portal.guldu.uz-YOG`-MOYLARNI TADQIQ QILISH USULLARI VA EKSPERTIZASI (1)
Takrorlash uchun savollar 1. Hayvon yog‘larining sifat ekspertizasini o‘tkazishda organoleptik ko‘rsatkichlaridan qaysilari muhim hisoblanadi?
2. Hayvon yog‘larining rangi nimaga bog‘liq?
3. Nima sababdan uy haroratida hayvon yog‘larining konsistensiyasi qattiq bo‘ladi?
4. Hayvon yog‘larining hid va ta’m ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi?
5. Hayvon yog‘larining sifat ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llaniladigan asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini tushuntirib bering.
6. Yog‘larda kislota soni nimani ko‘rsatadi?
7. Hayvon yog‘larining kislota soni darajasi bilan sifati orasida bog‘liqlik mavjudmi?
8. Hayvon yog‘lariningsuyuqlanish temperaturasi nimaga bog‘liq?
9. Hayvon yog‘larining qotish temperaturasi nimaga bog‘liq?
10. Nima uchun hayvon yog‘larining yod soni o‘simlik moylaridagiga nisbatan kichik bo‘ladi?
11. Yog‘larning perekis sonining ortishi bilan ularning sifati qanday o‘zgaradi?
12. Nima uchun yog‘larni saqlaganda kislota sonining ortishi kuzatiladi?
13. Margarinlarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda organoleptik ko‘rsatkichlaridan qaysilari muhim hisoblanadi?
14. Uy harorati sharoitida margarinlarning konsistensiyasiga qanday talablar qo‘yiladi?
15. Margarinlarning hidi va ta’m ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi?
16. Margarinlarning a’lo navlarini 1-navlaridan organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday farqlash mumkin?
17. Margarinlarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
18. Margarinlar tarkibida yog‘ miqdori necha foizni tashkil etadi?
19. Nima uchun margarinlar sifatini baholashda ulardan olingan yog‘ning suyuqlanish temperaturasiga alohida e’tibor qaratiladi?
20. Margarinlarning nordonligi qancha bo‘ladi?
21. Margarinlarda tuz miqdori necha foizni tashkil etadi?
22. Margarinlarda uchraydigan nuqsonlarni sanab bering.
23. Yog‘larni saqlash jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlar ularning sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
24. Yog‘larning oksidlanish jarayoni ta’sirida buzilishining mohiyatini tushuntiring.
25. Yog‘larni saqlaganda kislota sonining oshishini nima bilan izohlaysiz?
26. Yog‘larning gidrolizlanish jarayoni ta’sirida buzilishining mohiyatini tushuntiring.
27. Yog‘larni saqlaganda ularning sifati mikrobiologik o‘zgarishlar ta’sirida ham pasayishi mumkinmi?