berdi. Bunda o‘zgarishlar jarayoni o‘sib boruvchi tezlikda rivojlandi
va ijtimoiy-iqtisodiy
jabhalarda yanada chuqurroq va jiddiyroq o‘zgarishlar yasadi. Masalan, verbal (og‘zaki)
muloqotdan yozuvning yaratilishiga qadar insoniyat taxminan uch million yilga, yozuvdan kitob
bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh ming yilga,
kitob bosmasidan telefon, radio,
televidenie kabi audiovizual vositalar yaratilgunga qadar taxminan besh yuz yilga teng yo‘lni bosib
o‘tgan bo‘lsa, odatdagi audiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o‘tish uchun ellik
yildan kamroq vaqt talab etildi. Misli ko‘rilmagan sur’atlarda-atigi 10-15
yil ichida odamlar
Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni qo‘lga kiritdilar.
Yangi ixtirolar yaratilganidan ular amalga joriy etilgunga qadar o‘tadigan vaqt ham yanada
qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas, balki oylar va hatto kunlar bilan o‘lchanadi.
XXI asrning eng so‘nggi kashfiyotlaridan biri bo‘lmish nanotexnologiyalarning (mitti
texnologiyalar)yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. (Bu
haqda Axborot va axborotlashuvning falsafiy asoslari mavzusida batafsil ma’lumot berilgan).
Shunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar
asosan alohida-alohida
yashagan, ularning o‘zaro aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, endilikda Erda nafaqat «oq
dog‘lar», ya’ni inson oyog‘i etmagan joylar qolmadi, balki tabiiy holatiga
inson bevosita yoki
bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan sof hududlar, suv va fazo bo‘shliqlari ham deyarli mavjud emas.
Bularning barchasi endi bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq
to‘lqinlanayotgan okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun umumiy tus
olgan muammolarni esa - olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: