Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix07.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#126321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
Tanlangan mavzuning predmeti bo‗lib, Iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini isloh qilish orqali sog‘lom, erkin raqobat muhitini yaratish, 
monopoliyaga chek qoyish kabi iqtisodiy munosabatlar majmuidan
iborat. 
 
 
 
 
Kurs ishi tarkibining qisqacha tavsifi.Mazkur kurs ishi tarkibi
kirish, to‗rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan
iborat. 
 

 
 
 
 



Sog‟lom Raqobat – iqtisodiy taraqqiyot omili 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, 
bozor infratuzilmasini rivojlantirish, sog‗lom raqobat muhitini 
shakllantirish tufayli xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari 
hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi tobora ortib bormoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasida sog‗lom raqobat muhitini 
shakllantirish va insofsiz raqobatga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar 
tahliliga bag‗ishlangan matbuot anjumanida shular haqida so‗z bordi.
O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi raisining o‗rinbosari R.Aminov 
va boshqalar iqtisodiyotni isloh qilish bo‗yicha qabul qilingan 
qonunchilik hujjatlari iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va 
modernizatsiya qilishda huquqiy asos bo‗lib xizmat qilayotganini 
ta‘kidladi. Bu bozor iqtisodiyotining eng muhim tamoyillaridan biri – 
sog‗lom raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishga keng yo‗l 
ochdi.
Sog‗lom raqobat munosabatlarining rivojlanib borishi ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va ko‗rsatilayotgan xizmatlarga oid tovar 
belgilarini shakllantirishni taqozo etadi. Bu ishlab chiqaruvchini 
iste‘molchiga tanitishga va o‗z navbatida ishlab chiqaruvchining bozorda 
o‗z o‗rnini topishiga yordam beradigan muhim vositadir. Shu bois ham 
bu borada huquqiy asoslar yaratilgan, xususan, ―Tovar belgilari, xizmat 
ko‗rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‗g‗risida‖gi 
qonunda tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu qonunda belgilangan 
tartibda ro‗yxatdan o‗tkazish asosida, shuningdek, O‗zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza qilinishi 
ta‘kidlangan.
Ko‗pchilik tadbirkorlar o‗z mahsulotlarini qonuniy asosda ro‗yxatdan 
o‗tkazgan tovar belgisi bilan bozorga chiqarayotganini iste‘molchilar 
yaxshi biladi. Ammo shunday ―uddaburon‖lar ham borki, ular bozorda 
o‗z o‗rni va xaridorini topgan tovar belgilarini o‗g‗irlash yoki ularga juda 
o‗xshash bo‗lgan nomlar ostida mahsulotini iste‘molchilarga taqdim 



etishga urinmoqda. Tabiiyki, bu sog‗lom raqobat tushunchasiga mutlaqo 
zid bo‗lgan insofsiz raqobatdir.
Tovar belgisiga bo‗lgan huquqni buzganlik O‗zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‗ladi. Jumladan, 
tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs 
qoidabuzarlikni to‗xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan 
zararni to‗lashi shart.
Ushbu qonuniy asoslardan kelib chiqib insofsiz raqobatga yo‗l 
qo‗yayotganlarga nisbatan tegishli choralar ko‗rilmoqda. O‗tgan yili bu 
yo‗nalishda 42 ta ish ko‗rib chiqilgan. Shu bilan birga, sog‗lom raqobat 
muhitini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining bu boradagi bilim va 
tushunchalarini mustahkamlashga e‘tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‗iston, Turkiya 
hamda Qirg‗iziston davlatlariga qilgan rasmiy tashriflaridan so‗ng 
mamlakatlararo tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan yillarga nisbatan bir 
necha barobarga oshdi. Erishilayotgan bunday ijobiy o‗zgarishlarni 
xorijlik taniqli iqtisodchi va mutaxassislar yurtimizda tadbirkorlar uchun 
qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilgani, davlat rahbari va 
hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida 
muhim hujjatlar qabul qilinayotgani bilan izohlashmoqda. 
Prezidentimizning 2017 yil 6 noyabrdagi ―Meva-sabzavot mahsulotlari, 
uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va 
mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi qarorida Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Din ishlari bo‗yicha qo‗mita, boshqa manfaatdor vazirlik va 
idoralar bilan birgalikda yigirma kun muddatda respublikada xalqaro 
standartlarni, shu jumladan ―ISO 22000‖, ―Halol‖ standartlarini joriy 
etish va keyinchalik qo‗llash bo‗yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab 
chiqish vazifasi belgilangan, – deydi Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Vafo Latipov. – Unda, 
ayniqsa, respublikamizda berilgan muvofiqlik sertifikatlarini mahalliy 
meva-sabzavot mahsulotlarini asosiy iste‘mol qiluvchi davlatlarda, shu 
jumladan, ikki tomonlama va ko‗p tomonlama bitimlarni tuzish, 
shuningdek, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish orqali tan olinishini 
ta‘minlash choralarini ko‗rish belgilab berilgan. Shu bilan bir qatorda, 
qaror bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bojxona yuk 



deklaratsiyasini rasmiylashtirish ko‗rik hujjati tuzilganidan keyin 3 
soatdan ko‗p bo‗lmagan muddatda amalga oshiriladigan tartib joriy 
etildi. Meva-sabzavot va tez buziladigan mahsulotlarning eksporti uchun 
zarur bo‗lgan sertifikat berish muddati eksport qiluvchi tomonidan 
hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan boshlab esa bir ish kuniga qadar 
qisqartirilgani ham eksportga yo‗naltiriladigan mahsulot salmog‗i yanada 
ortishiga xizmat qiladi 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda iste'molchilarning tovarlar va xizmatlarga 
bo‗lgan ehtiyojini qondirish katta ahamiyatga ega. Bu borada, tabiyki, 
ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) o‗rtasida sog‗lom raqobatni 
ta'minlamasdan, mahsulot va xizmatlar sifatini muttasil oshirmasdan turib 
samaradorlikka erishib bo‗lmaydi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda iste'molchilarning tovarlar va xizmatlarga 
bo‗lgan ehtiyojini qondirish katta ahamiyatga ega. Bu borada, tabiiyki, 
ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) o‗rtasida sog‗lom raqobatni 
ta'minlamasdan, mahsulot va xizmatlar sifatini muttasil oshirmasdan turib 
samaradorlikka erishib bo‗lmaydi. 
Binobarin, mamlakatimizda istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz 
rahnamoligida hayotga joriy etilgan taraqqiyotning ―o‗zbek modeli‖da 
davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirish ham o‗z 
ifodasini topdi. Bu yo‗ldagi izchil islohotlar samarasi o‗laroq, o‗tgan davr 
mobaynida tovar va xizmatlar bozorlarida monopollashish darajasi 
sezilarli ravishda pasaydi. Mazkur bozorlarda erkin raqobatlashadigan 
yangi xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar paydo bo‗ldi. Pirovardida sog‗lom 
raqobat muhiti shakllanishiga zamin yaratildi. Ma'lumki, iqtisodiy 
barqarorlikka erishishning muhim shartlaridan biri, bu — mavjud 
monopol tarmoqlar faoliyati bilan jamiyat o‗rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solish, ularda mahsulot ishlab chiqarish va 
xizmat ko‗rsatish hajmi o‗sishini doimiy ravishda ta'minlashdan iborat. 
Shuning uchun ham iqtisodiyotni isloh qilish davrida monopol tarmoqlar 
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, monopoliyadan chiqarish va 
bu boradagi faoliyatni cheklash dolzarb masala hisoblanadi. 
Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihati 
shundaki, ular monopol korxonalar mahsulotlari va xizmatlaridan sifatli 
hamda kafolatli foydalanish, mahsulotlar narxlari muqobilligini 
ta'minlash, iste'molchilar ehtiyojlarini to‗liq qondirish makroiqtisodiy 



barqarorlikka erishishga qaratilgan. Bu esa, navbatida, davlat tomonidan 
monopol korxonalar faoliyatini tarkibiy o‗zgartirish va sog‗lom raqobat 
muhitini yaratishga yo‗naltirilgan kompleks tadbirlarning amalga 
oshirilishi hamda qonunchilikning takomillashtirilishini taqozo etadi. 
1996 yilda ―Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va 
raqobat to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni qabul 
qilingandan so‗ng mazkur yo‗nalishdagi ishlarni yanada izchillik bilan 
ro‗yobga chiqarishning huquqiy asosi mustahkamlandi. Natijada sog‗lom 
raqobat muhitining ijobiy natijalari iqtisodiyotning ko‗pgina tarmoqlari 
va sohalarida yanada yaqqolroq namoyon bo‗ldi. Ya'ni 2000 yildan 2011 
yilgacha bo‗lgan davrda monopol korxonalar 4 baravarga, bunday turdagi 
mahsulot va xizmatlar soni 12 baravarga kamaydi. Ayni chog‗da 
monopol mahsulot va xizmatlarning respublika yalpi ichki mahsulotdagi 
ulushi 19,2 foizga pasaydi.
1-rasm.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin