Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1


hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud 
bo‘lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning yagona taqdiri va Erdagi hayotni saqlash
mavzusini qo‘shimcha qildi.
XX asrda fan va texnika sohasidagi aqlni lol qoldiradigan natijalar ta’sirida ilk texnokratik 
ijtimoiy nazariyalar paydo bo‘ldi. Shulardan birining muallifi – amerikalik iqtisodchi va sotsiolog 
T.Veblen jamiyatning rivojlanishida sanoat ishlab chiqarishi va texnika taraqqiyotining etakchi 
rolini birinchilardan bo‘lib falsafiy jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati 
3
Ясперс К. Смысл и назначение истории. – М.: 1991. –С. 141. 
4
Там же, –С. 142 


muhandislar va texniklar tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat 
manfaatlarida rivojlantirish (bu g‘oya T.Veblen texnokratik nazariyasining mag‘zini tashkil etadi) 
faqat ularning qo‘lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni Shu maqsadni ro‘yobga chiqarish 
uchun kerak. 
Shu davrda yangi tendensiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari suruvchi 
yondashuvlar ham paydo bo‘ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati 
muammolarini anglab etishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani yaxlit umumbashariy 
hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shunga o‘xshash fikrlarni taniqli fransuz 
faylasufi, teolog P.Teyyar de Sharden ham ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida 
insonning betakrorligini asoslashga harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan munosabatlarini 
uyg‘unlashtirish konsepsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo‘lida egoistik 
niyatlardan voz kechishga chaqirdi
5
.
Shunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat yangi davr – 
umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu yangi sharoitlarda odamlar tabiiy va 
ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko‘rsata olishi mumkinligini ham anglab etdilar.
Texnooptimizm.
Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik 
kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida 
ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda 
ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, Sharqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq 
bo‘lib tuyular edi. 
Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va 
texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar 
kuchaydi
Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan 
ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», 
«texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib 
borildi. 1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini 
e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «Yangi industrial jamiyat» deb 
nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida 
erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat 
iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin