Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1


Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi
. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan 
chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida 
alohida o‘rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi 
beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi 
mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu 
muammo ba’zan «boy Shimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham 
tavsiflanadi.
1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos 
bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi 
davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda 
G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar 
paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga 
qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos 
ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir 
tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof muhitni himoya qilish uchun ommaviy 
harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa 
tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik 
me’yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi 
bilan izohlanar edi.
So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara boshladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va iqtisodiyotga kompyuterlar 
va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila boshladi. Shuningdek texnologik novatsiyalar va 
yangi (yuksak) texnologiyalar roli ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga 
ma’lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. Shu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar 
va jahon savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga amalga 
oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p miqdorda xom ashyo 
resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi.
O‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida “...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga 
hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha 
va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat 
byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda
7


Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin