Sanoatni rivojlantirish, texnik va texnologik
yangilanish - davr talabi
Shunday qilib, O‗zbekiston iqtisodiyotini jahonning tez rivojlanayotgan
davlatlari iqtisodiyoti darajasiga ko‗tarishdek maqsadni oldiga qo‗ygan
davlatimiz rahbari bosqichma-bosqich islohotlar o‗tkazishning besh
tamoyiliga asoslangan, ijtimoiy yo‗naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga
o‗tishning o‗ziga xos modelini ishlab chiqdi. Ma'lumki, yosh mustaqil
respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bo‗yicha tanlangan ushbu model
bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etildi hamda ―o‗zbek
modeli‖ deya nom oldi.
Ko‗zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida
iqtisodiy o‗sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi
o‗n yil davomida O‗zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining
yillik o‗sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Umuman,
mustaqillik yillarida O‗zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining
real daromadlari qariyb 9 baravar o‗sdi.
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9
ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‗zbekistonning o‗rtacha darajali
daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi.
O‗tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari
– neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-
kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa
davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga
xizmat qildi.
Mustaqillik davrida O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy
o‗zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya
qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot
qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi,
zamonaviy qishloq xo‗jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati,
temir yo‗l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish,
farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‗qimachilik, charm-
poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning
yo‗lga qo‗yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus
ishlab chiqaruvchi ―Isuzu‖ (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab
chiqaruvchi ―MAN‖ (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash
24
zavodi, Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-
kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‗ona neftni qayta ishlash
zavodi to‗liq rekonstruksiya qilindi.
Natijada O‗zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat
o‗zgarishlari ro‗y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi:
iqtisodiy o‗sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga
yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‗jaligining ulushi bosqichma-
bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga
ko‗tarildi. Bunday o‗zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‗zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport
tuzilmasi ham o‗zgarib bormoqda. Agar o‗tgan asrning 90-yillari boshida
mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‗lgan va uning ulushi
eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‗lsa, hozirgi paytda
chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‗jaligi
texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‗qimachilik
buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‗tkazgichlar singari qayta ishlashga
asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.
Ta'kidlash joizki, O‗zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab
chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‗rin egallaydi. Dastlab
mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‗shandan
buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq
bo‗lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan
korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish
o‗zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot
importining o‗rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish
butunlay to‗xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish
2 baravardan ziyod kamaydi.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish
ham har yili o‗tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda
Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni
sotish
bo‗yicha
buyurtmalarni
joylashtirishning
shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib
keldi. Masalan, o‗tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy
qiymati 1,9 trillion so‗mga teng bo‗lgan mahsulotni sotish bo‗yicha 13,3
mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‗rsatkichlariga
nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion
so‗mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga
25
ko‗ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun
import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi.
Agar mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda asosiy
maqsadlar qisqa muddatli istiqbolga qaratilgan bo‗lsa, ayni vaqtda
iqtisodiy o‗sishning yuqori sur'atlari, makroiqtisodiy barqarorlik va faol
tuzilmaviy yangilanishlar tufayli ustuvor vazifalarni o‗rta hamda uzoq
muddatlarga belgilab olish va amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‗ljallangan iqtisodiy
siyosatning bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta
ishlashning davomli zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‗lgan
sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, qo‗shimcha qiymatli mahsulotni
ko‗paytirishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyali qayta ishlovchi
tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun tejamkor hamda innovatsion
omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, barqaror, tuzilmaviy
jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
Ana shu yo‗nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida
elektrotexnika jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa
sohalar uchun ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy
elektrotexnika jihozlari – kir yuvish mashinalari, gaz plitalari,
konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir qator yuqori texnologiyali
mahsulot turlarini tayyorlash o‗zlashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib,
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 60 foizdan
ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil qilingan tarmoqlar
hissasiga to‗g‗ri kelmoqda.
Shu bilan birga, O‗zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy
o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‗yicha
2020 yilgacha mo‗ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U
bir-biri bilan uzviy bog‗liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan:
xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va
ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy
qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash,
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-
kommunikatsiya va yo‗l-transport infratuzilmasini rivojlantirish,
iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini
kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni
ta'minlash.
Shubhasiz,
bunday
faol
sanoat
hamda
investitsiyaviy
siyosat
mamlakatimizning
investitsiyaviy
jozibadorligini
oshirish
va
26
ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‗yicha doimiy ish olib borish
orqali amalga oshiriladi.
Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ hisobotiga ko‗ra, O‗zbekiston 2014-
2015 yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan
islohotchi davlatlar o‗ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining
e'tiroficha, O‗zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt
Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6
baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga
nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik
biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSH, Kanada,
Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya,
Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha
past.
O‗zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar
va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90
dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod
korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili
o‗zlashtirilayotgan kapital qo‗yilmalarning 20 foizini xorijiy
investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz
sirasiga ―Boing‖, ―Honeywell‖, ―Airbus‖, ―MAN‖, ―Klaas‖, ―Knauf‖,
―Lemken‖, ―Nestle‖, ―Teknip‖, ABB, ―Maksam‖, ―Isuzu‖, ―Itochu‖,
―Mitsubishi‖, ―General motors‖, ―Hitachi‖, ―Marubeni‖, ―Hyundai‖,
―Samsung‖, ―El-Gi‖, ―Lotte chemical‖, ―Huawei‖, ZTE, ―CNPC‖,
―Citic‖ singari ko‗pdan-ko‗p kompaniyalarni kiritish mumkin.
2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‗zgartirish
va diversifikatsiyalash bo‗yicha dasturi (Ishlab chiqarishda tarkibiy
o‗zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani ta'minlash bo‗yicha
2015 - 2019 yillarga mo‗ljallangan tadbirlar dasturi) umumiy qiymati 40
milliard AQSH dollaridan ortiq bo‗lgan 846 ta yangidan boshlanadigan
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‗zda tutadi. Shu jumladan,
25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo
sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1
milliard dollarlik 150 ta loyiha to‗qimachilik va charm-poyabzal
sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat
sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika
sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator
loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan.
27
To‗la ishonch bilan aytish mumkinki, yurtimizda ishlab chiqarishni
chuqur diversifikatsiya qilish orqali neft-kimyo va kimyo sanoati
mahsulotini 3 baravardan ortiqqa ko‗paytirish, murakkab polimerlar,
olefinlar, sintetik kauchuk, sun'iy tola, xushbo‗y uglevodorodlar hamda
boshqa turdagi yuqori texnologiyali mahsulotlar, murakkab mineral
o‗g‗itlar, shuningdek, ko‗plab sohalarda talab etiladigan kimyo
mahsulotlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o‗zlashtirish
uchun zarur barcha imkoniyat mavjud.
Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini
3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat
sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‗paytirish
uchun real sharoitlarga egamiz.
Ushbu dasturlarni amalga oshirish qator investitsiyaviy loyihalarni
hayotga tatbiq qilishda xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni
yanada kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat
tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham
diqqat-e'tiborda bo‗lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan
belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti
hajmini 2 baravar ko‗paytirish hamda tarkibiy o‗zgartishlar hisobiga
sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YAIMdagi ulushini 40
foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim
omillardandir.
Dostları ilə paylaş: |