Gospodarka I innowacje


“chavgon”  keng  rasm bo’lgan edi. “Devonu lug’otit turk”da bu o’yinga taalluqli bo’lgan quyidagi atamalar keltiriladi:  “Tanguq”-



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#143216
1   2   3   4   5
199-203 MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUG’OTIT-TURK” ASARIDA

“chavgon” 
keng 
rasm bo’lgan edi. “Devonu lug’otit turk”da bu o’yinga taalluqli bo’lgan quyidagi atamalar keltiriladi: 
“Tanguq”-
chavgon o’yinida koptokni tortilgan o’tovdan o’tkazganga beriladigan ipak kiyimlik, 
“tasal”-
chavgon o’yini maydonida chegarani belgilab chizilgan chiziq, 
“tobiq”
- chavgon bilan 
uriladigan koptok, to’p [9. 360]. 
Kattalarning chavgon o’yini asosida 
“O’t bandal”
nomli bolalar o’yini yuzaga kelgan. “Bandal” 
so’zining ma’nosi “bosh qismi cho’qmoqli yog’och” deb izohlanadi. Odatda, bunday cho’qmoqli tayoq 
bilan chavgon o’yinida koptok urilgan. Bolalar esa bunday cho’qmoqli tayoqlarning uchini yondirib, 
kechki paytda bir-birlariga tayoqlar o’qtalib o’ynaganlar, shu tufayli bir qadar xavfli bo’lgan, o’ta 
ehtiyotkorlikni talab qilgan bu o’yin “O’t bandal” deb atalgan. O’yinda faqat o’g’il bolalar ishtirok etib, 
ularning qo’rqmas, jasur bo’lib ulg’ayishlari nazarda tutilgan. Qadimgi ajdodlarimiz bosqinchi qabilalar 
hujumini qaytarib, o’zlarini himoya qilishlari uchun jangu jadal sirlarini puxta egallashlari talab 
qilinardi. Shuning uchun qilichbozlik, nayzabozlik, o’q otish-tirandozlik sirlarini o’zlashtirish 
maqsadida turli tuman jangovar o’yinlarni ham o’ylab topganlar [10. B. 45]. 
Tirandozlik
o’yini avvaldan hozirlab qo’yilgan maxsus joyda o’tkazilgan. Otish mashqlari uchun 
mo’ljallangan joy qadimgi turkiylar tilida “amachlik yer” deb atalgan. Merganlikka qiziqadigan yigitlar 
o’q-yoylarini olib o’sha maydonga yetib borishadi. O’q otiladigan joydan to nishongacha bo’lgan 
masofa “oqtam”, ya’ni “bir o’q otarli masofadagi yer”, nishon esa qadimgi turkiylar tilida “amach” deb 
atalgan [11. B. 86]. Nazarimizda, kamondan o’q otish musobaqasi, dastavval, yoshlarning jangovarlik 


201 
International Journal of Economy and Innovation | Volume 32 | Gospodarka i Innowacje 
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch 
Copyright © 2023 All rights reserved International Journal for Gospodarka i 
Innowacje This work licensed under a Creative Commons Attribution 4.0
xususiyatlarini qaror toptirish maqsadida o’tkazilgan. Keyinchalik ana shu muhim hayotiy ahamiyatga 
ega bo’lgan harbiy o’yin mashqidan “oltin qoboq” tipidagi tomoshaviy o’yinlar kelib chiqqan. 
Tadqiqoytchi A. Sarimsokovning qayd etishicha, Mahmud Qoshg’ariyning e’tiboridan yil taqvimi bilan 
bog’liq tasavvurlari, urf-odat va marosimlar ham chetda qolmagan [12. C. 9]. Jumladan, mazkur 
allomaning “
Devonu lug’atit turk”
asarida o’rta asrlarda yashagan turkiy xalqlarning tili, ijtimoiy-
siyosiy hayoti, etnik tarkibi, geografik joylashuvi hamda ularning urf-odatlari, dunyoqarashi, 
madaniyati va eng muhimi taqvimiy qarashlari borasida katta ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar 
mavjud. 
Qolaversa, tadqiqotchi B. Xalmuratovning ma’lumot berishicha, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu 
lug’otit turk” asarida X–XI asrlarda O’g’uzlar davlatida “qo’vuch-qo’vuch” degan odat mavjud 
bo’lganligini qayd etilgan. Mazkur odat odamlar orasidagi yovuz ruhlarni haydash uchun bajarilgan. 
Bunda odamlar biror-bir kishiga yomon ruh ilashgan bo’lsa, qo’llarida sovuq suv olib, uning yuziga 
sepganlar. Ushbu tushuncha “qoch-qoch” deb ham atalib, asosan, turli xil ruhlarni qo’rqitish ma’nosida 
qo’llanilgan [13. B. 13].
O’zbeklar an’anaviy salomlashishining lisoniy tavsifida oila a’zolari va yaqinlarini sog’ligini so’rash 
ham yetakchilik qilishi allomaning e’tiboridan chetda qolmagan. Alloma ularga nisbatan “esonmi” 
(esanmi), “omonmi” iboralari ham ko’proq qo’llagan. Mazkur holat qadimgi turkiylarga xos murojaat 
shakli bo’lib, “Devonu lug’otit turk” asarida “esan” atamasi “eson, sog’” ma’nolarini anglatib, 
“esanmisan” iborasi “sog’misan”, “salomatmisan” ma’nolarida qo’llanilgan [14. B. 106].
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida keltirilgan oila, qarindoshlik va jamoaviy 
munosabatlardagi muloqot madaniyatida qo’llanilgan murojaat shakllari berilgan [15. B. 12].

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin