Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix07.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#126321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini 
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan 
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni 
ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha 
to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar 
xalq boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan tamoyilni 
amalga oshirish; 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga 
davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan 
noqonuniy aralashuvlarning qat‘iy oldini olish; 
Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
taomillarini soddalashtirish, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustav 
jamg‗armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat 
mulki 


18 
xususiylashtirilgan ob‘ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari 
va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalarni faol jalb qilish; 
Korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, 
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‗yicha
Tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga 
solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini 
markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy 
sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi 
o‗zini o‗zi boshqarish organlarining rolini oshirish 
Mustaqillik yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiy 
kompleksida mustahkam o‗rin egalladi.
Chet el investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‗yicha amalga 
oshirilayotgan samarali loyihalar ishlab chiqarish sohasida yuqori 
ko‗rsatkichlarga erishishni ta‘minlayotir. 
Mustaqillik yillarida tarmoqqa 2,5 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb 
etilib, 200 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. 
―O‗zbek yengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan 
qiymati 31 trillion so‗mlikdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion 
so‗mlikdan ortiq xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarildi. Korxonalarda 
paxta kalava va gazlama, to‗qimachilik matolari, tikuvchilik va paypoq 
buyumlari, ip kalava, tayyor kiyimlar bilan birga tibbiyot uchun 
mo‗ljallangan mahsulotlar va maxsus kiyimlar ham ishlab chiqarilmoqda. 
―O‗zbek yengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 9 oyida 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 18,5 foiz, xalq iste‘moli 
tovarlari ishlab chiqarish 23 foizga o‗sdi. 
Bugungi kunda jamiyat tarkibiga zamonaviy texnika bilan ta‘minlangan 
380 dan ortiq to‗qimachilik, tikuvchilik va trikotaj, shuningdek, shoyi 


19 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Ularning qariyb 360 
tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektidir.
Ushbu korxonalar ip kalavadan tortib tayyor buyumgacha bo‗lgan keng 
turdagi mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga yetkazib bermoqda. 
Zamonaviy dizayn va yuqori sifat ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
raqobatbardoshligini ta‘minlab, ularning xalqaro bozorda munosib o‗rin 
egallashi uchun imkoniyat bermoqda. 
– Rivojlanishning asosiy omillaridan biri ishlab chiqariladigan 
mahsulotning 
jahon 
bozoriga 
eksport 
qilinishidir, 
deydi 
―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‗i 
o‗rinbosari Avaz Muhiddinov. – Ayni paytda jamiyat korxonalari o‗z 
mahsulotlarini dunyoning 60 dan ziyod mamlakatiga eksport qilmoqda. 
―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati ma‘lumotlariga ko‗ra, shu 
yilning o‗tgan uch choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 
2,7 trillion so‗mdan ortgan, xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish esa 
1,2 trillion so‗mni tashkil qilgan. Ayni paytda ip va gazlama, trikotaj 
mato va undan tayyorlangan buyumlar, noto‗qima materiallar, xom ipak 
kabi asosiy turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi o‗sdi. 
Bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va 
texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
xalqaro bozorlarga chiqarish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish 
uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy sheriklarni jalb 
etish ―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyatining muhim vazifalaridan 
biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil sanoatini sifat jihatidan 
yangi darajaga ko‗tarish imkonini beradi. 
Mamlakatimizda bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida sifat 
o‗zgarishlarini ta‘minlashga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. 
Jumladan, to‗xtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari o‗rniga zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlangan xorijiy va qo‗shma korxonalar tashkil 
etilmoqda. Ko‗plab tarmoq korxonalari modernizatsiya qilindi, ularda 
jahon andozalari darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarilishi yo‗lga qo‗yildi. Tarmoqda faoliyat ko‗rsatayotgan 
korxonalarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyoz va 
preferensiyalar ularning tashqi bozorda mustahkam o‗rin egallashiga 
imkon yaratmoqda. 
―Asaka textile production‖ korxonasida bo‗yalgan ip kalava, ―Indorama 
Kokand textile‖ qo‗shma korxonasida ip kalava ishlab chiqarishning 


20 
to‗rtinchi bosqichi, ―Jizzax grant textile‖ korxonasida paypoq 
mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yangi quvvatlar foydalanishga 
topshirilgani buning yaqqol dalilidir. Shuningdek, ―Uztex Toshkent‖ va 
―Humo to‗qimachi‖ korxonalarini modernizatsiya qilish ishlari yakuniga 
yetkazildi. 
Tarmoqda sport mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e‘tibor 
berilmoqda. Bugungi kunda 57 korxonada 60 dan ortiq turdagi sport 
buyumlari ishlab chiqarilayotir. 
Chet el investitsiyalarini jalb etish, yangi qo‗shma korxonalar tashkil 
qilish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakatimiz 
yengil sanoatini rivojlantirish imkonini bermoqda. Joriy yilning o‗tgan 
davrida sohaga 153,7 million AQSh dollari jalb qilindi. Buning 
samarasida 25 investitsiyaviy loyiha amalga oshirilib, 2 mingdan ortiq 
yangi ish o‗rni yaratildi. 
Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni yo‗lga qo‗yish orqali yurtimizda 
yengil sanoat tarmog‗ini yanada rivojlantirish bo‗yicha tegishli dasturlar 
ishlab chiqilayotir. Jumladan, yurtimizda qabul qilingan 2015-2019 
yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‗zgartirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish dasturi asosida to‗qimachilik sanoatida umumiy 
qiymati qariyb bir milliard dollarga teng bo‗lgan 77 muhim loyiha amalga 
oshirilmoqda. 
Tarmoqni 
yanada 
rivojlantirish 
maqsadida 
2017-2021yillarda 
to‗qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 2,2 milliard 
dollardan ortiq bo‗lgan 140 loyiha amalga oshirilishi ko‗zda tutilmoqda. 
Joriy yilda qiymati 90 million dollarga teng 25 yangi sanoat korxonasi 
ishga tushirildi. 
Engil sanoat korxonalari mahsulot eksportini kengaytirishga alohida 
e‘tibor qaratmoqda. Shu yilning o‗tgan 9 oyida eksport hajmi 767,3 
million dollarni tashkil etdi. Bu o‗tgan yilning shu davriga nisbatan 17,9 
foiz ko‗pdir. O‗tgan davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga 
ko‗payib, 250 taga yetdi. 
Bugungi kunda jamiyat korxonalari eksport qilinayotgan tayyor 
mahsulotlar turini kengaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Xususan, 
tarmoq korxonalari eksporti tarkibiga olachipor, zich tayyorlangan va 
bambukli ip, tayyor to‗quv-trikotaj buyumlarining yangi modellari, 
yotoqxona va oshxona choyshablari, yorliqlar, poplin, satin va paxmoq 
gazlamalar, bolalar ko‗ylagi va boshqa yangi turdagi mahsulotlar kiritildi. 


21 
Bozor talablari inobatga olingan holda, tikuvchilik-trikotaj buyumlari turi 
yangilandi. Bugungi kunda umumiy eksport hajmida yuqori qo‗shimcha 
qiymatga ega mahsulotlar ulushi 42 foizni tashkil etmoqda.
2-rasm. 


22 
3-rasm. 
4-rasm. Xorazm viloyati.


23 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin