Gospodarka I innowacje



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#143216
  1   2   3   4   5
199-203 MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUG’OTIT-TURK” ASARIDA



199 
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch
Copyright © 2023 All rights reserved International Journal for Gospodarka i 
Innowacje This work licensed under a Creative Commons Attribution 4.0
 GOSPODARKA I INNOWACJE 
 
 
Volume: 32 | 2023 
 
MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUG’OTIT-TURK” ASARIDA 
QO’LLANILGAN ETNOGRAFIK ATAMA VA IBORALAR XUSUSIDA 
 
Azimjon Davlatov
 
Magistrant, Namangan davlat universiteti, O’zbekiston 
A R T I C L E I N F O.
Аннотация
 
Kalit so’zar:
Mahmud Koshg’ariy, 
O’rta Osiyo, O’rta Osiyo xalqlari, 
etnografik 
atamalar, 
urf-odat, 
marosim, sovchilik, xalq tabobati
muomala madaniyati, etiket.
Mazkur maqolada XI asrning buyuk qomusiy olimi Mahmud 
Koshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida qo’llanilgan 
etnografik atama va iboralar tahlil qilingan. Maqolada muallif 
tomonidan asosiy e’tibor etnografik atama va iboralarning 
genezisi, evolyutsiyasi, ularning qo’llanilish usullari hamda 
atamalar klassifikatsiyasiga qaratilgan.
http://www.gospodarkainnowacje.pl/ 
© 
2023 LWAB. 
 
 
So’nggi yillarda o’zbek tiliga bo’lgan e’tibor tobora kuchayib bormoqda, bu esa o’zbek tilida sohalarga 
oid atamalar ya’ni terminlar bilan ishlashga ehtiyojni yuzaga keltirdi. O’z navbatida, terminning 
ma’nosi va mohiyati uning nomidan kelib chiqadi. Demak, “Terminus” lotincha – “chegara”, “chek” 
so’zlaridan olingan bo’lib, “chekli”, “chegaralangan” ya’ni, muayyan sohaga oid, aniqrog’i –bir 
ma’noli” degan ma’noni anglatadi [1. B. 44].
Ma’lumki, har qanday so’z tug’ilishida bir ma’noli bo’ladi, lekin kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida 
u ko’p ma’noli so’zga aylanib boradi. Lingvistik terminologiyaga bag’ishlangan ilmiy ishlarda har 
qanday termin so’zdir, lekin har qanday so’z termin bo’lolmaydi, degan fikr ilgari suriladi. Termin 
cheklanganligi, ya’ni bir ma’noni ifodalaganligi tufayli maxsus kontekstda hamma vaqt o’z ma’nosini 
saqlaydi. U emotsionallik va ekspressivlik xususiyatlariga ega emas. Ohang yordamida terminning 
ma’nosi o’zgarmaydi [2. P. 264]. 
O’z navbatida atamalar tuzilishi, mazmuni, kelib chiqishi va qo’llanilishiga ko’ra, iqtisodiy, siyosiy, 
diniy, madaniy, tarixiy, falsafiy va etnografik atamalarga bo’linadi. 
Atamashunoslik fani qadimdan rivojlangan bo’lib, mazkur fan asosan, qadimgi Rim va Gretsiyada 
taraqqiy etgan edi. Keyinchalik, aniqrog’i, ilk va rivojlangan o’rta asrlar davrida Sharq xalqlarida ham 
turli fanlarga oid atamalar amaliyotda keng qo’llanila boshlandi. Mazkur jarayonda Muso al Xorazmiy 
(aniq fanlar), Abu Ali Ibn Sino (tibbiyot), Abu Rayhon Beruniy (tabiiy va ijtimoiy fanlar) hamda 
Mahmud Koshg’ariy (tarixiy va etnografik)lar muhim rol o’ynadi.
Jumladan, Markaziy Osiyoda rivojlangan o’rta asrlarning yirik allomalaridan biri bo’lgan Mahmud 
Koshg’ariy o’z davrining buyuk arboblaridan bo’lib, etnografiya, lingvistika, xususan, turkiy tillarni 
o’rganish sohasida mashhur bo’ldi va tarixda o’chmas iz qoldirdi.
Allomaning eng mashhur asari hisoblangan “Devonu lug’otit-turk”da ham bir qator atama va iboralar 
qo’llanilgan bo’lib, ularning aksariyati hozirgi kunda ham ba’zi bir o’zgarishlarga uchragan holda 
amaliyotda qo’llanilib kelinmoqda. Mazkur maqolada XI asrning buyuk ma’naviy merosi hisoblangan 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin