Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


O’zbekiston Respublikasida nikohni qayd qilish tartibi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

O’zbekiston Respublikasida nikohni qayd qilish tartibi 
Bosqichlar 
Faoliyat mazmuni
1-
bosqich 
Nikohga kirishuvchilar nikohdan o’tishdan avval FHDYo (fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish (yozish) organi)ga ariza bilan murojaat qiladilar
2-
bosqich 
FHDYo organlari xodimlaridan nikohdan o’tish shartlari va tartibi, er-xotin hamda 
ota-onalarning huquq va burchlari bilan tanishadilar
3-
bosqich 
Nikohni qayd qilish kuni belgilanadi
4-
bosqich 
Oradan kamida bir oy o’tgach nikoh qayd qilinadi
Ariza bilan birga FHDYoga nikohga kirishuvchilar tomonidan quyidagi 
hujjatlar ham topshirilishi zarur:
a) nikohga kirishayotgan shaxslarning turar-joyi – mahalla
Fuqarolar yig’ini (MFY) tomonidan ma’lumotnoma; 
b) nikohga kirishuvchilarning o’qish yoki ish joyidan ma’lumotnoma; 
v) nikohga kirishayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tganligi
to’g’risidagi ma’lumotnomalar (ushbu ma’lumotnoma quyidagi 
organlar tomonidan berilgan bo’lishi shart:
1) ruhiy kasalliklar dispanseri;
2) teri-tanosil kasalliklari dispanseri;
3) narkologiya dispanserlari; 
4) OITS kasalliklarini davolovchi muassasalar;
5) sog’liqni saqlash tizimidagi boshqa muassasalar) 
Ayni o’rinda shuni ham aytib o’tish zarur, nikohga kirishuvchilarning tibbiy 
ko’rikdan o’tkazilishi qonunchilik asoslariga ko’ra majburiy xarakterga ega. 
Bundan ko’zlangan maqsad nikohga kirishayotgan shaxslarni teri-tanosil va OITS 
kasalliklarining yuqtirib olish, ruhiy kasalliklar yoki giyohvandlik tufayli ma’naviy 
ziyon etkazilishidan muhofazalash, bola tug’ilishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Agar nikohga kirishayotgan shaxslardan biri FHDYo organiga tibbiy ko’rikdan 
o’tganlik to’g’risidagi soxta ma’lumotlarni taqdim etgan va unda yuqorida qayd 
etilgan kasalliklardan biri mavjud bo’lsa, u holda ikkinchi tomon nikohni haqiqiy 
emas deb topilishini talab qilish huquqiga ega.
Muayyan holda shaxslar nikohdan o’tish huquqiga ega bo’lmaydilar. Ular 
quyidagi holatlardir: 
-
nikohdan o’tayotgan shaxslarning bittasi ayni vaqtda nikohda bo’lsa (qonuniy 
nikohga ega bo’lmay, birga yashash nikohdan o’tishga amalda to’siq bo’la 


56 
olmaydi; biroq, ikki yoki undan ortiq nikohga ega bo’lish jinoyat sanaladi va 
ularga ega bo’lgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi; yangidan nikohga 
kirishayotgan shaxs avvalgi
-
nikohining bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni FHDYo organlariga 
taqdim etishlari zarur; nikohga kirishayotgan shaxslardan biri chet el fuqarosi bo’lsa, u 
holda ushbu shaxs o’z mamlakatining tegishli organlari tomonidan berilgan va 
uning nikohga ega emasligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim); 
-
nikohga kirishayotgan shaxslar (bir ota-onadan tarqalgan qarindosh-urug’lar, 
tug’ishgan aka-ukalar bilan opa-singillar, otasi yoki onasi boshqa bo’lgan aka-
ukalar bilan opa-singillar, shuningdek, bolalikka olinganlar bilan bolalikka 
olganlar) o’rtasida yaqin qarindosh-urug’chilik mavjud bo’lsa;
-
nikohlanayotganlardan loaqal biri ruhiy kasallik yoki aqli zaifligi sababli sud 
tomonidan muomala layoqatiga ega emas deb topilsa (chunki ular o’z xatti-
harakatlarining mohiyatini anglay olmaganliklari sababli ularni boshqara olmaydi);
-
nikohga kirishayotgan shaxs qattiq mast holatda bo’lganida, giyohvandlik yoki boshqa 
ruhiyatga ziyon etkazuvchi salbiy holatlar ta’sirida bo’lganida. 
D.Ro’zieva, M.Usmonboevalar
48
ning qayd etishlaricha, oilaning ijtimoiy 
maqomini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi asosiy to’rt jihatni 
ko’rsatish mumkin: 
Oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi holatlar 
№ 
Muhim holatlar
Ularning mohiyati 
1. 
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy 
darajasi 
Oilaning moddiy holatini belgilab, bu oila daromadlari, 
turmush darajasi, moddiy jihatdan to’kinligini ifodalaydi 
(oilaning daromadi yuqori, o’rtacha va past bo’lishi mumkin) 
2. 
Oiladagi ijtimoiy-ruhiy 
holat 
Oilada 
sog’lom yoki nosog’lom psixologik muhit 
mavjudligini anglatadi; oiladagi sog’lom psixologik muhit 
oila a’zolarining bir-birlari bilan yaqinliklari, o’zaro hamkor, 
hamfikr va teng huquqli ekanliklarini anglatsa, nosog’lom 
psixologik muhit esa, aksincha, oilada janjal-nizolarning 
ko’pligi, oila a’zolarining bir-birlariga nisbatan mehrli, 
oqibatli emasliklarini ko’rsatadi
3. 
Oilaning ijtimoiy-madaniy 
darajasi
Oila a’zolarining axloqi, atrofdagilar bilan munosabati, 
ma’lumotlilik darajasi, kasb yoki hunar egasi ekanliklari, 
oilaning muayyan an’anaga egaligi, oila a’zolarining 
qiziqishlari, ma’naviy ehtiyojlari, maishiy hayotni birgalikda 
tashkil etishlarini ifodalaydi
4. 
Oilaning vazifaviy holati 
(vaziyatli-rolli maqomi)
Oilada ota-onalar, farzandlarning o’zlariga yarasha vazifalari 
mavjudligini, ularning mehnat taqsimotidagi ishtiroklari, oila 
xo’jaligini tashkil etishdagi ishtiroklarini belgilaydi
Bizning fikrimizcha, yuqorida ko’rsatilgan mualliflarning fikrlariga qo’shilgan 
holda oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi yana bir jihatni keltirib o’tish 
maqsadga muvofiqdir. U quyidagi jihatdir: oilaning tarkibiy tuzilmasi – oila 
a’zolarining soni, tarkibiy tuzilmasi (ota-ona, farzandlar, oilaning keksa avlod 
vakillari va b.q. a’zolari (amma-xolalar, tog’a-amakilar, jiyanlar va h.k.) uning 
48
Рўзиева Д., Усмонбоева М. Ижтимоий педагогика / Ўқув қўлл. – Тошкент: Низомий номли ТДПУ 
нашриёти, 2015. – 34-35-бетлар.


57 
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy hamda ijtimoiy-madaniy darajasi, shuningdek, 
vazifaviy holatiga ham o’z-o’zidan ta’sir o’tkazadi. Tarkibiga ko’ra oilaning mehnatga 
layoqatli a’zolarga egaligi uning iqtisodiy farovonligiga o’z ta’sirini o’tkazsa, oiladagi 
jamiki a’zolarning ruhan bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlari, hayotiy yondashuvlari 
hamda mavjud tajribalari yosh avlodning ijtimoiy moslashuv qobiliyatini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayni o’rinda shuni ham qayd etish lozimki, ikki yoki 
ko’p bo’g’inli oilalarda bir bo’g’inli oilalarga nisbatan farzandlar tarbiyasini 
tashkil etish imkoniyatlari ko’p. Chunki bu kabi oilalarda har bir bolaning 
tarbiyasi, jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy kamoloti uchun bir necha shaxslar 
birdek javobgar sanaladi. Qolaversa, oila sharoitida har bir a’zoning xatti-harakati 
farzandlar uchun namuna, ibrat bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli ikki yoki ko’p 
bo’g’inli oilalarda har bir a’zoning o’z xatti-harakatlari, muomalasi, yurish-
turishini nazorat, tahlil qilib hamda baholab borishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin