Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari.
O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligi asoslariga ko’ra farzandlar ham ota-onalarining oldida muayyan 
burchlarni bajarishlari shart. Respublika Oila kodeksi asoslariga ko’ra 
farzandlarning zimmasida ularning ota-onalariga nisbatan munosabatlarida 
quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: 
-
mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz
qolgan ota-onasi to’g’risida g’amxo’rlik qilish; 
-
ota-onasi davlat yoki jamoat tashkilotlari
vasiyligida bo’lgan paytda ularga yordam berish; 
-
mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz
qolgan ota-onasiga (agarda ular talab qilsa) aliment to’lash 
Voyaga etmagan farzandlar ota-onalari oldida burchli (majburiyatli) ekanliklari 
bilan birga ma’lum huquqlarga ham egadirlar. Quyidagilar voyaga etmagan 
farzandlarning ota-onalari oldidagi huquqlarini ifodalaydi: 
-
oilada yashash va tarbiyalanish; 
-
ota va onasini bilish; 
-
ota-onaning g’amxo’rigidan foydalanish; 
-
oilada har tomonlama kamol topish; 
-
ota-ona va oilaning boshqa a’zolari tomonidan
insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishi; 
-
ota-onasi va boshqa qarindoshlari (bobosi, buvisi,
-
aka-ukalari, opa-singillari va h.k.) bilan ko’rishish; 
-
o’z huquqlari va boshqa manfaatlarini himoya qilish; 
-
muayyan voqea, hodisa va jarayonlarga
nisbatan o’z fikrini ifoda etish; 
-
ism, ota ismi va familiya olish; 
-
ismi va familiyasini o’zgartirish; 
-
oilada umumiy mulk, o’z xususiy mulkiga ega bo’lish va b.q. 
Ota-ona oila tarbiyasini tashkil etishda farzandlarning manfaatlariga zid hech 
bir xatti-harakatni sodir etishi mumkin emas. Aksincha, ularning xatti-harakatlari 
farzandlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi zarur. Shuningdek, ota-
onalarning farzandlar bilan munosabatlari ularning jismoniy hamda ruhiy 
sog’liklariga, axloqiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim. Oila tarbiyasida ota-


61 
onalar farzandlarga nisbatan shafqatsiz, qo’pol munosabatda bo’lish, ularning 
insoniy qadr-qimmati, g’ururini poymol etish taqiqlanadi. Respublikada amalda 
bo’lgan qonunchilik asoslariga ko’ra ota-ona tomonidan farzandlarni mensimaslik, 
haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin