Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1


Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati
. Jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning 
ba’zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu o‘zgarishlar barchaga ravshan 
bo‘lishidan oldinroq o‘rin oldi. Masalan, ijtimoiy rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-
ketin almashishi sifatida qaragan ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) kompyuter inqilobidan 
ancha oldin «XX asrda umumjahon tarixi boshlandi» degan xulosaga keldi. Shu tariqa tub 
o‘zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy 
jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta’kidlandi.
Hozirgi zamon nemis falsafasining atoqli namoyandasi K.Yaspers (1883-1969) bu xususda 
yanada aniqroq fikr bildirdi. U 1948 yilda e’lon qilgan «Tarix kurtaklari va uning maqsadi» 
asarida, jumladan, shunday deb yozadi: “Ilk bor olamshumul ahamiyat kasb etgan bizning tarixan 
yangi sharoitimiz Erda odamlarning real birligidan iboratdir. Zamonaviy aloqa vositalarining 
texnik imkoniyatlari sharofati bilan sayyoramiz insonga to‘la ochiq bo‘lgan yagona yaxlitlikka 
aylandi”
3

Bu, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy o‘lchovlarga ko‘ra jadal sur’atlarda emas, balki 
misli ko‘rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi tarixiy taraqqiyotni 
belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon hamjamiyatining parokandaligiga 
uzil-kesil chek qo‘ydi. Urush tugagani zahoti K.Yaspers «Shu davrdan e’tiboran yaxlit bir 
butunning yagona tarixi sifatidagi jahon tarixi boshlanadi, - deb qayd etdi. Endi butun dunyo asosiy 
muammo va vazifaga aylandi. Shu tariqa tarixning butunlay o‘zgarishi yuz beradi. Dunyo 
mamlakatlari va xalqlari tutashdi. Er kurrasi yaxlit va yagona tus oldi. Yangi xavflar va 
imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Barcha muhim muammolar dunyo miqyosidagi muammolarga, 
vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi»
4
.
Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada muttasil 
muhokama qilinadigan boshqa masalalarga 

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin