150 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda
Taʼkidlash joizki, davlat xizmatchilarining mulkiy deklaratsiya tizimi korrupsiyaning oldini
olish, noqonuniy boyish va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashning qudratli vositasidir. Jahon banki
maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning
aksariyatida aktivlarni deklaratsiyalashning keng jamoatchilik uchun oshkora tizimi yo‘lga
qo‘yilgan. Korrupsiyaga qarshi amaldagi xalqaro standartlar, jumladan, BMTning Korrupsiyaga
qarshi konvensiyasi va boshqa qator huquqiy hujjatlarda davlat xizmatchilari tomonidan
aktivlarning eʼlon qilinishi korrupsiyaga qarshi samarali vosita ekani eʼtirof etilgan.
Bu borada
Daniya tajribasiga ko‘ra, 2002 yilda qabul qilingan “Korrupsiya to‘g‘risida” gi
Daniya Qonuni korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlarining ustuvorligini belgilovchi,
taʼsirchan ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan asosiy normativ-huquqiy hujjatdir. Xususan,
ushbu qonunning qoidalari Daniya hukumati vakillarini har yili o‘z mol-mulki va shaxsiy
daromadlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni nashr etishga, xorijiy kompaniyalarda aksiyalarga ega
bo‘lishni taqiqlashga majbur qiladi, bu ularning boshqaruv faoliyatining oshkoraligi va
shaffofligini, korrupsion holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Korrupsiyani oldini olishning muhim omili shundaki, mamlakatda davlat xizmatchilari yuqori
darajadagi ijtimoiy muhofazaga ega: ular bepul tibbiy xizmat va taʼlim olish huquqiga va ijtimoiy
kafolatlarga tayanishlari mumkin, bu esa korrupsion harakatlar ehtimolini sezilarli darajada
kamaytiradi.
Bundan tashqari,
Finlyandiyada Moliya vazirligi davlat xizmatchilari axloqining asosiy
muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanishi bilan xarakterlidir. Moliya vazirligi hukumat amaldorlari
uchun imtiyozlar va sovg‘alarni berish va olish tartibini belgilaydi, shuningdek davlat
xizmatchilari daromadlarini tekshirish vakolatiga ham ega. Finlyandiya milliy taftish byurosi
(NAOF) esa mamlakatda korrupsiyani oldini olish maqsadida
yilda ikki marotaba markaziy
hukumat moliyasini tekshiradi, soliq siyosatini nazorat qiladi va siyosiy partiyalar va saylov
kompaniyasini moliyalashtirishni nazorat qiladi.
Yuqoridagi tahlillar, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi jinoyatlarni oldini
olish borasida mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini
ko‘rsatmoqda: