Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi


O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix07.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#126321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil va keyingi yillarda 
iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo„lgan dasturiy 
va maqsadli vazifalar 
Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida 
bajarilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalarni keltirdi. 
Iqtisodiyot sohasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi 
maqsadlar amalga oshiriladi darkor: 

ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya 
muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; 

iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, xususiy sektorni jadal 
rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; 

iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat 
unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash; 

―yashirin‖ iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin 
qisqartirish; 

valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish; 

barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; 

iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik maqsadlarni ro‘yobga 
chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. 
Shu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi: 

makroiqtisodiy barqarorlikning va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atini 
ta‘minlash; 

jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda 
monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini 
ta‘minlash konsepsiyasini ishlab chiqish; 

iqtisodiy statistik ma‘lumotlarni to‘g‘ri yuritish va davlat iqtisodiy 
ahvolini aniq baholash (Shu maqsadda 2020 yil 1- yanvardan boshlab 
BMT va Xalqaro valyuta fondining ―Milliy hisoblar tizimi"ni 
respublikada to‘liq joriy etish masalasi qo‘yildi); 

iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish 
bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish (Vazirlar 
Mahkamasi mamlakatning 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro 


10 
ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni 2019 yil 1 aprelga qadar 
yakunlashi kerak); 

byudjet mablag‘laridan foydalanish tizimini takomillashtirish (byudjet 
hisobidan mablag' ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat 
va miqdor ko‘rsatkichlaridan iborat natijaga yo‘naltirilgan indikatorlar 
bo‘lishi masalasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga 2 oy ichida taklif 
kiritish vazifasi yuklatildi); 
Iqtisodiyotni yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya 
siyosatini izchil davom ettirish zarur.Joriy yilda 23 milliard dollarlik 
investitsiyalar o‗zlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga 
tushiriladi. Jumladan, Sho‗rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq 
yoqilg‗i, ―Navoiyazot‖ aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va 
karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi. Yangi Toshkent 
metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg‗ali tarmog‗i, yer usti 
halqa yo‗lining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. 2020 yilda 
o‗zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‗lishini alohida qayd etmoqchiman. 
Investorlarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‗lib-bo‗lib 
to‗lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan 
qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda.Shuningdek, foyda solig‗ini 
hisoblashda yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob‘yektlarni 
qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo‗yicha chegirmalar 
kengaytirildi. Mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalarni 
xatlovdan o‗tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan 
yo‗nalishlardagi korxonalarda davlat ishtirokini keskin kamaytirish 
choralarini ko‗rish kerak.Navoiy va Olmaliq tog‗-kon metallurgiya 
kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangi investitsion 
loyihalarni amalga oshirish bilan birga, ushbu korxonalarni xalqaro 
moliya bozorining to‗laqonli ishtirokchisiga aylantirish lozim. Buning 
uchun 2020 yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni 
tuzish, zaxiralarni qayta hisoblash, korporativ oshkoralikni tatbiq etish 
kabi ishlarni yakunlash zarur. Neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini 
boshqarishga xorijiy ekspertlarni jalb etib, ularning samaradorligini 
oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga 
erishish lozim. Vazirlar Mahkamasi ana shu vazifalarni to‗liq hisobga 
olib, ikki oy muddatda Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish
ularni boshqarish va isloh etish strategiyasini ishlab chiqsin. Xorijiy 


11 
investorlarni faol jalb etish maqsadida joriy yil mart oyida Toshkent 
xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada o‗tkazish zarur. 
Investitsiya jalb etishning samarali vositalaridan biri bo‗lgan davlat-
xususiy sheriklik mexanizmlarini transport, energetika, yo‗l, kommunal, 
tibbiyot, ta‘lim kabi sohalarga keng tatbiq etish kerak. 
Hozirgi vaqtda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim ―drayver‖laridan 
biriga aylandi. Bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan 
oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Ushbu tarmoqni yanada 
rivojlantirish uchun qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan 
uyg‗unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini 
tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish 
zarur. Shuningdek, tenderlar o‗tkazishning aniq mezonlarini ishlab 
chiqish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etish kerak. 
Barqaror iqtisodiy o‗sishning eng muhim garovi – raqobatdosh 
mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va 
eksportni ko‗paytirish, tranzit salohiyatidan to‗liq foydalanish 
hisoblanadi. Bu yil eksportyorlarga kafillik beradigan va xarajatlarning 
bir qismini qoplaydigan – Eksportni qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi 
hamda eksportni oldindan moliyalashtirish uchun – Eksport-kredit 
agentligi tashkil etiladi. Shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug‗urta 
xizmatlari yo‗lga qo‗yiladi, avtomobil va havo transporti xarajatlarini 
qisman davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi joriy qilinadi.Tashqi 
savdo bilan bog‗liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash zarur. 
Jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni 
amalga oshiradigan bojxona, sanitariya, karantin, veterinariya va boshqa 
idoralar faoliyatini isloh qilish lozim. 2020 yilda 3 mingga yaqin 
standartlarni qabul qilish, ularning sonini 10 mingtaga va xalqaro 
standartlar bilan uyg‗unlashish darajasini 40 foizga yetkazish darkor. 
Andijon, Termiz va Qo‗ng‗irot tumanlarida erkin savdo zonalarini tashkil 
etib, ular orqali chegaraoldi savdosini rivojlantirish zarur. Xaridorgir 
mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish va sotish bilan xususiy 
treyding kompaniyalari shug‗ullanishi, buning uchun esa, savdo 
faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari to‗plamini ishlab chiqish 
lozim. Bu tashqi savdo bilan bir qatorda, ichki bozorga ham tegishli. 


12 
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga 
solish konsepsiyasini ishlab chiqsin hamda ana shu vazifalar ijrosini 
ta‘minlash bo‗yicha tegishli qarorlarni tayyorlasin. Mahsulotlarimizni 
ichki va tashqi bozorlarga yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun 
transport-logistika sohasini rivojlantirishimiz zarur. Temir yo‗l sohasida 
yo‗lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‗rsatishni bir-biridan 
ajratish, ya‘ni, tabiiy monopoliya qismini alohida, xususiy sektorni jalb 
qilish mumkin bo‗lgan yo‗nalishlarni alohida rivojlantirish lozim. 
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‗ra, infratuzilmani yaxshilash, 
moslashuvchan tariflar qo‗llash va yangi istiqbolli yo‗nalishlarni 
shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 7 million 
tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Yana bir 
muhim masalaga e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Aholi daromadlarini 
oshirish, qo‗shimcha ish o‗rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni 
ko‗paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun 
bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko‗plab qonun va qarorlarni 
qabul qilyapmiz. Lekin, afsuski, ularni ijro etadigan ko‗pgina amaldorlar 
hali ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani 
yo‗q. Ochiq bozor mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish, yangi 
texnologiyalar olib kelishga majbur qiladi, bozor islohotlarini jadal 
rivojlantiradi. Sodda qilib aytsak, jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo 
bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang 
bo‗lishimiz lozim. Muloqot va raqobatga tayyor bo‗lish uchun tarmoq 
rahbarlari o‗z ustida tinimsiz ishlashi shart. 
Sanoat tarmoqlarini uzluksiz xomashyo va zamonaviy infratuzilma bilan 
ta‘minlash zarur. Iqtisodiyotning qator muhim tarmoqlari, jumladan, 
kimyo, neft va gaz, energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, 
zargarlik sanoatini xomashyo bilan ta‘minlash uchun, avvalo, geologiya-
qidiruv sohasini tubdan rivojlantirish lozim. Shuni hisobga olib, joriy 
yilda istiqbolli konlarni aniqlash va mavjud zaxiralarni ko‗paytirish 
uchun byudjetdan 2 trillion so‗m mablag‗ ajratilmoqda.Davlat geologiya 
qo‗mitasi oldiga ushbu mablag‗larni samarali ishlatish orqali shu yilda 
yangi istiqbolli maydonlar va konlarni aniqlashni 35 foizga, kelgusi yilda 
esa 40 foizga oshirish vazifasi qo‗yiladi. Davlat geologiya qo‗mitasi 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birga kamida 20 ta kon 
bo‗yicha tayyor loyihalar to‗plamini shakllantirib, salohiyatli 


13 
investorlarga taklif etishi lozim. Shuningdek, Qo‗mita uglevodorodlar va 
ularning zaxiralari bo‗yicha hisob-kitob yuritish, toifaga ajratish va 
boshqarishning xalqaro tizimini amaliyotga joriy etishi kerak.Iqtisodiy 
yuksalishni ta‘minlash uchun barcha qulayliklarga ega bo‗lgan 
zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. 
Biz keyingi 3 yilda yo‗l qurilishiga – 9,8 trillion so‗m, suv tarmoqlariga – 
4,6 trillion so‗m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion so‗m, tabiiy gaz 
ta‘minotiga – 1,2 trillion so‗m mablag‗ ajratdik. Bu raqamlar ushbu 
tarmoqlar uchun so‗nggi 10 yilda sarflangan mablag‗lardan bir necha 
barobar ko‗pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy infratuzilma 
yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha 
o‗n barobar ko‗p mablag‗ talab etiladi. 


14 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin