarini
ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. 1965 yilda AQSH Prezidenti L.Jonson farmoyishiga binoan
davlat hokimiyati organlariga davlat xizmatchilari o‘z vazifalarini qonunga muvofiq halol va sidqidildan
bajarishi uchun ularning xulq-atvorini belgilaydigan axloq qoidalarini, xulq-atvor standartlarini o‘rnatish
haqida topshiriq berildi. AQSH Prezidentining mazkur farmoyishi oliy martabali hukumat amaldorlariga
o‘z “moliyaviy manfaatlari”ning holati haqida tegishli hukumat organiga vaqti-vaqti bilan ma’lumot berib
turish majburiyatini yuklar edi. Ushbu farmoyish asosida Fukaro xizmati bo‘yicha komissiya moliyaviy
deklaratsiya taqdim etishga majbur mansabdor shaxslar ro‘yhatini belgiladi. Bu deklaratsiyalarning
mazmuni, toki bunga etarli asoslar mavjud ekan, oshkor etilishi mumkin emas edi.
Natijada AQSH Kongressi 1978 yilda “Hukumatdagi axloq to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu
Qonunning vazifasi “davlat amaldorlari va muassasalari halolligini saqlash va bunga imkoniyat
yaratish”dan iborat edi. AQSH Prezidenta J.Karter bu qonun hukumat amaldorlariga to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatibgina qolmasdan, ularni halol bo‘lishga ham majbur etishiga, natijada jamiyatga davlat xizmatiga
muayyan nomzod, shuningdek, u yoki bu davlat xizmatchisi halolmi-yo‘qligini baxolash imkoniyati
berilishiga umid bildirdi.
AQSH qonunchiligi davlat xizmatchisining qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan tashqari) daromad
olish huquqini xam ancha cheklagan. Bunday daromad miqdori asosiy ish haqining 15% dan oshmasligi
lozim. Bu cheklash Senat a’zolaridan tashqari, hokimiyat uchala tarmog‘ining barcha xizmatchilariga
nisbatan tatbiq etiladi.
AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq davlat xizmatchilarining ish
faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda tutilgan. Masalan, davlat xizmatchisi xizmatni o‘tash
davrida muayyan muammolarni hal qilishda hukumat mansabdor shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar
bilan ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan keyin ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan
shunga o‘xshash muammolarni hal qilishda birovning manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda
etishga haqli emas.
Sobiq davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin ikki yil mobaynida mazkur davlat xizmatchisi ijro
etuvchi hokimiyat organida xizmat qilish davrining oxirgi bir yili davomida uning rasmiy vakolatlari
qatoriga kirgan muayyan muammolarni ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hal qilishda vakillik
faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas.
Yuqori martabali davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin bir yil davomida o‘zi xizmat qilgan idora
qarshisida har qanday masala yuzasidan birovning manfaatlarini ifoda etishi mumkin emas. Ijro etuvchi
hokimiyat organlarida korrupsiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qonun davlat xizmatchilariga
muayyan rasmiy qarorlar qabul qilinishi yoki choralar ko‘rilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan “biron-
bir qimmatga ega bulgan narsalar” qabul qilishni ta’qiqlaydi. Biroq qonun axloq qoidalariga rioya etilishi
ustidan nazorat olib borayotgan idoralarga “bu qoidalardan oqilona istisnolar qilish”ga ruxsat beradi.
Chet davlatlardan sovg‘alar olish Konstitutsiyaga muvofiq qat’iyan man etilgan bo‘lsa-da, amaldagi
huquqiy normalarda bu qoidani istisno etadigan holatlar nazarda tutilgan. CHet davlatlarning vakillaridan
sovg‘a va mukofotlar olish shartlarini tartibga soluvchi qoidalar belgilangan. Davlat xizmatchisi chet davlat
vakilidan sovg‘a qabul qilishga haqlidir, basharti bu sovg‘a suvenir tariqasida yoki extirom yuzasidan taklif
qilingan va “minimal qiymat”dan ortiq bo‘lmasa. Davlat xizmatchisi sovg‘a qabul qilishga haqli, basharti,
mazkur sovg‘a AQSHning fan va tibbiyot sohasidagi aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashsa, sovg‘ani qabul
qilishdan bosh tortish uni tortiq qilgan shaxsni xafa qilish, bu AQSHning xalqaro munosabatlariga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa.
AQSHda 1976 yildayoq «Quyosh nuridagi hukumat to‘g‘risida» (“Government in the Sunshine Act”)
nomlangan Qonuni qabul qilingan.
Qonun davlat organlarida yanada shaffoflikni ta’minlash maqsadini e’lon qilib, federal hukumat, Kongress,
federal komissiyalar va boshqa qonun bilan tuzilgan federal organlar (agentliklar)ga jamoatchilik ishtirok
etishi mumkin bo‘lgan ochiq majlislarni o‘tkazish majburiyatini mustahkamlagan.
Barcha shaxslarning mazkur huquqdan foydalanishi uchun Qonunda u yoki bu organlarning o‘tkazilishi
mo‘ljallanayotgan yig‘ilish haqida oldindan xabardor qilishi zarurligi belgilangan. Ushbu maqsadda
mazkur Qonunga asosan davlat organlari belgilangan yig‘ilishdan bir hafta oldin yig‘ilish sanasi, vaqti va
joyi, muhokama mavzusi, shuningdek kun tartibining tafsilotlari va boshqa masalalarni aniqlash uchun
mas’ul mansabdor shaxsning nomi va aloqa ma’lumotlarini Federal Reestrda e’lon qilishi shartligi
belgilangan. Davlat boshqaruvi organlarining yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqi bugungi kunda aksariyat
davlatlar qonunlarida ham e’tirof etilgan.
Qo‘shma SHtatlarda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan:poraxo‘rlik olingan poraning
uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, banklar rahbarlarining ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul «sovg‘a»
qilishlari taqiqlangan bo‘lib, buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik
tekshiruvchilar uchun ham taalluqli. Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun
sovg‘a olsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste’mol
qilish holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari
topgan daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishga majbur.
Amerikaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida ijtimoiy etika bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
AQSH rasmiy axloqiy idorasi o‘z veb-saytida ijro etuvchi organlarda xodimlar uchun zarur axloqiy
fazilatlarga ega bo‘lish haqida ma’lumot beradi. Deyarli barcha AQSH federal organlarida muntazam
ravishda (odatda yiliga bir marta) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.
Ko‘pgina idoralarda suiiste’mollikni aniqlash uchun ichki nazorat xizmati (Internal Revenue Service) kabi
maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan bo‘lib, doimiy ravishda rasmiy muvofiqlik masalalari bo‘yicha mas’ul
xodimlar ishlaydi, ularga yordam yoki maslahat uchun murojaat qilinadi. Agar rasmiy shaxs noto‘g‘ri ish
qilgan bo‘lsa-da, buning uchun ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan oldindan ko‘rsatma berilgan bo‘lsa,
u jazolanmaydi. Ushbu qoida bexosdan xatoga yo‘l qo‘yadigan halol xodimlarni rag‘batlantirishga
qaratilgan.
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIda korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari o‘zgacha jazoni nazarda
tutadi. Bu erda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi.
BUYUK BRITANIYADA korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik bor
Buyuk Britaniyaning 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi strategiyasiga asosan, «Ochiq
hukumat bo‘yicha sheriklik dasturiga a’zo bo‘lgan 75 mamlakat hukumatlarining fuqarolar uchun yanada
ochiq, hisobdor va mas’uliyatli qilish uchun ko‘maklashadi. Hamkorlikning o‘ziga xosligi hukumat va
fuqarolik jamiyatining islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi qo‘shma rolidir. Fuqarolik
jamiyati hukumatlarni osonlikcha hisobdorlikka ushlab turishi, mustaqil kuzatuvchilarning hukumatlar o‘z
majburiyatlarini bajarishda erishgan yutuqlarini kuzatib borishlari, o‘z navbatida bir-birlaridan
o‘rganishlari mumkinligini anglatadi».
Xalqaro standartlarga muvofiq ochiq hukumatning asosiy institutlari ma’lumotlarning ochiqligi, davlat
xizmatchilarining fuqarolar oldida hisobdorligi va faoliyatning ochiqligi prinsiplariga asoslanib, ularni
amaliyotga joriy qilishga mo‘ljallangan huquqiy normalar ishlab chiqilganligi korrupsiyaning oldini olish
va unga qarshi kurashish sohalaridagi jamoatchilik nazoratining tartib-taomillarini samarali qo‘llash uchun
sharoit yaratadi.
Mazkur tartib-taomillar davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarning keng joriy
etilishi ruknida elektron elementlarni qamrab olib, jamoatchilik nazorati jarayoni va natijalarini aholining
aksariyat qismi uchun yanada shaffof va qulayligini ta’minlaydi. Bugungi kunda davlat organlari va
tashkilotlarining rivojlanishi axborot texnologiyalarga asoslanadigan shart-sharoitlardagina korrupsiyaga
qarshi samarali va yuqori texnologik jamoatchilik nazorati bo‘lishi mumkin.
Har yili Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi elchixonalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
seminarlar tashkil etadi (shu kabi tadbirlar so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Argentina,
Tailand, Singapur, Meksika, Ispaniya va Birlashgan Arab Amirliklarining diplomatik missiyalarida
o‘tkazildi). Diplomatik lavozimlarga tayinlangan diplomatlar uchun ikki kunlik intensiv kurslar tashkil
etiladi, ular doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi mutaxassislar TIV xodimlari bilan shaxsiy
intervyular o‘tkazadilar va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yozma ishlarni tekshiradilar.
Xalqaro taraqqiyot vazirligi va Buyuk Britaniya savdo va investitsiyalar agentligining qo‘shma loyihasi
doirasida korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik chop etildi, bu majburiy ravishda xorijiy
mamlakatlardagi savdo vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi.
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bosh organi — katta miqdordagi firibgarlik bo‘yicha
kurash boshqarmasi (SFO, Serious Fraud Office) hisoblanadi.
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida davlat ta’limining yana bir xususiyati aholining
e’tiborini ichki korrupsiya muammosidan qasddan chalg‘itishdir. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasida ta’lim dasturlarining tashqi yo‘nalishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi.
“Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash forumi”, “Transparency international”, “Qashshoqlikka qarshi
muhandislar”, “Bosh infrastruktura korrupsiyaga qarshi kurash markazi” va boshqalar kabi nodavlat
tashkilotlari Londonning korrupsiyani global bartaraf etish g‘oyasining eng faol namoyondalari
hisoblanadi. Ko‘pincha Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes va xorijiy davlatlarning
fuqarolik jamiyati institutlari uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlarini beg‘arazlik asosida amalga
oshirmoqdalar.
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi bir necha yuz yilliklar mobaynida kurashib kelmoqda. Buyuk
Britaniya tarixidagi ilk auditorlik tekshiruvi, arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1200-yillarda o‘tkazilgan,
qizig‘i shuki, poraxo‘rlar tekshiruvchilarni sotib ololmasliklari uchun, audit mansabdor shaxslar va oddiy
aholi kuzatuvi ostida o‘tkazilgan.
Katta mulk egalarining moliyaviy hujjatlarini auditorlar mayda-chuyda ikir-chikirlarigacha tekshiradilar,
so‘ngra er egalari deklaratsiya – ommaviy ravishda ko‘rib chiqiladigan to‘liq hisobot ham topshiradilar.
SHu tarzda mamlakatda davlat g‘aznasidan ajratilayotgan mablag‘larning nimalarga sarflanayotganligi
nazorat qilib turishgan. Muarrixlarning qayd etishicha, poraxo‘rlar pora olishning turli yo‘llarini o‘ylab
topishgan, ammo shunga qaramay bu keng ommalashgan va jirkanch illatga qarshi kurash o‘zining yaxshi
natijalarini berar edi.
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi qonun ilk bor 1889 yilda qabul qilingan. Unda: “Mansabdor shaxsni
biror muammoga “ko‘z yumish”ga yoki muayyan miqdordagi mablag‘ evaziga bevosita bajarishi shart
bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaslikka undaydigan ayniqsa, ssuda yoki mukofot va hatto hadya ham pora
hisoblanadi”, deya aniq-ravshan yozib qo‘yilgan.
Poraxo‘rlar qamoqqa tashlangan hamda jamoatchilik va xalq manfaatiga aloqador lavozimlarni egallash
huquqidan mahrum etilgan. Jinoyat qayta sodir etilgan taqdirda poraxo‘r bir umrga xizmat lavozimidan
chetlatilgan hamda nafaqa olish huquqidan ham mahrum etilgan. aynan shu qonun bilan “mansab-
martabalarni pullash” bilan shug‘ullangan amaldorlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi
belgilangan, shunisi qiziqki, naafaqat mansab kursisini sotgan balki uni sotib olgan odam ham jazolangan.
Mansab-lavozimlarni sotish to‘g‘risidagi qonun britaniya mustamkalasi bo‘lgan boshqa mamlakatlarda
ham amal qilgan.
1906 va 1916 yillarda Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi yangi qonunlar qabul qilingan, ularga
muvofiq ravishda poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik ham qattiq kuchaytirilgan. 1906 yilda qabul qilingan
qonunda yangi tushuncha, ifoda (formulirovka) paydo bo‘ladi – mukofot olish maqsadida pora berish.
Mukofot umidida pora bergan shaxsga nisbatan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, sud
qarori bilan belgilanadigan jarima sifatidagi pul to‘lovi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qonun ilk bora “pora berish” va “pora talab qilish” tushunchalarini alohida tasniflagan. Mazkur
jinoyatda aybdor deb topilgan amaldorlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan, shuningdek, saylash
huquqi, va albatta, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mosuvo bo‘lishgan.
Angliyaning korrupsiyaga qarshi qonunida mansabdor shaxslar va xizmatchilar qanday hadyalar olish
huquqiga ega ekanliklari aniq-ravshan qayd etilgan, bu faqat Rojdestvo munosabat bilan taqdim etiladigan
sovg‘alarga tegishli, shuningdek, yondaftarchalar, sharikli ruchkalar, taqvimlar ham hadya sifatida qabul
qilinishi mumkin, faqat bunday tuhfalarning narxi juda arzon bo‘lishi hamda ularda mansabdor shaxsga
minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lgan kompaniya yoki shirkatning korporativ belgilari tasvirlanmagan
bo‘lishi talab qilingan.
Mansabdor shaxs bundan boshqa barcha hadyalarni rad etishi lozim. Mabodo, tuhfa xorijiy kompaniya
xodimi tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, davlat xizmatchisi uni qabul qilishdan oldin o‘zi bevosita
bo‘ysunadigan yuqori darajadagi mansabdor shaxsni ogohlantirib qo‘yishi zarur, bunday hollarda, odob
nuqtai nazaridan hadyalar qabul qilinadi.
XX asr boshlarida qabul qilingan qonunlar mamlakatda 2010 yilga qadar amal qilgan. “Poraxo‘rlikka qarshi
harakatlar to‘g‘risida”gi yangi qonun qisqa va lo‘nda, aniq va ravshan hamda eng keskin qonun sifatida
baholanmoqda. Bu o‘rinda qonun ijodkorlari korrupsiyaga qarshi qonnuni to‘laligicha qayta ishlashgani
yo‘q, balki 100 yillar davomida o‘zini oqlab kelgan mavjud moddalarni to‘ldirgan holda, yangi, zamonaviy
talablarga muvofiq keluvchi bandlarni qo‘shimcha qilishdi.
Qonun davlat muassasalari va xususiy biznesda turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi korrupsiya
holatlarini qamrab olgan, eng muhimi, qonun naafaqt mamlakat ahliga tegishli, balki qirollik hududida
faoliyat yuritayotgan xorijliklarni ham hisobga olgan. YAna shuning uchun ham yangi qonunni
taraqqiyotga xizmat qiluvchi “progressiv” qonun deb atashmoqda. Endilikda sud Buyuk Britaniyada va
unga qarashli hududlarda tadbirkorlik (biznes) bilan shug‘ullanayotgan xorijiy kompaniyalarga qarshi sud
ishlarini yuritishni boshlashi mumkin. Bu yirik xalqaro offshor zonasi joylashgan Virgin orollariga ham
taalluqli, ma’lumki, bu erda dunyoning yirik kompaniyalari o‘zlarining noqonuniy mablag‘larini
“qonuniylashtirish” bilan shug‘ullanadilar, shuningdek, Gibraltar Jersi va boshqa orollarga ham tegishli.
Buyuk Britaniyada jahonning yirik kompaniyalarining ko‘plab vakolatxonalari joylashgan, shuning uchun
ham jahon iqtisodiyotining katta qismiga inglizlarning korrupsiyaga qarshi qonuni o‘z ta’srini o‘tkaza
oladi.
Aksariyat ekspertlar mazkur qonun qabul qilingach, endi mamlakat uni o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida
qo‘llaydi degan yakdil fikrga bordilar.
Endi istalgan xorijiy kompaniyani siquv ostiga olmoq, oddiy so‘z bilan aytganda, ishni britaniyalik investor
foydasiga hal etmoq mumkin. SHunga qaramay, mazkur qonun 9 yildan beri amalda bo‘lib kelmoqda va
hech qanday o‘zgarishlarga uchragani yo‘q. SHu bilan birga, tahlilchilar fikricha, “Poraxo‘rlikka qarshi
harakatlar to‘g‘risida”gi qonun amalda qo‘llanilmayapti, korrupsion jinoyatlar uchun bor yo‘g‘i bir nechta
kishi jazolangan xolos.
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, yirik korrupsion mashmashalar vaqti vaqti bilan ro‘y berib turibdi.
«SputnikNews» axborot agentligining xabariga ko‘ra, britaniyalik qonun ijodkorlarini o‘z iqtisodiy
manfaatlari yo‘lida qonunlar yaratishga undab, ularga ta’sir o‘tkazishga urinish bilan bog‘liq yashirin
korporativ bosimlar uchun har yili 3 mlrd AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflanadi, va parlament
a’zolariga maslahatchi sifatidagi rollari uchun 5,2 mln dollarga yaqin mablag‘ to‘lanadi. Huquqni muhofaza
qiluvchlarning ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiya balosini faqat o‘quv muassasalari va tibbiyot sohasida to‘liq
bartaraf etishga erishildi. Biroq, davlat buyurtmalari bilan bog‘liq oldi sotdilarni poraxo‘rliksiz hal etib
bo‘lmayapti, kattagina naf keltiradigan davlat buyurtmasiga ega bo‘lish uchun pora berish oliyjanob ish.
Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish tizimida korrupsiya bilan bog‘liq mashmashalar bo‘yicha tergov
maxsus tashkil etilgan Politsiya xatti harakatlari yuzasidan shikoyatlar Boshqarmasi tomonidan nazorat
qilinadi. Boshqarmada na politsiya xodimlari va na yuristlar ishlashadi, bu erda barcha shikoyatlarni vijdon
amriga binoan hal etadigan va hech qanaqasiga “kelishib bo‘lmaydigan” mamlakatdagi eng obro‘li insonlar
faoliyat yuritadilar.
Ministrlar, yirik davlat xizmatchilari, parlament a’zolari, mahalliy amaldorlarning axloqiy qiyofasini
ijtimoiy hayotda axloq standartlari bo‘yicha mustaqil maslahat qo‘mitasi kuzatib boradi. Mazkur qo‘mita
1994 yilda tashkil etilgan, unda Angliyaning ko‘zga ko‘ringan jamoat arboblari faoliyat olib boradilar. Ular
amaldorlarning axloqi, yurish- turishini o‘rganib ularga baho beradilar. Qo‘mita tomonidan
mansabdorlarning davlat xizmatidagi axloqiy Kodeksi ishlab chiqilgan, unda boshqa bandlar qatori,
vijdonini sotmaslik, mol-dunyo hirsidan xoli bo‘lmoqlik, haqqoniylik va boshqa fazilatlar ham o‘rin olgan.
Kodeks talablarining buzilishi aniqlangan hollarda bu ommaga e’lon qilinadi, ammo hech qanday
javobgarlikka tortilmaydi, ekspertlar qo‘mita korrupsiyani jilovlab turibdi, deb ishontirmoqdalar.
Hukumatning sa’y-harakatlariga qaramay, Angliyada kata shov-shuvli korrupsion mashmashalar sodir
bo‘lib turibdi. Hozirga qadar 2006 yilda yuzaga chiqqan Lordlar palatasidagi o‘rinlarni tarqatish bilan
bog‘liq korrupsiya ishini eng shov shuvli deb atashmoqda. O‘shanda mamlakat bosh vaziri Toni Bler bu
ishda guvoh sifatida ishtirok etgan, boshqa yuqori martabali siyosatchilar ham so‘roq qilingan edi. Ma’lum
bo‘lishicha, Leyboristlar partiyasining deklaratsiyaga tortilmagan katta mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan
mamlakat yuqori palatasining to‘rt nafar deputati lordlik maqomini deyarli sotib olishgan ekan. Bu yangi
lordlarning mandatlari tortib olindi, biroq, shov shuvli iste’folar sodir bo‘lmadi, hech kim hisbgaolinmadi.
Parlamentning quyi palatasida 2009 yilda u yoki bu masalani ilgari surishgani uchun haq to‘langan bir qator
“yollangan” parlament a’zolari aniqlandi.
SINGAPUR – Janubiy-g‘arbiy Osiyodagi kichik orolda joylashgan davlat. 1959 yilda Buyuk Britaniya
tarkibidagi o‘z-o‘zini boshqaradigan davlatga, 1965 yilda esa Malayziya tarkibidan chiqib mustaqil
mamlakatga aylangan. O‘sha davrda davlat judayam nochor va o‘ta korrupsiyalashgan edi. Ammo,
hukumat rahbarligini egallagan Li Kuan YU (1959-1990y.) o‘z faoliyatini, mamlakatning “o‘lib bo‘lgan”
iqtisodiyotini ko‘tarish uchun, dastlab o‘lkada hukm surayotgan korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurashdan
boshladi va quyidagilarni amalga oshirdi:
– 1960 yilda Singapurda “Korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risida”gi Akt qabul qilinib, unda “korrupsiya”
tushunchasiga aniq tarif berildi hamda poraxo‘rlik jinoyatlari uchun jazo kuchaytirildi, iloji boricha ikki xil
tushuniladigan noaniq qonun normalari qonunchilikdan chiqarib tashlandi;
Dostları ilə paylaş: |