manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi,
shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi.
Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari
yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda,
globallashuvning asosiy beligilari
:
a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga
aylanishi;
b) ommaviy madaniyat,
avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab
chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy
madaniyatning asosiy
targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi;
g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-kesil
«qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi.
Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi
eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo
miqyosidagi urushda Er aholisining to‘rtdan
uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga
qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi.
Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi
ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor
ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi.
Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni echish
– XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga
qaratilgan edi.
Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi
va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda
yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l,
avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra
kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy
tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi
. Ularning
orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish
borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag‘batlantirdi.
Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o‘tkazildi va insoniyatga butun
dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz
imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush»
davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va
sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.
Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida
yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi.
Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralib turadi.
Evropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya
bosh vaziri U.Cherchill Evropa qo‘shma Shtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq
boshi deb hisoblash mumkin.
Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o‘tkazilgan
Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy
tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo‘ldi
. Bu jarayon 1945
yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil
etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro
sud tizimini tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm va
demokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini,
jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab etishga
qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: