Ta’limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo’yicha olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim shakli –ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul.
Tushuntirish - o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
To’garak - o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi qo’shimcha ta’lim shakli.
Texnologik jarayon- ishlab chiqarishning bir qismi
Texnologik operatsiya- texnologik jarayonni bir yoki bir necha ishchilar oxirgacha bajaradigan qism
Tiski - buyumni qisib ushlab turuvchi moslama
Usul - muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda qo’llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
SHaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.