Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix07.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#126321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning 
raqobatbardoshligini oshirish 
 
Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning 
tarkibida sanoat, xizmat ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik ulushini ko‗paytirish; 
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya 
siyosatini olib borish; 
Yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy 
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha 
qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga 
qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 
Iqtisodiyot tarmoqlari 
uchun 
samarali 
raqobatbardosh 
muhitni 
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani 
bosqichma-bosqich kamaytirish; 
Prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‗zlashtirish, 
shu 
asosda 
ichki 
va 
tashqi 
bozorlarda 
milliy 
tovarlarning 
raqobatbardoshligini ta‘minlash; 
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‗batlantirish siyosatini davom 
ettirish hamda, eng avvalo, iste‘mol tovarlar va butlovchi buyumlar 
importining o‗rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini 
kengaytirish; 
Iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga 
energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan 
energiya 
manbalaridan 
foydalanishni 
kengaytirish, 
iqtisodiyot 
tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 


15 
Faoliyat ko‗rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik 
sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; 
Xizmat ko‗rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishda xizmatlarning o‗rni va ulushini oshirish, ko‗rsatilayotgan 
xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik 
turlari hisobiga tubdan o‗zgartirish; 
Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va 
ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini 
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; 
Eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va 
geografiyasini 
diversifikatsiya 
qilish, 
iqtisodiyot 
tarmoqlari 
va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 
Yo‗l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy 
soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etish. 
Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‗rta muddatli 
dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‗zgarishlarni chuqurlashtirish 
hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini 
ta‘minlash; 
Xarajatlarning ijtimoiy yo‗naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat 
budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy 
budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo 
munosabatlarni takomillashtirish; 
Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish 
siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va 
tegishli rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish; 
Ilg‗or xalqaro tajribada qo‗llaniladigan instrumentlardan foydalangan 
holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani 
tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich 
joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash; 
Bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, 
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning 


16 
moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli 
investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; 
Sug‗urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning 
yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, 
shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va 
aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond 
bozorini rivojlantirish; 
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi 
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, 
puxta o‗ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom 
ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali 
foydalanish. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin