17
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo,
moliyaviy
va
boshqa
zamonaviy
bozor xizmatlari ko‗rsatish
infratuzilmasini yanada kengaytirish;
Sug‗oriladigan yerlarning
meliorativ
holatini
yanada
yaxshilash,
melioratsiya va irrigatsiya ob‘ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish,
unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish;
Kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‗jaligi ekinlarining yangi seleksiya
navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va
ishlab chiqarishga joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini
kengaytirish;
Global iqlim o‗zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‗jaligi
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish
bo‗yicha tizimli chora-tadbirlar ko‗rish.
Dostları ilə paylaş: