Press-konferentsiya. Qisqa so‘zga chiqishdan so‘ng birinchi savol bo‘yicha ma‘ruzachiga
(agarda ma‘ruzalar bir qator talabalarga berilgan bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi
ulardan biriga so‘z beradi) so‘z beriladi. Shundan so‘ng har bir talaba
ma‘ruza mavzusi bo‘yicha unga savol berishi lozim. Savol va javoblar
seminarning markaziy qismini tashkil etadi. Qancha ko‘p jiddiy tayyorgarlik
ko‘rilsa, savollar shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval
ma‘ruzachi javob beradi, so‘ngra u yoki boshqalar bo‘yicha istagan bir
talaba o‘z fikrini bildirishi mumkin. Bunday holatlarda qo‘shimcha
ma‘ruzachilar, agarda shundaylar belgilangan bo‘lsa,faol bo‘ladilar.
O‘qituvchi har bir muhokama qilinayotgan savol bo‘yicha, yoki seminar
yakunida o‘z xulosasini qiladi.
O’zaro o’qish. Tushunish va o‘zlashtirish uchun eng ko‘p murakkablikdagi savollarni
o‘rganish asosiy maqsadga ega bo‘lgan, seminar. Seminar mobaynida
talabalarni o‘zaro o‘qishga yo‘naltirish muhim hisoblanadi: har kichik-
guruhga mavzuning bir savoli beriladi, bu bo‘yicha ular ishlaydilar va bunga
asos (ekspert varaqlar – savolni yoritish rejasi, tayyorlangan ma‘lumotlarni
vizual taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar) beriladi. Ekspert guruhlarning ish
natijalari taqdimotidan so‘ng o‘qituvchi xulosalar qiladi.
Yumoloq (yozma G’og’zaki) stol. O‘tgan mavzu bo‘yicha bilimlarni chiqurlashtirish va aniqlashtirish, bor
bilimlarni safarbar qilish va har xil vaziyatlarda ularni qo‘llash, o‘z fikrlarini
qisqa va asoslangan xolda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy
maqsadga ega bo‘lgan, seminar.
Har xil stsenariylar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
1. «Yozma yumoloq stol» - talabaning savoli G‘ echimi topilishi kerak
bo‘lgan g‘oya yozilgan varaq, doira bo‘yicha uzatiladi va har bir ishtirokchi
o‘z mulohazalarini qo‘shadi.
2. «Og‘zaki yumoloq stol» - har bir talaba qo‘yilgan savolning javobiga o‘z
qo‘shimchalarini kiritadi G‘ oldingi ishtirokchi tomonidan taklif qilingan
g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
Spetsseminar . Bakalavriatning 4 kursida, magistraturada o‘tkaziladi. Ilmiy mavzu bo‘yicha
yosh tadqiqotchilarni muloqat maktabini ifodalaydi.Spetsseminar vaqtida
talabalarning guruhlarda ishlashga va uni baholashga, ilmiy tadqiqotlar
usullaridan foydalanishga intilishlari katta rol o‘ynaydi.
Spetsseminarning yakuniy mashg‘ulotida o‘quituvchi, qoidaga ko‘ra,
seminarlarni va talabalarning ilmiy ishlarini muhokama qilingan
muammolarni kelgusida tadqiqotlar qilish istiqbollarini va talabalarni ularda
ishtiroq etish imkoniyatini ochib umumlashtiradi.