yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin
qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi
va texnikaning
rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab
bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi
imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat
o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga
chiqdi va dunyo miqyosida
xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga
keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga
kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar
barpo etish jarayonida
ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan
mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.
Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi; xususan,
mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy
tarzda tashib keltira
boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning o‘ziyoq
globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti
bilan avvalboshdan uzviy
bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlashtirdilar va
deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona
global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va
mazkur tizim shakllanishi
uchun zamin hozirladilar.
Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining
rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va “Evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan
darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi.
Endilikda
Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham
qo‘shildi”
1
. Shu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning
o‘zaro ta’siriga va G‘arbiy Evropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan er kurrasining turli
hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi.
Dostları ilə paylaş: